Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja
Download 95.6 Kb.
|
N.G\'azallari
Keyingi bayt mazmunini shoir «tajohuli orif» san’ati asosiga quradi. Yorning va’da qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorug‘ bo‘lganida, birov ko‘rib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan bo‘lsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorong‘u bo‘lganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod san’ati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (ro‘zg‘ori) esa qop-qorong‘u.To‘rtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolag‘ali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq bo‘lib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yig‘ladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni ko‘rganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar ko‘chadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yig‘i va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod san’ati ham badiiyatni kuchaytirgan.To‘rtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolag‘ali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq bo‘lib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yig‘ladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni ko‘rganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar ko‘chadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yig‘i va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod san’ati ham badiiyatni kuchaytirgan.Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolag‘ali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha ko‘z yoshlaringni oqizasan, deya ta’na-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – ko‘zlarimdan hijron kechasi suv oqqani yo‘q, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolag‘adan tashqari, ko‘zlardan suv o‘rniga qon oqishi ma’lum darajada tazodni ham tashkil etadi.
Download 95.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling