Navoiy viloyati karmana tumanida joylashgan Navoiy innovatsiyalar instituti 1-kurs( kunduzgi) iqtisodiyot (1) bosqich talabasi fanidan tayyorlagan slaydi
Download 104.17 Kb.
|
4 (2)
Navoiy viloyati karmana tumanida joylashgan Navoiy innovatsiyalar instituti 1-kurs( kunduzgi) iqtisodiyot (1) bosqich talabasi ________________________ _______________fanidan tayyorlagan slaydiQADIMGI DUNYONING IQTISODIY G‘OYALARI REJA: 1.Yunon faylasuflari: Gomer, Ksenofont, Suqrot. 2.Aristotelning iqtisodiy qoidalari 3.Aristotelning xususiy mulk tо‘g‘risidagi g‘oyalariYuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gresiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatasiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g'oyalar Gomerning «Iliada» va «Odisseya» poemalarida aks ettirilgan bo'lib, iqtisodiyotning natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad (m.a.8-7 asrlar) ning «Mehnat va qonunlar» asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug'laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm surgan «oltin asr», ijtimoiy jabr va og'ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo'lmagan davrni ham yoritgan.Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo'lgach, qulchilik keng tus oladi, urug'chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo'rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo'jaligining afzalligini ko'rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o'sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatasiya qilish, savdo va pul xo'jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qulchilik o'z tabiatiga ko'ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g'oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo'jalikni yoqlash yo'lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo'la boradi. Bu yo'nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo'ldi.Download 104.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling