Navoiy shahar 16-davlat ixtisoslashtirilgan o’rta ta’lim maktabi


Download 24.65 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi24.65 Kb.
#152805
Bog'liq
Texnologiya


Navoiy shahar 16-davlat ixtisoslashtirilgan o’rta ta’lim maktabi

estetik yo’nalishidagi texnalogiya fani o’qituvchilarining

2018-2019 o’quv yili uchun yillik

H i s o b o t i

Har chorak yakunida davlat ixtisoslashtirilgan orta ta’lim maktab o’quvchilari bilimlarini nazorat qilishning maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini xolisona baholash ularning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish va reytinggini aniqlashdan iboratdir.Davlatimiz rahrari tamonidan 2019-yil 29- aprel kuni ilgari surilgan 5 ta muhum tashabbusning 1- yo`nalishi bo`yicha 1-bosqich asosida to`garaklarni tashkil qildik.Texnalogiya fan o’qituvchilari 5 nafardan iborat bo`lib, sundan G’aniyeva Norgul ,,Ilodkor yigitlar’’, Rasulova Maysara ,,Mohir qo`llar’’ , Sharipova Gulshoda ,, Ilodrkor qizlar’’ Berdiyev Shuhrat ,,Durodgorlik’’ , Nurmatova Rohat ,,To`quvchi qizlar’’ to`garaklarini tashkil qilidik.

2018-2019 o’quv yilining I- yarim yilligida texnalogiya fanlari 5-, 6-, 7- 8-, 9- sinflarda darslar o’z vaqtida bo’lib o’tdi. Shundan yil davomida 5-,6-7-,8-,9-sinf qiz-o’g’illarga dars berib kelmoqdamiz.

Ma’lumki, bugungi kunda xalq hunarmandchiligi san’ati milliy qadriyatlarni, an’analarni izchil o’rganish, rivojlantirilgan va takomillashtirilgan holda boyitib borish, o’quvchilarning egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarga asoslanadi. Shu bois 8- 9- sinflarda I yarim yillikda xalq hunarmandchiligi va amaliy bezak san’ati turlariga oid mavzular berilgan.IIyarim yillikda kasbga yo`naltirish bo`yicha darslar to`liq o’tildi.

5-6-7 sinflarda qiz bolalarga o`quv yilining I choragida pаzаndаchilik аsоslаri, umumiy tushunchalar, asbоb-uskunаlаr, mоslаmаlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish, pаzаndаchilikdа ishlаtilаdigаn jihоzlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish, tаоmlаr tаyyorlаsh tехnоlоgiyasi. Bаliqqа birlаmchi ishlоv bеrishdа sаnitаriya-gigiyеnа tаlаblаri vа хаvfsizlik tехnikаsi qоidаlаri. Bаliqdаn tаоm tаyyorlаsh”, “Go`sht vа go`shtli mаhsulоtlаrning оzuqаviy qiymаti, аhаmiyati” kabi mavzularni o’zlashtirish rejada tasdiqlangan.

II chorakda tikuv mashinalarining tuzilishi,kamchiliklarini bartaraf qilish va ishlash qoidalarini o’rganishdir.Bundan tashqari maktabda bo`lib o’tgan barcha fan oyliklariga o’z hissamizni ko`rgazmalarimiz bilan qo`shib kelmoqdamiz. Bayramlarda va Navro`z bayramida o’zimizni yangicha chiqishlarimiz bilan ko`rgazmalarimizni namoyish qildik.


O’quvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagilarni bajarishimiz lozim deb bilamiz.

- har bir o’quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o’quv topshiriqlarini tayyorlash;

- ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan o’quv rejalari, dasturlari va darsliklardagi o’zgarishlarni o’rganib borish;

- ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot-komunikasiya texnologyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish;

- monitoring natijalarini tahlil qilish orqali ta’lim sifatini oshirish uchun amalga oshirilgan ish shakllari yuzasidan ko’rsatmalar va tavsiyalar qabul qilishdan iboratdir.


  • Davlatimiz rahbari tamonidan 2019-yil 29-aprel kuni ilgari surilgan 5 ta muhum tashabbusni 1- yo`nalishi bo`yicha muntazam to`garaklarni olib boramiz.

Navoiy shahar 16-davlat ixtisoslashtirilgan umum ta’lim maktabi

estetik yo’nalishidagi mehnat fani o’qituvchisi Nurmatova Rohatoyning

2019- o’quv yilining aprel oyida bo’lib o’tgan ,,Mahorat maktabi’’da

o’tkazilgan 1 soatlik ochiq dars ishlanmasining

H I S O B O T I.

2019- yilning aprel oyida maktabimizda ,,Mahorot maktabi’’,

,,Ochiq eshiklar kuni’’da 5-b sinf qizlariga ,,Milliy o’yinchoq (qo’g’irchoq) turlari, islatiladigan asbob va moslamalar, gazlama va ulaning turlari’’ mavzusida ochiq dars o’tdim.

Darsning maqsadi; Ta’limiy- Milliy o’yinchoq turlari, ishlatiladigan asbob va

moslamalar haqida umumiy ma’lumot berish.



Tarbiyaviy- Dars jarayonida milliy qo’g’irchoqning

ahamiyatini o’quvchilar ongiga singdirish.



Rivojlantiruvchi- O’quvchilarga qo’g’irchoq andozasini

tayyorlash va gazlama ustiga qo’yib bichishni o’rgatishdan

iborat edi.

Darsimiz savol - javob va qiziqarli o’yinlar bilan o’tdi. Bu darsda qizlarimiz o’ziga kerakli ma’lumotlarni oldi va milliylikka bo’lgan mehrni oshirdim hamda darsga qo’yilgan maqsadimga erishdim.



Darsimni MO’IBDO’B M.Gapparova va ko`pgina oqituvchilar tahlil qilishdi.
Download 24.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling