Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jahonda oltin, uran ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.
Mustaqillik yillarida Navoiy KMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |