Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
diktant 1-4
Burgut Burgut tog’larda,cho’llarda va harobalarda uchraydi. U yirik qush, juft-juft bo’lib yashaydi. Ular o’z juftlariga umrbod sodiq qolishadi. Tog’lardagi baland qoyalarga, cho’llardagi tepaliklar, xarobalar va saksovulzorlarga uya quradi. Uyasining balandligi va kengligi 2 metrgacha boradi. Burgutlar yirtqich qush bo’lib, tipratikan, jayra, toshbaqa, yumronqoziq, tovushqon, kaklik kabi hayvonlarga ba’zan mayda uy hayvonlarga ham hujum qilib turadi. Burgut “Qizil kitob”ga kiritilgan.
Eng aziz ne`mat Insoniyat uchun barcha noz-ne'matlarning azizi nondir. Nonning turlari juda ko'p va xilma-xil: patir, shirmoy, kulcha va boshqalar. Non naqadar aziz ne'mat. Chunki u insonning yashashi uchun suv va havodek zarur. Xalqimiz nonni qadim-qadimdan ulug'lab, ko'ziga surtishga, nonning uvog'ini ham yerga tushirmaslikka odatlangan.
18
Non shunday sehrli narsaki, u bemorlarni tuzatgan, yo'lda hamroh bo'lgan. Non dasturxon ko'rki, oila qut-barakasi, xalq farovonligi belgisidir. Shuning uchun ham doimo uni qadrlab, hech qachon uvol va isrof qilmaslik lozim.
Ziyrak Zokir ko`chadan kuchukcha topib oldi. Uni uyga olib keldi. Kuchukka Ziyrak deb nom quydi va uni parvarish qildi. Ziyrak katta bo`ldi. Zokir Ziyrakni cho`ponlarga berdi. Ziyrak podada qo`ylarni bo`ridan qo`riqlab yurdi. Bir kuni yo`lda odamlar to`planib turganini ko`rdik. Biz ularning oldiga bordik. Odamlar o`lgan bo`rini tomosha qilayotgan edilar. Ziyrak podaga kelgan bo`rini sezibdi, unga tashlanibdi. Ziyrak bo`ri bilan rosa olishibdi. Uni tomog`idan bo`g`ib o`ldiribdi. Topshiriq: Harakatni bildirgan so`zlarni ko`chirib yozing. O`rgimchak O`rgimchak-ko`p tarqalgan hasharot. U dunyoning barcha qit`alarida yashaydi. Uning turi ham ko`p, yashash tarzi ham xilma-xildir. Aksariyat o`rgimchaklar mayda hasharotlarni ovlaydi. Uning to`riga pashsha, chivin, hatto arilar ham tushadi. O`rgimchaklar ularning qoni bilan ovqatlanadi. O`rgimchaklar mavsum davomida millionlab zararli hasharotlarni yo`qotadi. Odamlar sog`lig`iga, xo`jalik daromadiga foydasi ko`p. O`rgimchaklarni o`ldirmang, to`rini buzmang.
Kiyinish odobi Zamira shoshganicha uyga kirdi-yu, nimanidir shkafidan qidira boshladi. Onasi uyda yo`q edi. Qizil gulli ko`ylagini topguncha ancha ovora bo`ldi.Oxiri qidiraqidira uni karavoti ostidan topdi . Shosha- pisha oynaga ham qaramasdan kiydi-da, ko`chaga yugurib chiqib ketdi. Bugun sinfdoshi Nargizaning tug`ilgan kuni edi. Dugonalari hammasi u yerga yig`ilishgan edi. Nargiza
19
dugonalarini juda yaxshi kutib oldi.Onasi sovg`a qilgan ko`ylak unga juda yarashgan, hammaning unga havasi kelardi . Dugonalarining unga hayratomuz qarashayotganini sezib qoldi va ozining kiyimiga ahamiyat berib qaradi va negadir yuzlari qizarib, o`zini noqulay seza boshladi… Topshiriq: Nima uchun Zamiraga o`rtoqlari hayratomuz qarashdi ? Sizning o`rtoqlaringiz ichida ham Zamiraga o`xshaganlari bormi ?
Tejamkorlik Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash, har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali, piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan. Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi, tadbirkor bo`lishdir. Biz elektr toki, suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak, chunki, xalqimiz yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak, oilamiz va davlatimiz farovon bo`ladi.Davlatimiz va oilamiz boy bo`lsin desangiz, har bir narsadan isrof qilmay foydalanishga
odat qiling. Topshiriq: Harakatni bildirgan so`zlarni ko`chirib yozing.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling