Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
diktant 1-4
Nur qal’asi mashxur nur chashmasining ustki qismida suv boshiga egalik qilish, dushman qamaliga bardosh berish maqsadida qurilgan. Qal’aning ichki qurilishlari yaxshi saqlanmagan. Qal’aning eng baland minorasi bo‘lgan kuzatuv maskanidan to‘rt tomon yaqqol ko‘rinib turgan. Kuzatuv punkti 26×26 metrni tashkil etadi. Kuzatuv punkti va ark 12 metrli usti yo‘lak bo‘lgan qalin paxsa devor bilan tutashtirilgan. Devorning qalinligi taxminan 14-16 metrgacha bo‘lgan.
17
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning ulug`ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste`dodli kishilarga o`z shaxsiy jamg`armasidan homiylik qilib, o`nlab san`at asarlarini yaratishga o`z hissasini qo`shgan. Shulardan biri odamlarning uzog`ini yaqin qilayotgan qo`shni Afg`oniston viloyatidagi Saripul ko`prigidir .Ko`prik bunyodkori bilan teng umr ko`rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo`lida xayrli va savobli ishlarga o`z hissasini qo`shgan
Millatlararo totuvlik Do`stlik faqat insonlar o`rtasida emas, balki davlatlar o`rtasida ham bo`ladi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir qancha davlatlar bilan hamdo`stlik shartnomalarini tuzganlar. Yurtimizda bir qancha davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritmoqda. Toshkentda tashkil etilgan “Baynalminal markaz” ida turli millat vakillari , chet ellik mehmonlar bir oila farzandlaridek yashab, mehnat qilishmoqda. Ularning ko`plari o`zbek tilida o`z ona tilida so`zlashgandek so`zlasha oladilar. Xalqlar o`rtasidagi do`stlikdan maqsad bitta - yer yuzida tinchlik- totuvlikni mustahkamlash. Tinchlik bo`lgan yurtda obodlik va farovonlik bo`ladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling