Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutoalasini targ’ib qilish maqsadida maktab kutubxonachisi S


Download 31.4 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi31.4 Kb.
#1063448
Bog'liq
targibotchi bayonnoma


O’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutoalasini targ’ib qilish bo’yicha amalga oshirilgan targ’ibot ishlari
Bayonnomasi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutoalasini targ’ib qilish maqsadida maktab kutubxonachisi S.Teshayeva va ijodiy- madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi Z.Ibodova tomonidan “Kitob mening do’stimsan “ nomli davra suhbati tashkil etildi . Suhbat davomida kitobning inson hayotida tutgan o’rni , uning ahamiyati haqida ma’lumot berildi . Shundan so’ng o’quvchilarga o’zbek adabiyotining nodir durdonasi sanalgan O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi “, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar “, “Mehrobdan chayon”, Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni mininb “, “Sariq devning o’limi” , “Shirin qovunlar mamlakati “ , Said Ahmadning “ Ufq” , Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni “, Odil Yoqubovning “Adolat manzili”, “ Oq qushlar ,oppoq qushlar “ , “ Ulug’bwek xazinasi” kabi asarlarini o’qish tavsiyasi berildi va shu kitoblarning taqdimoti o’tkazildi . Kitobxonlarni yuqoridagi kitoblarni o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida asarlarning kulminatsion nuqtalari aytib berildi.
Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi : Z.Ibodova.
Navoiy viloyati Ma’naviyat va Ma’rifat kengashining 2022-yilda ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo’yicha “ Yo’l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida ma’naviy ko’makka muhtoj yoshlarni jalb qilgan holda “ Biz birlashsak katta kuchmiz! “ shiori ostida o’tkazilgan davra suhbati
Bayonnomasi
Navoiy viloyati Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16- umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab psixologi G.Ahmedova , ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi Z.Ibodova hamda maktab o’quvchilari ishtirokida Navoiy viloyati Ma’naviyat va Ma’rifat kengashining 2022-yilda ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo’yicha “ Yo’l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida ma’naviy ko’makka muhtoj yoshlarni jalb qilgan holda “ Biz birlashsak katta kuchmiz! “ shiori ostida davra suhbati o’kazildi . Suhbat davomida o’zbek xalqining azal-azaldan bag’rikeng, oliyjanob , birlashgan xalq ekanligi ,bu tuyg’ular bizga bobomeros ekanligi aytib o’tildi. Birlashib hamjihatlikda qilingan har qanday ish albatta o’z maqsadiga erishishi haqida fikr bildirildi . Birlashish , ahillikda ish olib borish haqida aytilgan o’zbek xalq maqollari o’quvchilar tomonidan aytildi.Maktab psixologi tomonidan psixologik mashg’ulotlar o’tkazildi . “ Sholg’om” ertagi o’quvchilarga misol tariqasida aytib berildi.

Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi : Z.Ibodova



15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar
BAYONNOMASI
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16- umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab psixologi G.Ahmedova , MMIBDO’ D.Amonova , ijodiy –madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi Z.Ibodova , maktab o’qituvchilari , maktab o’quvchilari , qishloq ayollari ,mahalla vakili ishtirokida davra suhbati va adabiy tadbir tashkil etildi . Tadbirni MMIBDO’ D.Amonova qishloq ayollarini tabriklash bilan boshlab berdi. Qishloq ayollarining fidokorona va zahmatkash mehnatlari yurtboshimiz tomonidan yuksak baholanishi , ularning har bir qilayotgan ishini, amalga oshirayotgan xizmatlarini barchamiz qadrlashimiz joizligini aytib , tadbirga tashrif buyurgan arabxona mahallasining faxriy mehnatkash ayollari bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. SHundan so’ng ijodiy –madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi va sinf rahbarlar hamkorligida tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi. O’quvchilar tomonidan namoyish etilgan kuy va qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga manzur bo’ldi. Tadbir davomida tuman XTBdan tavsiya etilgan video rolik tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi .Arabxona mahallasida ko’p yillar davomida istiqomat qilib kelayotgan fan sohasida ,tibbiyot sohasida jonbozlik ko’rsatgan ayollarimizning yoshlarga aytmoqchi bo’lgan fikrlari tinglandi.Tadbir yakunida tabirga taklif etilgan mehmonlar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha maktab targ’ibotchisi : Z.Ibodova.
Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling