Navoiy kon Metallurgiya Kombinati Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur


Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalari bilan


Download 89.5 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1566317
1   2   3   4   5
Bog'liq
KL-Инструкция В-11 по ОТ для лиц, пользующ. грузоподъем. маш., управ.с пола или со стацион.пульта и подвеши. груза на крюк такой машины

3. Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalari bilan
ishlaydigan shaxslar uchun ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

3.1.Ish vaqtida erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinasida ishlovchi quyidagilarga majbur:


-ruxsat etilgan og’irlikka yaqin va uning ruxsat etilish chegarasiga teng bo’lgan yuklarni ko’targanda, tormoz (to’xtatish) harakatining sozligiga ishonch hosil qilish. Buning uchun yukni erdan 0,5m balandlikka ko’tarish, keyin uni qo’yib yuborish, yukni erga tushirmay turib (to’xtatish) tormozlash;
-yuk ko’tarish trosining (po’lat arqonining) ilgakning tik osilib turish holatida, yukni ko’tarish ishlarini amalga oshirish;
-yukni ko’tarishda yukning chayqalmaslik va aylanib ketmaslik choralarini ko’rish lozim, bu holat aks holda yukni tushib ketishiga olib kelishi mumkin;
-gorizontal yo’nalishda bir joydan ikkinchi joyga yukni ko’tarishda (ko’chirishda) uni yo’lida duch keladigan konstrukstiya, materiallar va buyumlar ustidan 0,5 m kam bo’lmagan balandlikda ko’tarib o’tkazish kerak;
-yukni ko’tarish va ko’chirish joylarini ko’rish imkoniyati yo’q bo’lsa, mashinani boshqarishni bu maqsadda qo’yilgan shaxsning xabarlashish ishoralari bo’yicha amalga oshirish;
-yuk ko’tarish mashinasining nosozligi aniqlangan hollarda uni to’xtatish zarur (nosozlik uchun yukni tushib ketish joyini to’siqlar bilan to’sib qo’yish choralarini ko’rish kerak).
3.2.Mashinani ta’mirlash va tozalash vaqtida yuk tushirilib, mashina tok ta’minotidan uzib qo’yilishi kerak.
3.3.Ko’chiriladigan yuk faqat oldindan bu uchun tayyorlangan joyga tushirilishi kerak, u tushib ketishdan, ag’anashidan yoki belgilangangan yukning sirpanib ketishidan istisno bo’lishi uchun.
Yuk o’rnatiladigan joyga oldindan tagliklar qo’yilgan bo’lishi kerak, chunki bog’lash arqonlarini oson va shikastlamasdan yukning ostidan chiqarib olish uchun.
3.4.Ko’tariladigan yukni bog’lash uchun ko’tariladigan yukning og’irligiga muvofiq stroplar (po’lat arqonlarni) qo’llash shu bilan birga po’lat arqonning tarmoqlar soni va bo’linish burchagini hisob olish kerak.
3.5.Kanatlar (po’lat arqonlar) uzunligini shunday tanlash kerakki, uning tarmoqlari orasidagi burchak 90oS dan oshmasligi kerak.
3.6.Mayda donali yuklar (quymalar, ishlov berish uchun tayyor mahsulotlar, tayyor detallar) ni bu uchun mo’ljallangan maxsus idishlarga solib ko’chirish kerak. Bunda yuklarni shunday joylashtirish kerakki, yuklar idishning yuqori borti (yon devorlari)dan yuqori bo’lmasligi kerak. Idishlar ishga yaroqli va (raqami, yuk ko’tarishi, idishning o’zini og’irligi va o’zini nima uchun mo’ljallanganligi ko’rsatilib) rusumlashtirilgan bo’lishi kerak.
3.7.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarida ishlovchi shaxs uchun quyidagilar ta’qiqlanadi:
-oxirgi tirgaklarga mashina korpusining urilishiga yo’l qo’yish;
-mashina yordamida odamlarni ko’tarish va bir joydan boshqa joyga ko’chirish;
-mashinaning yuk ko’tarish me’yoridan yuqori bo’lgan yuklarni ko’tarish-tushirish va bir joydan boshqa joyga ko’chirish;
-tiralib qolgan yukni uzib olish va ko’tarish
-ilgakni odatdagidek to’xtatish uchun yukni yuqoriga ko’tarilishni chegaralovchi o’chirgichdan foydalanish.
-yukni ko’tarilgan holatda qoldirish;
-yuklarni tros qiya tortilgan holda sudrab olib kelish;
-yuk ko’tarish mashinasini boshqarishni begona odamga berish;
-begona odamlardan olingan xabarlash ko’rsatmasi (signal)ni bajarish uchun qabul qilish;
-mashina bilan ishlayotgan vaqtda tros (po’lat arqon)ni qo’l bilan ushlab turib, yo’naltirish;
-tushirilgan yuk ostida qisilib qolgan tros (po’lat arqon)ni ilgak bilan sug’urib olish;
-yuklarni, vaqtinchalik o’rnatilgan bostirma, bug’ quvurlari va gaz o’tkazgichlar yoki elektr kabellari ustiga qo’yish;
-yuk ko’tarish mashinalarining harakatga keltirish mexanizmlarini butunlay to’xtaguncha to’g’ri yurishdan, teskari yurish tomoniga qarab qo’shish;
- odamlarning ustidan yukni ko’tarib olib o’tish o’zi ham ko’tarilgan yuk ostida turish.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling