4
DIKTANT - SAVODXONLIK SINOVI.
Ta`lim rus tilida olib boriladigan bosglang`ich sinf o’quvchilarini o`zbek
tilida savodli yozishga o’rgatish muammolari va ular yechimini topish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Dastlabki o’quv soatlaridan boshlab
o`quvchilarga rus alifbosi va o`zbek alifbosidagi harflarning talaffuzi va
yozilishidagi farqi haqida ma`lumot berish, o`zbek alifbosidagi unli va undosh
harflar talaffuzini, harf va harf birikmasining farqini tushuntirib o`tish lozim.
Ularda ehtiyojiy diqqatni barqarorlashtirishga, eshitish, ko’rishlarni tarbiyalash
va xotirasini mustahkamlash kabi muhim talablarni amalga oshirish kerak.
Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olib, ishda
aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga ega.
Diktantlar maqsadiga ko’ra ikki turga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: