Navoiy innovatsiyalar instituti
Download 0.95 Mb.
|
Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo'ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi. Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi. Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala-rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi. Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi. 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu-qurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon-ga aholini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo'yildi. Qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi. Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 ming’iaga yetdi. Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 ming’iadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 ming’iaga yetdi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling