Navoiy viloyati karmana tumanida joylashgan Navoiy innovatsiyalar instituti 1-kurs( kunduzgi) iqtisodiyot (1) bosqich talabasi fanidan tayyorlagan slaydi
Download 104.17 Kb.
|
4 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grakxlarning
Bu davrda natural xo'jalik bilan birga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozorni qo'llagan Katon shu bilan birga yollanma mehnatga dushman bo'lgan. U qul mehnatini to'g'ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho'kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan. Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo'layotganligini ko'rgan Katon yaylov xo'jaligini, keyinchalik savdo va sudxo'rlikni qo'llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to'la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo'shgan (xato fikr). «Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak», deydi u. Dehqonlar qo'lidagi erlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari ersizlandi. Bu holat yirik er egalari - patrisiylar va dehqon-plebeylar o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo'ldi. Ular ersiz yoki kam erli dehqonlarning yirik er egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik er egalarini cheklash yo'li bilan hal etmoqchi bo'ldilar. Er egalarining qo'lidagi erning bir qismini kesib va davlat fondidagi erdan foydalanib kam erli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko'zda tutilgan, eng muhimi bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo'lishi kerak edi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo'yicha, davlat eridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har o'g'li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha er olish taqiqlangan. Undan ortiq erlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo'linib, kambag'al fuqarolarga berilgan, lekin bu erni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik er egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab o'ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o'zgarishlarni amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro er uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat erlarini sotishga yo'l berildi, erlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da Gay ham jangda halok bo'lgan).Download 104.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling