- Rezistiv datchiklar
- Rezistiv datchiklar chiziq va burchak harakatlarni, kuch va momentlar, tebranish va vibratsiyalar, harakat va yorug‘lik kabi noelektr kattaliklarni nazorat qilish va o‘lchash jarayonlarida qo‘llaniladi. Rezistiv datchiklar guruhiga potentsiometrik, ko‘mir (kontaktli), tenzometrik kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ishlash printsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o‘zgarilishiga asoslangan bo‘ladi.
- Potentsiometrik datchiklar Potentsiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga aylantiriladi .
- Potentsiometrning harakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan harakatga bog‘langan bo‘lib, ob’ektning holati o‘zgarganda uning qarshiligi va ikkilamchi asbobdagi ko‘rsatgich o‘zgaradi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta’sirini yo‘qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiya etiladi. Potentsiometrik datchikning statik tavsifnomasini chiziqlikga yaqinlashtirish maqsadida unga muvofiq ish rejiminivyoki reostatni o‘rash usulini o‘zgartiradi.
Potentsiometrik datchiklar va ularning tavsifnomalari: a-o‘zgarmas aktiv qarshilikli datchik; b,g- datchikning statik tavsifnomalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |