Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ayriboshlash


Download 0.53 Mb.
bet46/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#254176
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj.

Ayriboshlash bu marketingning, ilmiy fan va tadbirkorlik faoliyati sifatidagi, asosiy tushunchasidir. Insonlar o’z zaruriyat va talablarini ayirboshlash vositasida qondirishga qaror qilgandagina, marketing mavjud bo’ladi.

Bitim – bu marketing sohasidagi asosiy o’lchov birligi, ikki tomon o’rtasidagi boyliklarning tijorat maqsadida ayriboshlanishidir. Bu bir nechta shartlar bajarilishini talab qiladi: ikkita qiymatga ega ob’yektlarning mavjudligi; bitimning kelishilgan shartlari, uni amalga oshirish vaqti va joyi va h.

Bozor – bu: 1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi; 2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar, ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi.

Bozor tuzilmasi juda ham turli xil bo’lib, ularning turkumlanishi quyidagicha:

- sotilayotgan tovar turi bo’yicha;

-hududlarni egallash miqyosi bo’yicha;

- raqobat darajasi bo’yicha;

-qonuniylik darajasi bo’yicha.

Marketing amaliyoti rivojlanishining uchta bosqichini ajratish mumkin:

1.Anterprener (tadbirkorlik) marketingi. Kompaniyalarning ko’pchiligiga, istiqbolda paydo bo’layotgan imkoniyatlarni ko’rib va potenstial iste’molchilar e’tiborini qozonib, deyarli “xar bir eshikni qoqadigan”, insonlar tomonidan asos solingan.

2.Doktrinal marketing. Muvaffaqiyatli rivojlanish natijasida har bir kichik kompaniya doktrinal, ya’ni qandaydir «universal» shakldagi marketigni qo’llaydi.

3.Interprener marketing. Ko’pgina yirik kompaniyalar so’nggi reytinglar, bozor tadqiqotlari to’g’risidagi hisobotlarni sinchiklab o’rganib va diler bilan munosabati hamda reklama siyosatini batafsil o’ylab chiqqan holda, doktrinal marketing darajasida qolib ketaveradilar. Ularda o’z ishiga bo’lgan ijobiy yondashuv sezilmaydi. Bunday kompaniyalarning tovar va savdo markalari bo’yicha menejerlari, o’z iste’molchilarini saqlab qolish uchun, ularning hayoti bilan yashashni o’rganishi va iste’molchilarni qiziqtirishni yangi usullarini o’ylab topishlari lozim bo’ladi.



  1. Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling