«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»


O'rta bosimli azot kompressorini ishga tushirish pos. C611004AB


Download 242.44 Kb.
bet43/55
Sana22.12.2022
Hajmi242.44 Kb.
#1043685
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
915 sex reglamenti

12.7.1.17 O'rta bosimli azot kompressorini ishga tushirish pos. C611004AB.
1 Sovutish suvi tizimini tayyorlash.
1) Ta'minot kollektori va tarmoqlaridagi klapanlarni oching va sovutish tizimini suv bilan to'ldiring. Berilgan ketma-ketlikda, qaytish liniyalardagi klapanlarni va qaytish kallektoridagi klapanlarni oching. Qaytish quvurlarida tekshirish oynalari yordamida suv o'tkazuvchanligini tekshiring.
2) Sovutish suvi kirishining bosimi va haroratini tekshiring, qiymatlari belgilangan talablarga javob berishi kerak.
2 Moy aylanish tizimini ishga tushiring.
1) Moy idishini, moy sovutgichni, filtrni va quvurlar tiziminio'liq yuvilganligini tekshiring va moyni korpus idishiga quying.
2) Moy nasosining aylanish yo'nalishini, aylanishning to'g'ri harakatini tekshiring, moy nasosining kirish va chiqishidagi klapanlarni, monometr o'chirish klapanini, to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi nazorat klapanlarini oching.
3) Moy nasosini ishga tushiring va moy tizimidagi bosimni belgilangan qiymatga bosqichma-bosqich oshirish uchun nazorat bosimi klapanini sozlang.
4) Moy nasosining chiqishida normal bosimga erishgandan so'ng, kamida 2 soat davomida ishlab turishini ta’minlang. Qizdirish jarayonida moy tizimining tozaligini, ulanishlarning mahkamligini, moy filtrlarining ish rejimini, moyning normal bosimi va haroratini tekshiring, shu bilan birgalikda moy bosimiga qarab signalizatsiya va blokirovkalash moslamasini tekshiring va sozlang.

3 Kompressorni ishga tushirish


1) Kompressor gaz quvurlari tizimlarini, moylash quvurlari tizimlarini, sovutish suvi tizimlarini tekshiring.
2) Kompressor tagligining moy idishidagi sathini, hamda idishdagi moy sathni tekshiring.
3) Kirish kollektorining kirish va chiqish klapanlari va saqlovchi klapanlarini oching, sovutish suvi bilan ta'minlang va sovutish suvi bosimini va sovutish suvi oqimini tekshiring.
4) Moy aylanish tizimini va moylash moslamasini ishga tushiring.
5) Kompressorni 2 ÷ 5 burilish bilan aylantiring, harakatlanuvchi qismning elementlari normal ekanligiga, begona tovushlar yo'qligiga ishonch hosil qiling, aylanish mexanizmini uzing. Kompressorni ishga tushirishdan oldin, kompressorning turli bosqichlarining porshenlari "o'lik" nuqtada bo'lmasligi kerak.
6) Kirish/chiqish klapanini va namlik hosil bo‘lishidan shamollatish klapanini oching, quvur liniyasining birinchi bosqichidagi klapanini oching.
7) Kompressorni 30 daqiqa salt holatda ishlating. G'ayritabiiy shovqin yoki tebranish, moy bosimi va harorati, asosiy ilgizli kladish harorati, stator harorati va dvigatel elektr tokiniva podshipnik haroratini tekshiring.
8) Namlik hosil bo‘lishidan shamollatish klapanini bosqichma-bosqich yoping, chiqish bosimi ko‘tarilishi belgilangan qiymatga bosqichma-bosqich oshirish uchun oxirgi bosqich liniyasidagi klapanni asta-sekin sozlang.



Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling