Sana ______________________
7-laboratoriya ishi
Mavzu: Yassi ko’zgu yordamida yorug’likning qaytishini o’rganish
Kerakli asboblar. 1) yassi ko‘zgu o‘rnatilgan optik disk; 2) nurli ko‘rsatkich yoki 3-6 volt kuchlanishga mo‘ljallangan cho‘g‘lanma elektr lampochkasi; 3) o‘lchamlari 160x200 mm bo‘lgan oq qalin qog‘oz.
Ishni bajarish.
115-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yig‘iladi. Optik disk o‘rtasiga yassi ko‘zgu o‘rnatiladi.
Nurli ko‘rsatkichni (yoki cho‘g‘lanma elektr 1am- pochkasini) optik disk chetiga mahkamlab, undan ko‘zguga yorug‘lik tushiriladi.
Tushish burchagini o‘zgartirib, ularga mos kelgan qaytish burchaklari aniqlanadi. Natijalari sinf doskasiga
115-rasm. yozib boriladi.
Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi tekshiriladi.
5. Oq qalin qog‘ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopishadigan qilib qo‘yiladi. Shunda qog‘oz yuzida qaytayotgan nur ko‘rinib turadi Qog‘ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko‘rinadi. Bu hodisadan xulosa chiqariladi.
6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga o‘rnatib takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |