AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
24. Ish vaqtida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda charxchi quyidagilarga majbur:
24.1. ishni to'xtatib, bevosita ish rahbariga xabar qilish;
24.2. yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish va shuni nazarda tutish kerakki, o'tni o'chirish uchun yonish jarayonini to'xtata oladigan (suv, kimyoviy o'chirish vositalari, qum) moddalar qo'llash;
24.3. jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;
24.4. jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
24.5. tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish;
24.6.voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |