Navoiy innovatsiyalar instituti


O’zbeklstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligldagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi O’z


Download 0.95 Mb.
bet105/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165
O’zbeklstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligldagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi
O’zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalami mustahkamlash boTdi. Chunki sho‘ro tu-zumi sharoitida hukm surgan boshqaravning markazlashtirilgan ma’muriy-buyraqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tar-kibiga kirgan mamlakatlami iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog’iab
qo‘ygan ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asorati-dan qutulishning birdan-bir yoli bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan ham O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qo’llab-quwatladi.
1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Beloras, Qozo-g‘iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. Shu tariqa XX asrning muhim voqealaridan biri sodir boTdi-MDH ixtiyoriy iqti-
sodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p hujjatlar qabul qilindi. Ulaming bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, mada-niy, harbiy va boshqa aloqalami yangi sharoitlarda-mustaqil dav-latlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.
Hamdo‘stlik davlatlari orasida eng qudratli, katta salohiyat va ulkan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmish Rossiya Fede-ratsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘matish O’zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida bo‘ldi. Shuning uchun ham Birinchi Prezident I.Karimov «Rossiya Federatsiya-si bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston uchun juda muhimdir. Va biz bu maqsadimizga erishish uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni ayamay-miz»,-degan edi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling