Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
Olma, choynak, pichoq, nok, behi, sanchqi, qoshiq, o`rik, lagan, uzum, kosa, anor, olxo`ri, qozon, gilos, tut
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
diktant 1-4
Olma, choynak, pichoq, nok, behi, sanchqi, qoshiq, o`rik, lagan, uzum, kosa, anor, olxo`ri, qozon, gilos, tut.
Kuz. Mana o’lkamizga oltin kuz fasli ham kirib keldi. Kuz fasli kirishi bilan o’quv yili ham boshlanadi.O’quvchilar maktabga yo’l oladilar. Kuz faslida havo salqinlashib boradi. Bobo-dehqonlarimiz mevalarni va poliz ekinlarni yig’ib-terib oladilar. Daraxtlarning barglari sarg’ayib , to’kila boshlaydi.Terimchilar oppoq paxtalarni yig’ib terib oladilar.
Hashar. Bahor kelishi bilan o`lkamizda obodonlashtirish ishlari boshlandi. Ko`cha-ko`ylar tozalanadi, ariqlar qaziladi. Daraxt ko`chatlari ekiladi. Bu ishlarlarda ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, o`quvchilar faol qatnashdilar. Obodonchilik yo`lidagi bunday “Hashar”ni xalqimiz xayrli ish deb biladi. 12
Ovda Sentyabr oyi edi. Yo`lchivoy aka iti bilan ovga chiqdi. U o`rmonning serdaraxt joyida bekinib yotdi. Bir vaqt uning ustiga qandaydir o`g`irlik tushdi. U yirtqich hayvon-qoplon edi. It yugurib kelib, o`zini unga tashladi. Shunda qoplon Yo`lchivoy akani qo`yib, itda yopishdi. Yo`lchivoy aka qoplonga qaratib o`q uzdi. O`q tegmadi. Qoplon it bilan uzoq olishdi va holdan ketdi. Yo`lchivoy aka yana o`q uzdi. Qoplon o`ldi. Yo`lchivoy aka qoplonni sudrab, iti bilan ovdan qaytdi.
Qish fasli Qor qalin yog`ib, yer ustini qopladi. O`lkamizda qishlovchi qushlarga yashash qiyinlashdi. Mana qushlar chiriliashib don izlashyapti. Odamlardan najot istaydi.
Qushlarni asrab qolishning iloji topildi. Yosh tabiatsevarlar qushlar uchun donxo`rak o`rnatdilar. Qushlar endi qish qahridan qo`rqmaydilar.
Hayvonot bog`ida
Shanba kuni biz hayvonot bog`iga bordik. U yerda turli o`lkalardan keltirilgan jonivorlar qafasda yashar ekan.
Shuhrat va men timsohni, oq ayiqni, filni rosa kuzatdik. Maymunlarni uzoq vaqt tomosha qildik. Ayrim bolalarga ilonning harakati yoqibdi. Shu kuni biz jonivorlar haqida ko`p narsalarni bilib oldik.
Bo`ri Bo`ri ertaklarda tulkining yolg`onlariga ishonib ko`p pand yesa-da, aslida o`ta aqlli yirtqich. Shimol bo`rilari ancha yirik. Janubda yashaydiganlari kichikroq bo`ladi. Ular juda tez yuguradi. Uyasini topib bo`lmaydigan darajada ko`zdan berkitadi. Bo`rilar ko`pincha ikkita bo`lib ov qiladi. Biri pistirmada turadi. Ikkinchisi o`ljani quvlaydi. Bo`rining eshitish qobilyati o`ta kuchli.
13
O`zbekiston Vatanimiz keng va bepoyon. Unda yam-yashil vodiylar, baland tog’lar, daryo va ko’llar bor. Shahar va qishloqlari tobora obod bo’lib ko’rkamlashmoqda.
O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Toshkent singari butun dunyoga mashhur bo’lgan shaharlari bor. Bepoyon o’lkamizni sayr qilgan kishining gullab-yashnayotgan bog’lar, gulzorlarda bahri dili ochiladi.
Yurtimiz shaharlari haqida yozib keling .
Toshkent Toshkent-juda qadimiy shahar. Bu shahardan savdo karvonlari o`tgan. Shaharliklar savdogorlarni muhtasham saroylarda kutib olishgan. O`zaro savdo-sotiq rivojlangan. Bora-bora shahar savdo markaziga aylangan. Yildan- yilga shaharning shuhrati orta borgan. Hozir Toshkent sanoati, iqtisodiyoti va madanyati rivojlangan yirik va ko`rkam shaharlardan biri. Topshiriq: Yurtimiz shaharlari haqida yozib keling . Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling