Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.12.2020
Hajmi1.2 Mb.
#160426
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf ona tili


                  

 

 



 

                



 

          



                    

Navoiy shahar 

12-davlat  ixtisoslashtirilgan   umumta`lim   maktabi 

ona tili va adabiyot fani o’qituvch

isi  

Abdumurodova Feruza Egamovnaning 

ona tili  va adabiyot 

 fanidan   

 8-sinf o`quvchilari uchun tayyorlagan 

 

metodik tavsiyalari

 

                   

   

         

                         Navoiy shanri

 

So`zboshi 

     Ushbu metodik qo`llanma ona tili va adabiyot  fanlariga umumta`lim 

maktablarining 8-sinf o`quvchilariga mo`ljallangan.   Qo`llanmada o`quv yili 

davomida DTS talablari asosida 8-sinf o`quvchilaridan olinadigan nazorat 

ishlari uchun materiallar: diktant matnlari ,bayon matnlari,insho mavzulari 

hamda ularni yozish bo`yicha metodik tavsiyalar berilgan.  

   8-sinflarda ona tili va adabiyot fani bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dastur 

asosida tuzilgan taqvim mavzu rejaga mos ravishda o`quvchilarning har bir dars 

oxirida o`zlashtirishi zarur bo`lgan BKMlari o`tkaziladigan nazorat ishi 

turlari,test topshiriqlari namunaviy bo`lib, o`qituvchi unga ijodiy yondoshgan 

holda  tegishli o`zgartirishlar kiritishi yoki muqobil variantlarini ishlab chiqishi 

mumkin.   

Metodik tavsiyada keltirilgan namunaviy nazorat materiallaridan foydalanish 

mumkin. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                            

Ona tili  fanidan  Davlat  ta`lim  standarti 

                                                       5-9 sinflar 

         O`quvchilar  ona  tili  fanidan  quyidagi  bilm, ko`nikma  va malakalarni  egallashlari  

shart. 

          a)grammatikaga  oid  o`zlashtiriladigan  bilimlar: 

          fonetika, leksikalogiya, so`zning  tarkibi, so`z  yasalishi, morfologiya,   sintaksis, yozuv  

va imlo, tinish  belgilari, nutq  uslublari, stilistikaga  oid  tushunchalar. 

           b)nutqni  oshirish: 

            birinchi  yo`nalish-o`quvchilarning  so`z  boyligini  kengaytirish  va  qo`llanish  

(o`quvchilarning  o`zlari  uchun  yangi  bo`lgan so`zlarning  ma`nosini   va  qo`llanish  

doirasini aniqlash); 

           ikkinchi  yo`nalish-o`zbek  adabiy  tili  me`yorlarini  o`rganish, adabiy  talaffuz 

me`yorlari  (to`g`ri  talaffuz me`yorlari,  so`z  birikmalari  va  gap  tuzish me`yorlari,  so`z  

turkumlari  va  sintaksis  tuzilishlarining  uslubiy  imkonyatlari, xususan, 

sinonimikasi)shuningdek, lug`aviy  sinonimika va  qo`shimchalarning  sinonimikasi  hamda, 

umuman, Grammatik  sinonimika  bilan  tanishish; 

          uchinchi  yo`nalish-o`quvchilarda  fikrni  og`zaki  va  yozma  bog`lanishli  bayon  

qilish  malaka va  ko`nikmalari  shakllanadi. 

                 Adabiyot              VIII  sinf 



      Bilimlar.  Didaktik   adabiyot, tragediya (fojiya), roman, doston, g`azal, tuyuq,  

musamman, irsoli  masal, qofiya, radif  va boshqalar  haqidagi  nazariy  ma`lumotlarni  

bilish; 

      Ko`nikmalar. Badiiy  asar  mavzusi  va  g`oyasini  aniqlay  olish; bunda  har bir  

ijodkorning  o`ziga  xosligini  idrok  etish  va  izohlay  olish; badiiy asardagi  alohida  

hamda  bir  guruh  qahramonlarning  og`zaki va yozma tavsifini  berish; badiiy  asarda  aks 

etgan  voqea-hodisalarning  xalq hayotiga  yaqinligini  tushuna  olish; asar 

qahramonlaridagi fazilat  va nuqsonlarning, uning  badiiy  takomilidagi  o`rni va 

ahamiyatiga  baho  bera bilish; alohida olingan adabiy  janrlar, tasvir  vositalarining  

asardagi  o`rni, badiiy-estetik  ahamiyati va qimmatini  anglay  olish; mumtoz  asarlarni 

lug`atlardan  foydalangan holda  izohlay  olish; 

      Asar qahramoni  ruhiy olamiga  xos  nozik  tuyg`ularni, lirik  qahramon tabiatidagi 

milliy o`ziga  xosligi; asardagi asosiy  axloqiy-ma`naviy  muammolar  ifodasining  

sabablarini  tushuna  olish; asar  qahramoni  kechinmalaridagi  ziddiyat  sabablarini  

anglaysh va  munosabat  bildirish; badiiy asar tilini tushunish; ijodi  o`rganilgan  

adiblarning  adabiyot  rivojiga  qo`shgan  hissasini  anglay  bilish;  

      Dramatik  asardagi  personajlarni  har  bir  respublikada  qahramonning  harakatini, 

uning  ma`naviy  qofiyasini  ko`ra  olish, uning  o`ziga xos  ovozini  tinglay  olish; 

       Sahna asaridagi  qahramonlar  kayfiyatining  o`zgarishlarini kuzata  olish. Badiiy  

asardagi  muallif  nuqtayi  nazarini  tushuntira   olish. Satirik  va  yumoristik  asarlardagi  

voqealarni  his  eta  olish. Badiiy  asardan olgan  tasavvur  va taassurotlarni  intellektual  va  

emotsional  tarzda, mantiqiy  izchillikda  ifodalay  bilish.  

8-sinf    o`quvchilari   uchun   ona tili  fanidan  ijodiy  bayon va diktant  yozishda 

belgilangan   vaqt  va  so`zlar  miqdori 



Nazorat turi 

Belgilangan vaqt 

So`zlar miqdori 



Diktant 

2 soat 

150-170 so’z 



Ijodiy bayon 

2 soat 

300-350 ta so`z 

8-sinf  o`quvchilari uchun o`quv  yili  davomida  ona  tili  fanidan olinadigan 

nazorat   ishlar   jadvali 

t/r  I chorak 

II chorak 

III chorak 

IV chorak 

 



1-NI: 

Dirtant 

4-NI: 

Ijodiy bayon 

7-NI: 

Nazorat diktanti 

10-NI: 

Diktant 

 



2-NI: 

Insho 

5-NI: 

Insho 

8-NI: 

Ijodiy bayon 

11-NI: 

Ijodiy bayon 

 



3-NI: 

Test  sinovi 

6-NI: 

Test  sinovi 

9-NI: 

Test  sinovi 

12-NI: 

Test  sinovi 

 

 

 

8-sinf  o`quvchilari  uchun o`quv yili  davomida adabiyot   fanidan    olinadigan   

 nazorat    ishlar    jadvali 

t/r  I chorak 

II chorak 

III chorak 

IV chorak 

 



1-NI: 

Insho va tahlil 

“Kuntug’mish va 

Xolbeka 

timsollariga 

 tasnif ” 

3-NI: 

Insho “Menga 

yoqqan g’azal” 

5-NI : 

Insho:”Mirzo 

Ulug’bek- ilm va 

ma’rifat homiysi.” 

 

 

7-NI: 

Insho”Menga 

yoqqan shoir” 

 

 



 2-NI:  

Test  sinovi 

4-NI: 

Test  sinovi 

6-NI: 

Test  sinovi 

8-NI: 

Test  sinovi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                     

 8-sinf    ona    tili  fanidan nazorat ishi materiallari

.

 

1-nazorat ishi .Diktant  

                          Mustaqil O`zbekistonning tanlagan yo`li 

 Chindan  ham  qutlug`  kunlarni ,sira  unutilmaydigan  tarixiy  ayyomlarni  boshdan  

kechirayapmiz  jondan  aziz  suyukli  yurtimiz O`zbekiston  mustaqil  Respublika  deb e`lon 

qilindi.Bundan  buyon  har  yili 1-sentabr kuni Mustaqillik  kuni  sifatida 

nishonlanadi.Bundan buyon Respublika Prezidentining qasri ustida O`zbekistonning o`z 

bayrogi  mag`rur  hilpirab turadi. Xalqimiz bu kunni 125 yil orziqib kutdi.Ha,ana shu 

muddat  mobaynida  mehnatkash xalq mustamlakachilik  azoblarini ko`p tortdi,uning oppoq 

badani  darralar zahmidan momataloq bo`ldi,ko`ngli  kishanlar bilan 

‘’do`stlashib’’sustlashdi.Biroq zulm har qancha kuchli bo`lmasin, tepamizda turgan  

xo`jalar qamchilarini  har qancha shafqatsizlik bilan qarsillatmasin bularning hech qaysisi 

xalq qalbidagi erk  tuyg`usini yo`qota olmadi.Xalq ozodlik yo`lida isyonlar qildi,yuzlab,balki 

minlab marta zulmga , haqsizlikka qarshi  kurash yo`liga kirdi. Mustaqillik tufayli 

O`zbekiston xalqaro miqyosda o`zini tanitish , ayni chog`da  xalqaro huquq  me`yorlari 

asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik  qilish imkoniyatini qo`lga  

kiritdi.O`zbek  xalqi o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga ega bo`ldi.  .     .        

                                                                                                        (148 so’z) 

                                                  2-nazorat ishi .Insho: 

                                                      Til- dil kaliti 

MAQSAD:O`quvchilarning  yozma nutqi ,   mustaqil va ijodiy  fikrlash   ko`nikma-

malakalari , imlo va uslubiy savodxonliklarini   aniqlash.  

METODIK TAVSIYA : 

O`quvchilar insho mavzusiga mos  epigraf  tanlay olishlari va  reja tuza olishlari ;insho 

mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi ;jumlalarni ifodalash  usulida  so`z 

boyligining rang –barangligi, so`zlarni  to`g`ri  tanlashi va o`z  o`rnida  qo`llashi  , uslubiy 

izchillikka  rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalar ni singdirilganligiga;inshoni 

mustaqil fikrlab , dalillar asosida ,ravon va savodli , teran mushohada qilib, inshoni 

xulosalay  olishga jiddiy   e`tibor  qaratishlari tavsiya qilinadi 

                              

                                    Til –dil kaliti 

                     Reja:  

1.  So’z  qudrati 

2.  Tii bilgan ,el biladi 

3.  Yurtimizda  yoshlarning til o’rganishi uchun alohida e’tiborning  mavjudligi 

 

                3-nazorat ishi        TEST  SINOVI  

                                     1-CHORAK        1-VARIANT 

 

1. 

Badiiy uslubga xos gapni belgilang. 

A)   Aytadilarki otning go‘shti issiqlik bo‘lib, me’dani kuchli qiladi, ko‘z suvini ko‘paytiradi. 

B)   Yuz falajiga uchragan odam musicha go‘shtini yesa tuzaladi. 

C)  Nodira 1792-yil Andijon hokimi Rahmonquliboy oilasida tug‘ildi. 

D)   Inson baxtidek ko‘rkamlik, tabiatan ulug‘lik, sog‘lomlik, xushnudlik hammasi onadan. 

2. 

Adabiy nutq me’yorlari haqidagi ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 

A)  Aloqa-aralashuv vositasini bajaruvchi nutq adabiy nutq me’yori hisoblanadi. 

B)   Rasmiy idoraviy uslubdagi nutq me’yor hisoblanadi. 

C)   Til tovushlaridan, so‘z va qo‘shimchalardan, gap qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ifoda 

vositalaridan foydalanish haqidagi qoidalar nutq me’yorlari deyiladi. 

D)  Jonli so‘zlashuv tili nutq me’yori hisoblanadi. 

3. 

Qaysi qatordagi gapda shevaga xos so‘zlar ishtirok etgan? 

A)  Tilda so‘zlar va qo‘shimchalar ma’lum bir qoidalar asosida yoziladi.  

B)    Ikromjon taxmon chetiga tirab qo‘yilgan yog‘och oyoqni kiyib chiqib ketdi.  

C)      Nafis  chayqaladi  bir  tup  na’matak  D)  Uyga  kir  jiyan,  yo‘l  yurib  kelgansan.      -  Yo‘q,     

shettan qayta qolay. 

4. 

Ramziy-badiiy insho mavzusi berilgan qatorni aniqlang. 

A)  Alisher Navoiy ijodida umuminsoniy qadriyatlarning ulug‘lanishi. 

B)  Abdulla Qahhor — mohir hikoyanavis. 

C)   Ona tilida bitilgan sehrli satrlar. 

D)   Yangi asr orzulari. 

5. 

Tilning ijtimoiy vazifasi qaysi qatorda to‘liq ifodalangan? 

A)   Til so‘z va qo‘shimchalardan iboratdir. 

B)     Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv vositasi hisoblanadi. 

C  )   Til Morfologiya va Sintaksis kabi bo‘limlarga boiib o‘rganiladi. 

D)    Til og‘zaki va yozma tarzda namoyon bo‘ladi. 

6. 

Berilgan  so‘z  birikmalari  tarkibida  ajratilgan  vositalardan  qaysi  birlari  qo‘shimcha 

ma’no berayotganligini aniqlang. 

A)  G‘alabaga erishmoq, buyuk baxt 

A)  Tinchlik haqida suhbat, so‘nggi qo‘ng‘iroq  

B)  Do‘stlar bilan uchrashuv, baxt kaliti 

D)   Mustaqilliknigina sharaflamoq, chog‘roqqina xona 

7. 

Tobe  so‘z  hokim  so‘z  bilan  kelishik  qo‘shimchalari  yordamida  birikkan  so‘z 

birikmalari qaysi qatorda berilgan? 

A)  Moviy osmon, Zuhro yulduzi 

B)  Tog‘ cho‘qqisi, kitob o‘qimoq  

C)  Yoqimli kuch, dala yumushlari 

D)  A’lochi o‘quvchilar, kitobsevarlar uyushmasi 

8. 

Qaysi qatorda ibora berilgan? 

A)  Yo‘l boshi, boshga ko‘tarmoq 

B)  Ko‘zi ochildi, xol qo‘ydi 

C)   Razm solmoq, bahsga chorlamoq        D) Hayot daraxti, achchiq so‘z 

9. 

Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifoda qo‘llangan? 

A)  Mutoala inson hayotida muhim o‘rin tutadi. 

B)  Dono so‘ziga bino qo‘yar, nodon o‘ziga. 

C)   Xush havoli, yangroq navoli, bog‘im yaxshi, bahorim yaxshi.  

D)   G‘ishtin polli uyga kirdik. 

10.  Qaysi qatordagi so‘z juftliklarini birlashtirish mumkin? 

A)   Qiziqarli kitob, mening kitobim 

B)   Sharafli kasb, mashaqqatli kasb  

C)   Yo‘l harakati, yo‘l boshi 

D)    Chiroyli yozuv, eski yozuv 

11.  Qaysi qatorda gap berilgan? 

A)   Baxt qushi, mustaqillik bayrami  

B)   Ijodiy flkr, do‘stlik haqida suhbat  

C)   Kitob bilan oshno, barkamol avlod.  

D)   Maktab shinam, havo issiq 

12.  Berilgan maqollarning qaysi biri shirinsuxanlik haqida aytilgan? 

A)   Didsiz o‘tirgan yerini ham changitar. 

B)   Oldin angla, keyin tanla  

C)   Do‘stingga rost gapir,  dushmaningga maqtanib. 

D)   Bug‘doy noning bo‘lmasin,  bug‘doy so‘zing bo‘lsin. 

13.  Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? 

A)  Abu Nasr Forobiy butun umrini ilm o‘rganishga bag‘ishlagan. 

B)  Berilgan topshiriq bajarildi. 

C)    Til — tafakkur elchisi.         D)  Tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. 

14.  Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud. 

A)   Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi. 

B)  « Ko‘klam kelsa ko‘chat ek »,- degan ekan mashoyixlar  

C)    Abdurahmon Jomiy - Sharqning buyuk mutafakkiri.   

D)  Tong saharlab darvoza taqilladi. 

15.  Fe’l kesim vazifasida kelgan gapni aniqlang. 

A)  Ko‘p  ko‘rgan keksaning ishi ibratli 

B)  Hayotda qoldirsa kim abadiy nom, eng baxtli odam shu, xullasi kalom. 

C)    Xusrav    Dehlaviy    o‘zi    kuylagan    yuksak    insonparvarlik    g‘oyalari  bilan  asrlarga 

hamroh va hamdamdir. 

D)   Xusrav  umrining  oxirgi  o‘ttiz  yilini  Dehlida  o‘tkazdi. 

16.  Asliy sifatlar qaysi qatorda to‘liq berilgan? 

A)  serharakat, go‘zal, badavlat 

B)  ishlari, shox, tinch 

C)   sermulozamat, sersuv, hosildor  

D)   tejamkor, mahoratli, mohir 

17.  Qaysi qatorda ilmiy uslubga xos gap berilgan? 

A)  «Ne uchun g‘amnok ko‘rinasiz?» -dedi 

B)  Seni, hur va ozod, seni kuylayman 

C)   Saxiylik va olijanoblik insonning ulug‘vor fazilati. 

D)    Oqsil  yoki  boshqa  biron  moddaning  yemirilgan  har  bir  molekulasi  o‘rnida  yangi 

molekula tiklanadi 

18.  Rasmiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang. 

A)  Tabib o‘z fani sohasida bilimdon va kasallariga mehribon boiishi kerak 

B)  Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya qabul qilindi. 

C)   Har bir so‘z  zamirida inson nomi gavharday saqlanadi. 

D)   Sen bahorni sog‘inmadingmi? 

19.  Murakkab kesimli gap qaysi qatorda berilgan? 

A)  Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»ida saxovat va karamni ulug‘laydi. 

B)  Bitta bulbul qanchadan-qancha odamning dilini xush qiladi. 

C)    Inson bolasi hamma rizq-ro‘zini yerdan topadi. 

D)   Yaxshi kishi doim yaxshilik topadi 

20.  Qaysi qatorda ot-kesimli gapda tire qo‘yiladi? 

A)  Saxiylik va olijanoblik inson uchun ulug‘  fazilatdir. 

B)   Daraxtlar mo‘l va yirik, lekin deyarli hammasi ko‘m-ko‘k.  

C)   Ma’rifat tinchlik va farovon hayot kaliti hisoblanadi. 

D)   Bu siz uchun katta sinov. 

21.  Shart maylidagi fe’l qaysi qatordagi gapda qo‘llangan? 

A)  Osmon go‘zal oyi, quyoshi bilan 

       Inson go‘zal mardlik, bardoshi bilan. 

B)  U keladi, albat qo‘shinga elga shodlik olib keladi. 

C)    Ey jahonga arzigan Inson,  ojizmanki boqaman sizga 

D)    Yig‘sang  yetasan,  sovursang  ketasan. 

22.  Berilgan gapni quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridan qaysi biri to‘ldirishi mumkin. 

Qahramon tirikligi bilan emas, qahramonona ishi bilan ... 

A) qoniqdi                              B) murodiga yetdi. 

C) abadiy bo‘ldi                         D) g‘alaba qozondi 

23.  Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? 

A)  Undan sal nordon va shirin hid kelardi. 

B)  Iste’dodli adib ko‘p asarlar va dramalar yozdi. 

C)   Gullagan vodiy, kishnagan to‘ying go‘zal. 

D)   U biz bilan ketishi lozim. 

24.  Yashiringan egali gap berilgan qatorni belgilang. 

A)  To‘g‘ri nafas olish deganda og‘izdan emas,  balki burundan   

   nafas olish tushuniladi. 

B)  Maydonchaga bo‘lib to‘da, o‘ynashamiz qorbo‘ron.  

C)  Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi. 

D)   Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta. 

25.  Qaysi gapda gap boiaklari notog‘ri joylashgan? 

A)   Aql ulug‘likka, aqlsizlik esa tubanlikka yetaklaydi. 

B)   Suv bilan ekin o‘sar, tarbiya bilan — odam 

C)   Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir. 

D)   Nafis chayqaladi bir tup na’matak 

№ 







10  11  12  13 



Javob: 











№ 

14  15  16  17  18  19  20  21  22  23  24  25 

 

Javob: 













 

   

  1-chorak        2-variant 

1.    Bitta cho’pon:”Arg’amchisi bor ekan,ko’p chirilladi”-degandi. Gapdagiarg’amchi so’zi 

qaysi so’z o’rnida qo’llangan? 

A.  Ayiq 

B.Ilon         C.Jonivor        D.Arqon. 

2.  Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar qanday nomlanadi? 

A.  Bo’g’iz, til o’rta               B.Jarangli,jarangsiz. 

C.  Portlovchi,sirg’aluvchi.         D.Qorishiq 

3.   Bulbulning maqomlari,kuylari to’qqiz  yuz to’qson to’qqiz emish.Berilgan gapda nechta 

jarangli undosh tovushi bor? 

A.14.      B.17    C.13.     D.19. 

4.  Imlo xatosi bor javobni aniqlang. 

A.  Haqiq,paykal.            B.Qovun,bosvoldi. 

C.  Mahliyo,iztirob.         D.Odamzod,huzur,navqiron. 

5.   Qaysi gapda qo’shimchalar noto’g’ri qo’llangan? 

A.  Shamollar mayin,yoqimli esadi.              B.Quyoshni issig’i kuydirmaydi. 

C.  Bulutlar asta kezadi.                    D.Kuch mardlikda emas,birlikda. 

6.  Ko’chma ma’noli so’z berilgan gapni belgilang. 

A.   Yaxshining gapi qaymoq.         B.Turmushning sirlarini maktab o’rgatadi. 

C.  Odob bilan ilm –tirnoq bilan et.     D.Olimjon martabda ta’lim oladi. 

7.  Qo’shma  fe’lni aniqlang. 

A.  Ekin ekmoq.       B.O’ylab turdi.      C.Olib chiqdi.        D.Jiddiylashmoq. 

8.  Asliy va nisbiy sifat berilgan gapni toping. 

A.  Keng o’tloqdan yoqimli hid ko’tarildi.  B. Ota-bobolarimiz saxovatli bo’lishgan. 

C.  Olimjon 6-sinfni bitirdi.          D.Yorug’ yulduz tikkaga kelib qoldi. 

9.   Hisob so’zi bilan kelgan sonni aniqlang. 

A.  Ekspeditsiya 265 kishidan iborat.       B.Bir qultum suv- jon ozig’i bo’lishi mumkin. 

C.  Sayyohlarning o’n sakkiztasigina qaytd.i       D.Bayrog’imiz qaysi sanada qabul 

qilingan? 10.Ravish berilmagan javobni belgilang. 

A.    Ezgulik also qarimaydi.           B.Ahyon-ahyonda eshitilar edi. 

C.  Al-Xorazmiy Xorazmda tug’ilgan.     D.Ot arava elas-elas ko’rinadi.                                     

11.  Qaysi gapda olmosh qo’llangan?                                                                                           

A.   Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar.    B.Bobom saxovatli inson bo’lganlar.                               

C.  M agellan Yer kurrasini aylanib chiqqan.D.Istagim shuki ,doimo  tinchlik bo’lsin.                  

12.  Qaysi qoida olmoshga tegishli?                                                                                                    

A.   Atash ma’nosiga ega bo’lmaydi.  B.Shakl-ko’rinish ma’nosini bildiradi.                                    

C.  Otga bog’lanib keladi.                  D.Nisbat qo’shimchalarini oladi.                                         

13.  Ko`rsating  olmoshi  berilgan  javobni  belgilang. 

A.  O`zimiz, ular, mana shu 

B.   Necha, har  xil, hech qaysi. 

C.  O`zingiz, mana  bu, qanaqa? 

D.  Anovi, o`sha, shu. 

14  .Ko`rsatish  va belgilash  olmoshi  berilgan gapni  toping. 

A  .U  kishi sizni  o`yladilar. 

B.   Shamollar  mayin,  yoqimli  esadi.  

C.  Aziz  unga  juda-juda  achindi. 

D.   Bu  cholni   butun  yurt  izzat  qilardi. 

15.  Nima? so`roq  olmoshi  qanday  ma`noni  bildiradi?  

A.   O`rin-joy. 

B.  Belgi-xususiyat. 

C.  Harakat-holat. 

D.  Narsa-hodisa 

16.     Berilgan  gapda  olmoshning  qaysi  ma`no  turlari  qo`llangan?Hamma  qayerdan  

keladi. 

A.  Gumon,  kishilik. 

B.  Ko`rsatish,  belgilash. 

C.  So`roq,  bo`lishsizlik. 

D.  Belgilash, so`roq. 

17 . Ta`kid  ma`nosini  ifodalagan  olmoshni  belgilang. 

A.   Men  sizni  olib  ketgani  keldim, aylanay!-dedi(Cho`lpon) 

B.   Sizning bir  yaxshi  odatingiz: kulib  gapirasiz. 

C.   Amaki, tanimadingizmi? 

D.   Unchalik  yomon  bola  emas. 

18.  Olmosh  o`rnida  qo`llanadigan so`zlar  qaysilar? 

A.   Hech  kim?, hech  nima? 

B.   Bandayi  ojizangiz, faqir. 

C.   Allakim,  nimadir. 

D.  Amirzodam, janob. 

19 .  Shaxs  olmoshlarini  aniqlang. 

A.   Aka, tog`a,  jiyan. 

B.   Shahzodam,  amirim. 

C.   Qulingiz,  sodiq  qulingiz. 

D.   Siz, men, u. 

20.   Tuzilishiga  ko`ra  qo`shma  olmoshni  aniqlang. 

A.   Allakim, 2-guruh. 

B.   Qandaydir,  boshqa. 

C.   O`sha-o`sha,  u-bu. 

D.   Hech  narsa,  hech  kim. 

21.  Haqida, to`g`risida  ko`makchilari  qanday  ma`noni  bildiradi? 

A.   Chegara. 

B.  Fikr  mavzusi. 

C.   Maqsad. 

D.  O`xshatish. 

22   .Tasdiq, inkor, hayratlanish, o`xshatish ma`nolarni  qaysi  yordamchi  so`z  turkimi  

ifodalay  olad i?        

A.   ot  

B.  Undosh 

S.  Bog`lovchi  

D.  Yuklama 

23.  Ko`makchilar  qaysi  kelishiklardan  keyin  qo`llanmaydi/? 

A .  O`rin-payt kelishigi 

B.  Chiqish  kelishigi 

S.  Qaratqich  kelishigi 

D  .Tushum  kelishigi 

24  .Ko`makchilar  qaysi  so`z  turkumlaridan  keyin  qo`llanmaydi? 

A.  Ravish,ot  

B.  Olmosh,sifat 

S.   Sifat,ravish 

D  .Ot 

25  .Hokim so`z  berilgan  javobni  belgilang. 

A.   Shunga  ko`ra. 

B.  Anhor  bo`ylab  ketdi. 

C.  Akam  to`g`risida. 

D.  Tushdan  keyin. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling