Navoiy innovatsiyalar instituti
O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi
Download 0.95 Mb.
|
O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish bilan bog'liq ko'zda tutilgan vazifalar pirovardini davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari va tuzilmalarini (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati), qolaversa, munitsipal hokimiyat tuzilmalarini demokratlashtirish, ularning bir-biridan mustaqil holda ish tutishi tamoyillarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati vakolatlarini bosqichma-bosqich munitsipal organlarga va nodavlat hamda fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish tuzilmala-riga o'tkazib borish kabilar tashkil qiladi. Shu o'rinda fuqarolik jamiyatini barpo qilish g'oyasi Prezident tomonidan O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardanoq rivojlantiri-lib kelinganligini aytish joiz. Xususan, Yurtboshimiz o'zining birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 1-sessiyasidagi «Demokratiya-bosh yo'limiz» nomH .ma'ruzalarida bu masalaga keng urg'u berib, «Bu-gun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yangi demokratik jamiyat shakllanishida uning ta'siri qanday bo'ladi?»-degan savollarga javob topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fur-sati yetdi»-deya alohida ta'kidlagan edilar. Va ayni chog'da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz kelajagini quyidagicha bayon qildilar: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga in-tilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir». Shu o'rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish vazifasining Prezident tomonidan keyingi 3-4 yil davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalardan keng o'rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza yuritishga unday-di. Darhaqiqat, ushbu ustuvor yo'nalish Yurtboshimizning 1999-yildagi o'n to'rtinchi sessiyadagi ma'ruzalarida ham, 2000-yil yan-var oyidagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9-sessiyadagi ma'ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e'tirof etildi. Bu o'rinda Prezident quyidagilarga asoslandi: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling