Navoiy shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi
matematika fani o’qituvchisi
Shukurova Nargiza Zayniddinovnaning
“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi”
ko’rik tanlovida
8 sinfida
“Vektorlarni qo’shish va ayirish”
mavzusida yozgan bir soatlik ochiq
dars ishlanmasi
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Sana: 20.04.18
Sinf: 8
Fan: Geometriya
Mavzu:
|
Vektorlarni qo’shish va ayirish
|
Maqsad va vazifalar
|
Ta’limiy: O’quvchilarga vektorlarni qo’shish va ayirish haqida yangi bilim va tushunchalar berish,n ular ustida mashqlar bajarib ko’nikmalar hosil qilish
Tarbiyaviy: O’quvchilarni ona vatanga, tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash va kitob o’qishga havas uyg’otish
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatish. Mavzuni fanlararo bog’lash.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalar berish
Dars shakli: musobaqa darsi,hamkorlikda ishlash.
Dars usuli: Yozma, og’zaki va guruhlarda ishlash.Aqliy huhum usllaridan foydalanib: “Tomchi”, “Kitob javoni”, “Kichik test”, va “Dam olish daqiqasi”
Dars jihozi: darslik,doska,bo’r, multemediya, tarqatma testlar, rangli va ko’rgazmali plokatlar.
Baholash: 5 balli tizim asosida, rag’bat kartochkalari
|
Kutiladigan natija
|
O’qituvchi: Qisqa vaqt davomida vektorlarni qo’shish va ayirish mavzusi yuzasidan yangi bilim, malaka va ko’nikma hosil qiladi. Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligini oshiradi, o’quvchilarda fanga nisbatan qiziqishini uyg’otadi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash, pedagogic mahoratini oshirish
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlar ustida mustaqil ishlashni o’rganadi, o’z fikrini ravon davom ettiradi, yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topishga harakat qiladi
|
Uyga vazifa:
|
o’qib o’rganish
|
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar
|
Mazmun
|
Vaqti
|
1.Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik muhitni yaratish va siyosiy axborotni tinglash
|
3
|
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob “Kitob javoni”, “Kichik test”o’yinlardan foydalanib mavzuni mustahkamlash, uyga vazifalarni tekshirish
|
12
|
3. Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni tushuntiriladi, o’quvchilarda yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma hosil qalinadi
|
15
|
4. Yangi mavzuni mustahkamlash
|
O’quvchlarning egallagan bilmini “Tomchi” va “Dam olish daqiqalari” o’yinlari orqali mustahkamlanadi
|
12
|
5.Darsni yakunlash, o’quvchilarni baholash
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarning yig’gan rag’bat kartochkalari orqali baholash
|
2
|
6. Uyga vazifa
|
Mavzu so’nggidagi savollarga javob topib kelish
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: (3 daqiqa)
Salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik muhitni yaratish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish va siyosiy axborotni tinglash.
Sirli raqamlar: 91 715 06 26
- aprel: Amir Temur tavallud topgan kun
1 - aprel: “Hazil va mutoyiba kuni”
7- aprel: “Butun jahon sog’lomlashtirish kuni”
15 -aprel: “Ilm fan kuni”
06- aprel: 2017 yil 6 aprelda DTS ning yangi taxriri
26- aprel: Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
Do'stlaringiz bilan baham: |