Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «pedagogika va gumanitar fanlar» kafedrasi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
pedogogika
Ma’ruza bo’yicha tayanch so’zlar:
Jazo, uyat, tarbiya, tarbiyalanganlik, adolat,odob, xulq, axloq, madaniyat, ma’naviyat, sifat, fazilat, inson komilligining mezoni, manmanlik, kamtarlik, anglash (fikr), mushohada, tafakkur, amaliyotda qo’llash.
– ma’naviy meroslar va jamiyat talablarini etiborga olgan holda, murabbiy(o’qituvchi) va tarbiyalanuvchi(o’quvchi)ning aniq maqsadga qaratilgan o’zaro faoliyati natijasidir. Anik maqsadga qaratilgan tarbiya jarayoni tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. Bunda kuyidagi tamoyillarga asoslaniladi: a) shaxsning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish nazarda tutilishi; b) bu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish vositalari va usullari; v) maqsadni amalga oshirish uchun nazariy va amaliy manbalarning mavjudligi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog’liq. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab kuyidagilarga bulinadi: 1. So’z orqali ifodalash usuli. 2. Ko’rgazmalilik usuli. 3. Amaliy, namuna usuli. 4. Rag’batlantirish va jazo usuli. Yuqoridagi metodlar (usullar) o’z navbatida quyidagi guruhchalarga bo’linadi:
qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga; Ikkinchi guruh - kinofil’mlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish orqali tarbiyalash usullariga; Uchinchi guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish. o’rnak ko’rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko’rsatish; To’rtinchi guruh - o’quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o’rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish va boshqa og’zaki, ”rahmat”, ”barakalla” kabi rag’batlantirish usullarini kiritish mumkin. Tarbiyachining rag’batlantirish usuli ikkiga bo’linadi: 1. O’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashganligini rag’batlantirish. 2. Qiziqishini va uni uddalay olganligini rag’batlantirish. Jazo – bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish. 14
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o’z xatosini tushungan bõlisa-yu, sizga qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bõlisa, uni jazolashga zarurat yo’q. endi bu xatoni qaytarmayman, degan ma’noda sizga qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal hamxato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo’llaniladi. 1. Tushuntirish. 2. Tanbeh berish. 3. Ogohlantirish. 4. Qattiq ogohlantirish. 5. Uyaltirish. Yuqoridagi jazo turlarini o’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz qo’llaydi. Ammo gruppadosh o’rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uyat – bu insonning eng nozik sezgisi bo’lib, o’quvchini o’rtoqlari yoki kollektiv orasida izza qilish (uyaltirish) eng yuqori jazo hisoblanadi. O’quvchini jamoa orasida izza qilishni eng oxirgi chorasiz qolganda qo’llash mumkin. eng ma’quli o’quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda, unga ishonch bildirib, qaltis yo’ldan qaytarish mumkin. Tarbiya – har bir insonning hayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling