Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


Marketingda reklama, savdo-sotiqni rag'batlantirish


Download 0.53 Mb.
bet40/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#254176
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Marketingda reklama, savdo-sotiqni rag'batlantirish
Reja:

1. Reklama tushunchasi va markrtingda reklamaning mohiyati

2. Reklama turlari va qo’llanilish usullari.

3. Reklama faoliyatini tashkil etish.

4. Reklama faoliyatini rejalashtirish.
1. Reklama tushunchasi va markrtingda reklamaning mohiyati

Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi.

Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak.

Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar.

Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.

Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:

– birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi, buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;

– ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;

– uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi.

Reklamaning bozordagi sotuvchi va xaridorlar hamda tovar va xizmatlarning keskin raqobatchilar bilan aloqasi quyidagi tushunchani shakllantiradi:

“Reklama – reklama beruvchi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning har xil matnlarini, u foydalangan tahlil yoki boshqa vositalardan qat’i nazar, shu jumladan, bosma, nashr qilish yo‘li bilan, efirga uzatish yo‘li bilan iste’molchilarni ommaviy o‘rganish, foydalanish yoki yetkazish maqsadida uchinchi shaxslarga nisbatan reklama beruvchi to‘g‘risida uning tovarlari, ularning xususiyat, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar to‘g‘risida, shu maqsadlarning reklama beruvchi uning

tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi, bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi».

Reklama talabga ega bo‘lmagan tovarlarni sotilishini tezlashtirish uchun ishlatilgan. Bozorning shakllanishida boshlangan yangi jarayon reklamadan foydalanish va rivojlanishida o‘ziga xos yangi yo‘llarini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘tishining dastlabki bosqichlarida reklama aholini import tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini, jumladan, elektron hisoblash va orgtexnikalar, bank, birja, sug‘urta kompaniyalari xizmatlari, mamlakatda va uning tashqarisida biznes maktablarida o‘qitish, biznes bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar to‘g‘risida barcha ommaviy axborot vositalarida aholiga ma’lumotlarni yetkazishdan iborat edi.

Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan reklamaning iqtisodiy roli ham ortib boradi. Reklama tufayli xaridor tanlashda qaysidir tovarga xohishini bildiradi, shu bilan u oldi-sotdi jarayoni, moliyaviy mablag‘larni aylanishini tezlashtiradi. To‘g‘ri tashkil qilingan reklama axborot faoliyati bozor sharoitlarida nafaqat butun iqtisodiy tizimga balki tarmoq, korxona ayrim iste’molchiga ham ta’sir qiladi. Bunda reklamaning ta’siri ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjudligi tabiiy holdir.

Reklama faoliyatini tashkil qilish tadbirkorlik faoliyatida talabni ko‘paytirishga, ushlab turishga yoki barqarorlashtirishga yordam beradi. Hayot darajasini ko‘tarish uchun rag‘batlantiradi.

Reklama faoliyatining asosiy vazifasi bu tovarlar va xizmatlarni kerakli joyda va kerakli vaqtda, kerakli iste’molchiga yetkazib berishdan iboratdir. U faqatgina tovar va xizmatlarni iste’molchiga yetkazib berish vositasi bo‘lishi kerak. Reklama amaliyotida shuni esda tutish lozim: reklama muvaffaqiyat qozonishi uchun u to‘g‘ri, haqiqatga mos bo‘lishi, reklama qilinayotgan tovarning haqiqatdan ega bo‘lgan sifatlarini ko‘rsatishi kerak. Noinsof reklama balki shovqin ko‘tarishi mumkin va ma’lum muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatdek vaqtinchalik ko‘rinishi mumkin, aslida esa tadbirkorning bozordan chiqib ketishini tezlashtiradi.

Reklama faoliyati ushbu sohaning asoslarini chuqur bilishni talab qiladi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi milliy reklamalar ko‘pincha tajribali mutaxassislarni va xodimlarni ishtirokisiz tashkil qilinayotganligi sababli boshqa xorijiy reklamalardan keskin ajralib turadi. Ushbu fikrimizni isboti sifatida, gazeta, jurnal, radio, televideniyadagi reklama e’lonlari misol bo‘la oladi.

Chet elda reklama materiallarini barpo qilish asosida yotadigan asosiy tamoyillar quyidagicha:

– har qanday reklama toza, to‘g‘ri va haqiqiy bo‘lishi kerak;

– har qanday reklama jamiyat oldida javobgarlik hissi bilan tashkil qilinishi va sof raqobat tamoyillariga javob berishi kerak;

– hech qaysi reklama reklamaga bo‘lgan iste’molchilar ishonchiga putur yetkazishi mumkin emas.

Bizning mamlakatimizda ham tovar va xizmatlarning reklama qilishda ushbu asosiy tamoyillarni qo‘llash o‘rinlidir.

Reklamani yorituvchilar shuni esda tutishlari kerakki, “Reklama o‘zo‘- o’zidan tovarlarni past sifatini kompensatsiya qila olmaydi. Bundan tashqari bunday reklama sifatsiz tovarlarga bo‘lgan salbiy qarashni kuchaytirishi mumkin, chunki ko‘pchilik xaridorlar reklama ta’sirida uni sotib oladilar va yomon taassurot aholi o‘rtasida tarqalishi mumkin”.

Ana shunday holatda reklama ta’sirida ushbu mahsulotga nisbatan va reklamaga nisbatan iste’molchilarda salbiy tasavvur hosil bo‘ladi, bunday holat tadbirkor uchun yaxshi natijalarni olib kelmaydi. Mahsulotni ishlab chiqarishdan uni realizatsiyasigacha bo‘lgan hamma bosqichlar reklama ta’sirining faol dasturi sifatida mujassamlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. Xorijiy marketologlarning fikricha, bozorda talabni shakllantiruvchi va rag‘batlantiruvchi tadbirlar tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

1. Reklama.

2. Rag‘batlantirish vositalari.

3. Targ‘ibot-tashviqot.

Reklama muhim elementlaridan biri bo‘lib, sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

“Reklama – moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash manbasi aniq ko‘rsatish bilan pullik axborot tarqatish vositalari vositachiligi orqali amalga oshiriladigan kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini namoyon qiladi”.

“Reklama – bu tovar yoki tadbirkor faoliyati tovarining iste’mol xususiyatlarini

tijorat tashviqoti, tadbirkorning bo‘lajak xaridorlarni xaridga faol tayyorlovchi faoliyati fazilatlari haqidagi axborotlarning ishontiruvchi vositasidir”.

Hozirgi sharoitda boshqa ko‘plab reklama ta’riflari ham mavjud. Ularning barchasi bo‘lajak iste’molchilarning shakllanishini ta’minlovchi, tadbirkor va tovar haqidagi axborotlar kabi elementlar bilan birlashtirilgandir.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling