5 mavzu. KORXONANING AYLANMA MABLAG‘LARI
Reja
5.1.Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar: tarkibi va tuzilishi
5.2.Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish
5.3.Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
5.4. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
" ishlab chiqarish zaxiralari;
" tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor maxsulotlar;
" kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor maxsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, extiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir kadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor maxsulot yoki yarim fabrikat xosil qiladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq kilmok kerak. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy xayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chikarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan xayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xom ashyoga aylanishi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan xali to‘liq maxsulot xoliga kelmagan materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |