Navoiy lirikasida qo‘llanilgan bahrlar. Shoir ijodidagi musta’mali matbu’ vaznlar


Download 18.67 Kb.
Sana09.06.2020
Hajmi18.67 Kb.
#116529
Bog'liq
2-amaliy Matn


Navoiy lirikasida qo‘llanilgan bahrlar. Shoir ijodidagi musta’mali matbu’ vaznlar

Navoiygacha bo‘lgan turkiy she’riyatda aruz tizimining xushohang vaznlaridan foydalanish va ularni turkiy she’riyatga olib kirishda Sakkokiy, Gadoiy, Atoyi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy kabi shoirlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Sakkokiy o‘zining 40 ga yaqin g‘azali va 11 (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 13) qasidasida aruz tizimining 5 bahridan foydalangan bo‘lsa, Atoyi va Gadoiy she’riyatida 6 bahr, Lutfiy va Hofiz Xorazmiy devonlarida esa 9 tadan bahr istifoda etilganligini ko‘ramiz. Navoiyning yoshlik lirikasi orasida munsarih bahrida bitilgan g‘azallar ham mavjud. Munsarih bahri turkiy she’riyatimizda Alisher Navoiygacha deyarli qo‘ llanilmagan (faqat Hofiz Xorazmiy da uchraydi) bahr bo‘ lib, Navoiy uning vazn imkoniyatlarini o'rganib, ushbu bahrning turkiy til qonuniyatlariga to‘ la mos

ekanligini isbotladi va yoshlik davridayoq ushbu bahrda 2 g'azal yaratdi. Ulardan birining matla’ini keltiramiz:

Ko‘nglum ochilmas dame bu badani zordin,

- V V - / - V - / - V V - / - V -

O‘ylaki mahkam tugun inchkaroq tordin.

- V V - / - V - / - V V - / - V -
Shoirning ilk lirikasida sari’ bahrida yaratilgan bittagina g‘azal ham mavjud bo‘lib, bu bahr ham turkiy g ‘azaliyotda kam qo'llanilgan edi.

Yor labi aksi tushub jom aro,

- V V - / - V V - / - V -

Bodag'a jon ta’mi berur kom aro. - V V - / - V V - / - V –

Alisher Navoiyning o‘zi tomonidan tuzilgan birinchi rasmiy devoni “Badoyi’ ul-bidoya”ning vazn xususiyatlarini o‘rganish shoirning aruz tizimidan foydalanish imkoniyatlari she’rdan she’rga takomillashib borganligini ko‘rsatadi. Mazkur devonda endi aruzning 9 bahridan foydalanganlikni ko‘ramiz. Bu bahrlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin:

Bahr nomi- She’rlar miqdori

1. Ramal 532

2. Hazai 284

3. Mujtass 137

A. Muzori’ 43

5. Mutaaorib 25

6. Raiaz 16

7. Sari’ 2

8. Komil 1

9. Xafif 12

Jami 1046

Navoiy she’riyatida aruz takomilining ikkinchi bosqichini 1480-1490-yillar oralig‘i tashkil qiladi. Shoirning shu davrda tartib berilgan “Navodir un-nihoya” devonidagi she’rlar aruz tizimining 11 bahrida yaratilgan (A.Hojiahmedov). Devonning yigirma jildlik “Mukammal asarlar to‘plami”dan o‘rin olgan nashri asosida (jami 862 g‘azal) g'azallarning vazn xususiyatlarini o'rganib chiqsak, quyidagi manzara hosil bo'ladi:

Bahr nomi- G‘azallar miqdori

1. Ramal 599

2. Hazai 104

3. Mujtass 102

4. Muzori’ 18

5. Mutaaorib 22

6. Raiaz 9

7. Munsarih 1

8. Mutadorik 2

9. Komil 1

10. Xafif 2

11. Tavil 1

12. Ariz 11

Jami 862

Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri alohida o‘ rin tutib, uning o‘ ziga xos shartlaridan biri maxsus vaznda yozilishidir. Bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasi bo‘ lib, bu haqda Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida shunday yozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” ham derlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bag‘oyat raboyanda” . Hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi yana 12 vaznni o‘z ichiga oladi va ushbu jami 24 vazn ruboiy vaznlari hisoblanadi. Ruboiyning she’riy o‘lchovi bilan bog‘ liq muhim xususiyat shundaki, boshqa she’riy janrlardan farqli o‘laroq uning to‘rt misrasi mazkur shajaralarga mansub 4 xil vaznda yozilishi mumkin. Alisher Navoiy she’riyatida ruboiy vaznlarining 15 turidan foydalanilgan. Navoiy aruzining cho'qqisi “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti devonlarida aks etgan. Kulliyotda aruz tizimining jami 13 bahr, 100 ga yaqin vazn qo‘llanilgan. Ushbu bahr va vaznlarni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:

Bahr nomi -Vaznlar miqdori -She’rlar miqdori

1. Ramal 20 -18-27

2. Hazaj 35 (shundan 15 tasi ruboiy vazni) 668

3. Muitass 5 348

4. Muzori’ 7 105

5. Mutaqorib 8 75

6. Raiaz 4 24

7. Munsarih 3 12

8. Mutadorik 3 3

9. Komil 1 1

10. Sari’ 2 3

11. Xafif 5 62

12. Tavil 3 3

13. Ariz 1 1

Jami 3132

Navoiy ushbu kulliyotida avvalgi devonlarida kuzatilmagan ba’zi vaznlarda she’rlar bitib, turkiy aruz rivojini yangi bosqichga olib chiqdi. Ruboiy vaznlarining yangi o‘lchovlari, munsarih, mutaqorib bahrlarining she’riyatimizda qo‘llanilmagan vaznlaridan ilk bor foydalanib, ularning turkiy til imkoniyatlariga mos ekanigini amaliy jihatdan isbotladi. Xususan, munsarih bahrining munsarihi musammani matviyi mavquf (afoyili va taqti’ i: muftailun foilotu muftailun - V V - / - V - V / - V V - / - ) vaznida shoir quyidagi matla’li g‘azalini bitdi:

Ko'nglum aro bir a jab muhol havastur,

- V V - / - V - V / - V V - / -



Lablaridinkim, husuli mumkin emastur.

- V V - / - V - V / - V V — / —
Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling