2. Tovar tarqatish kanallari va ularning vazifalari
Tovarni iste’molchilarga yetkazib berishda har-xil tovarlar uchun, ba’zan marketing kanali deb ataladigan tovar tarqatish kanallari tipini tanlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Tovar tarqatish kanallari deganda tovarlarni iste’molchilarning talabiga mos qilib tayyorlab berishda ishtirok etuvchi har xil tashkilotlar va ayrim olingan shaxslar tushuniladi. Tovar tarqatish kanallari quyidagi vazifalarni bajaradilar:
1. Muomalaning oson yechimini topish uchun zarur bo’ladigan axborotlarni yig’ish va qayta ishlash.
2. Tovar sotishni rag’batlantirish.
3. Potensial ahamiyatli tovar sotuvchilar bilan aloqalar o’rnatish.
4. Tovarlar assortimentini shakllantirish.
5. Muzokaralar olib borish. Vositachilar bilan tovarlarning bahosi va boshqa masalalar haqida kelishish.
6. Tovar harakatini oqilona tashkil etish.
7. Kanallarning faoliyati uchun zarur bo’ladigan moliyaviy resurslarni izlab
topish.
8. Kanalning faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’ladigan hamma javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.
Tovar tarqatish kanallari kanallar darajasi soni bilan xarakterlanadi. Kanal darajasi-tovarni iste’molchiga yetkazib berish jarayonida ishtirok etuvchi va tovarga egalik qiluvchi har qanday vositachilar soni bilan aniqlanadi. Eng oddiy kanal bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri marketing kanali hisoblanadi. Bunda tovar ishlab chiqaruvchidan vositachilar ishtirokisiz iste’molchiga sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |