Shahringiz haqida so`zlab bering.
9
Toshkent
Toshkent O`zbekistonimizning poytaxtidir. Toshkentda O`zbekiston
milliy bog`i barpo etilgan.
Bog`da Alisher Navoiyning katta, chiroyli haykali bor.
Bog`chada
Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog`chaga olib boradi. Bog`chada
uning o`rtoqlari ko`p. Ular bir-birlari bilan juda ahil. Tarbiyachi Sevara
Yunusova ularni maqtaydi.
Kanareyka
Kanareyka-sayroqi qush. U juda yoqimli sayraydi. Kishilar kanareykani
uzoq Kanar orollaridan keltirishgan.
Kanareyka bizda ovqat topib yeyishda qiynaladi. Shuning uchun kishilar
uni uyda boqadilar.
Gulbeor
Gulbeor-bir yillik manzarali o`simlik. Etli, pushti rang poyasi bor. Bargi
ham etli va sersuv. Sariq, och sariq, pushti, qizil rangda gullaydi.
Gulbeor urug`idan ko`payadi. Poyasi uzib olinib, nam tuproqqa tiqib
qo`yilsa ham ko`karadi.
Kapalak
Umida gulzor atrofida o`ynab yurgan edi. Yonidagi gulga kapalak
qo`ndi. Umida kapalakni tutmoqchi bo`ldi. Kapalak bu guldan uchib ketdi va
boshqa gulga qo`ndi. Umida sekin kapalakni tutib oldi. U kapalakning chiroyli
qanotlarini ohista siladi.
Topshiriq: Siz kapalaklarni ko`rganmisiz ?
Kapalaklar haqida she`r yodlab keling.