Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet86/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165
O’zbekistonda 1996-yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o‘zbek- amerika qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Mumntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporat-siyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi qo‘shma korxonasi bor. Amerikaning 28 ta kompaniya, fir-ma va banki Toshkentda o‘z vakolatxonalarini ochgan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1996-yil 23-28-iyun kunlari AQSHga rasmiy tashrif bi-lan bordi. 25-iyun kuni I.Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar rivojida, mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyati integratsi-yalashuvi yoTida va, aytish mumkinki, mintaqa taraqqiyotida ulkan imkoniyatlar kashf etdi.
* * *
Aniqrog‘i, mazkur safar O’zbekiston va AQSH o‘rtasidagi, siyo-siy, iqtisodiy va insonparvar aloqalami yanada rivojlantirishda mu-him bosqich bo‘ldi. «Ayniqsa, I.Karimovning Oq uyda AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashuvini alohida ta’kidlamoq lo-zim»,-deydi AQSHning O’zbekistondagi elchisi Stenli Eskudero.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ri-vojlanib borayotganining dalilidir. Prezidentlar siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlikning hal qiluvchi masalalarini,
shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatga doir bir qator masalalami muhokama qildilar. Unda Bill Klinton Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida O’zbekistonning ye- takchi o‘rinda turganligini e'tirof etib, O’zbekiston bilan hamkorlik-ni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini alohida ta'kidladi.
* * *
* * *
1997-yil 5-fevral kuni Birinchi Prezident I.Karimov AQSH davlat koti-bini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalami rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkor-likni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan jahonning yetakchi davlati AQSH bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamda munosabatlami rivojlantirish O’zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo‘nalishidir.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda O’zbekistonning AQSH bilan tashqi savdo munosabatlari ortib bormoqda. Masalan, 1998-yilda O’zbekistondan AQSHga 63.6 mln. dollarlik mahsulot chiqarilgan boisa, shu davr mobaynida AQSHdan 242.9 mln. dollarlik mahsulot import qilib olindi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling