Jo`jalar
Sobirning tovug`i jo`jalarini ertadan kechgacha ergashtirib yuradi. Yerdan
bitta don topsa ham darrov “chirq-chirq” deb jo`jalarni chaqiradi. Buni kuzatib
yurgan Sobir bir kuni buvisidan so`radi:
- Buvi, nega tovuqlar yer titadi ?
Buvisi shunday javob berdi: Odamlarning ham, parrandalarning ham
yemishi yer bilan-da, bolam. Shuning uchun tovuq jo`jalariga yer titishni,
mehnat qilib, ovqat topishni o`rgatadi.
Musharraf Zaynuddinova
Toshbaqalar
Cho`l toshbaqalari o`t yeydi. Suvda yashaydigan toshbaqalar baliq,
qurbaqa, chuvalchang kabi jonivorlar bilan ovqatlanadi. Toshbaqaning
go`shtini ham yeyish mumkin. Juda mazali bo`ladi.
Toshbaqalar juda sekin yuradi. Tirnoqlari bilan yer kavlab kirib, sakkiz-
to`qqiz oy uxlab yotadi. Toshbaqa bir yil, hatto uch yilgacha ovqat yemay
yashashi mumkin. Suvda yashaydigan toshbaqalar uch yuz yilgacha yashay
oladi.
Topshiriq: Sanoqni bildirgan so`zlar tagiga chizing .
Do'stlaringiz bilan baham: |