Navoiy innovatsiyalar instituti
Download 0.95 Mb.
|
1997-yil 1-yanvardagi ma'lumotlar bo'yicha Fanlar akademiya-sida 8 ta bo'lim bo'lib, 135
akademik, 156 O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zolari faoliyat ko'rsata boshladi. 2006-yili Ko'hna Urganchda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beru-niy kabi buyuk allomalar tashkil etgan Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. Bu o'z-o'zidan milliy fanimiz o'tmishi bilan istiqbolini bog'laydigan mo'tabar voqelikka aylandi. 2006-yilda FA tomonidan 180 fundamental, 281 amaliy va 12 innovatsion loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash fondi tomonidan 185 ta grant, shuningdek, xalqaro fondlarning 106 granti bajarildi. Shu bilan bir qatorda, FA olimlari tomonidan 2006-yilda 3596 ilmiy ish, shu jumladan, 3439 ilmiy maqola va tezislar, 157 ta mo-nografiya, darslik, o'quv qo'llanmalar va risolalar chop etildi, 30 ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olindi, 2 ta litsen-ziya sotildi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xo-rijiy iste'molchilarga 2147,4 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy mahsulotlar sotildi, bu esa 2005-yilga nisbatan 43 foizga ortiqdir. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, 1997-yili 2009-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. O'zining mazmun-mohiyatiga ko'ra noyob bo'lgan ushbu dastur 12 yillik ta'limga o'tishni, uzluksiz ta'limning yaxlit tizimini yaratishni ko'zda tutadi. Dastur umumta'lim maktablaridagi to'qqiz yillik o'rta ta'limni, akademik litsey va kollejlardagi uch yillik maxsus kasbga tayyorlash tizimini o'z ichiga oladi. Mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o'zi tanlagan mutaxassislik bo'yicha oliy ma'lumot olish uchun yanada chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qa-dam qo'yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o'z qobiliyatini yuza-ga chiqarish va jamiyatda munosib o'rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo'yicha o'rta malakali kasb egallash imkonini beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga oshirilmoqda. Ta'lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlan-ganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qu- nldi va kapital ta'mirlandi, zamonaviy mebel, o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etildi. Oliy ta'lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, baka-lavr va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o'tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 65 ta oliy o'quv yurtida 850 yo'nalish va mutaxassislik bo'yicha 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda. O'tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o'quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq budjet-dan tashqari mablag'lar yo'naltirildi. Hozirgi kunda yurtimizda ta'lim sohasiga yo'naltirilayotgan xa-rajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko'rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Hech shubhasiz, bugun ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarf-lanayotgan mablag'lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo'lgan yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatoi shakllantirish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling