Navoiy innovatsiyalar instituti


O’zbekiston va Rossiya munosabatiari taraqqiyotining yangi bosqichi O’z


Download 0.95 Mb.
bet96/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
O’zbekiston va Rossiya munosabatiari taraqqiyotining yangi bosqichi
O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan 1992-yilning 20-martida tan olingan
va o‘sha kundan e’tiboran ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘matilgan.
Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari, albatta, yaqin qo‘sh-nichilik, bir necha asrlik yaqinlik
an’analariga ega. Bu munosabat SSSR parchalanib ketgandan so‘ng saqlanib qolindi,
rivojlantirildi.V.V. Putinning hokimiyat tepasiga kelishi bilan har ikki dav-lat munosabatlari yana ham chuqurlashdi. E’tiborli jihati shundaki, V. Putin davlat rahbari sifatidagi ilk rasmiy tashrifini O’zbekistonga amalga oshirgan edi. Bu hol Rossiya O’zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sherigi sifatida tan olganidan dalolatdir. Al-batta, ikki tomonning milliy hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari borasida qarashlar yaqinligining ahamiyati beqiyosdir. O’zbekiston Prezidenti Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta’kidlaganidek, «Rossiya bilan tarixan qaror topgan iqtisodiy, madaniy, do‘stlik aloqalarimiz O’zbekiston uchun, qolaversa, butun mintaqamiz uchun hamisha muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
Shuni ta’kid!ashni istardimki, tenglik, o‘zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan, ikki davlat orasidagi ko‘p tomonlama ham-korlik, strategik sheriklikni kuchaytirish uchun bugun yangi imkoniyatlar paydo boiayotgani har ikki tomon-Rossiya va O‘zbekiston manfaatlariga ham mos keladi» (Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.: O’zbekiston, 2000, 347-bet).
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi eng muhim huj-jatlarga asoslangan-Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Res-publikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shart- noma (2005-yil 14-noyabr); Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartno-ma (2004-yil 16-iyun); 1998-yil 12-oktabrda imzolangan 1998-2007- yillarda Iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Shartnoma. 1991-yildan hozirgi vaqtgacha ikki davlat o‘rtasida 171 ta xalqaro shartnoma hamda 33 tadan ziyod boshqa hujjatlar imzolangan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling