Navoiyning ishqiy dostonlari ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun")


Download 254.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi254.44 Kb.
#1530387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI

Erur Haq amrig‘a ma’mur bo‘lmoq, 
Bu ishdan o‘zgadin ma’zur bo‘lmoq. 
 
“Haq amrig’a ma’mur” bo’lib, qolgan ishlardan o’zini tiyishdan maqsad esa: 
 
 
Chu mahbubi haqiqiy uldurur ul, 
Aning vasli sori qat’ aylamak yo‘l. 
Biroq bu tasavvur qilib bo’lmaydigan darajadagi yuksak martaba. Unga 
yetishish yo’li har biri ming yilga teng bolgan ikki qadamdan iborat: 
Biri o‘zlukni qilmoq bo‘ldi foniy, 
Yana bir dog‘i topmoq bo‘ldi oni. 
O’zlikdan qutulish yo’llaridan biri (“chorasoz”) majoziy ishqdir.
N.Komilov yozganlaridek: “…Ishqi majoziy “mazhar”siz sodir bo’lmaydi. 
“Mazhar” – ilohiy jamol siymosida aks etgan kishi… Layli Majnun uchun, tarso 
qizi Shayx San’on uchun… “mazhar” edi. Farhodning majoziy ishqi uchun 
“mazhar” Shirindir. [3. 210-bet]. Olimning tadqiqotlarida Farhodning oinada 
Shirinni ko’rgunga qadar bo’lgan sarguzashtlari aslida solikning tariqat 
bosqichlaridan o’tish jarayonining badiiy ifodasi sifatida talqin etiladi. 
Oinada shirinni ko’rgandan keyingi sarguzashtlar esa Suqrot aytgan birinchi 
qadam “o’zlikni foni etmoq”ning badiiy ifodasidan iborat. 
IV. “Layli va Majnun dostonida Majnun “munojotnomasi”. 
Adabiyotshunoslik va tasavvufga oid ilmiy manbalarda “Farhod va Shirin” 
hamda “Layli va Majnun” dostonlari, aniqrog’i, Farhod va Majnun timsollarini 


tasavvufiy tushunchalar asosida farqlash hodisasi kuzatiladi. Chunonchi, Farhod 
soliki majzub, Majnun esa majzubi solik sifatida talqin qilinadi. Bunda Farhodga 
nisbatan Majnunda jazba holati – tug’ma oshiqlik holati kuchliroq ekanligi asos 
qilib olinadi. Majnunning Farhoddan farqli jihatlarini namoyon qiluvchi asosiy 
epizodlardan biri dostonning XX bobida berilgan Majnunning Ka’ba oldidagi 
“munojot”idir. Bobning umumiy hajmi 94 baytdan iborat.
Qaysning ota-onasi o’g’lini bu ovoralikdan qutqarish choralarini izlashadi: 
O‘lturdilar ikki zori behad, 
Ko‘p fikr etib ettilar yana rad. 
Ko‘p so‘z yuzin ul ochib bu yopti
Oxir munga so‘z qaror topti. [__. 96] 
Haj mavsumi bo’lganligi uchun Qaysni Ka’baga olib boorish, bu ishq 
“balo”sidan ozod qilishni Allohning o’zidan so’rashga qaror qilishadi. 
Biroq Ka’baga yaqinlashgach uning salobati Qaysga favqulodda ta’sir 
ko’rsatadi: 
Majnunga ko‘rungach ul salobat, 
Ko‘ngli sari yuzlanib mahobat. 
Ishq etti dimog‘ini mushavvash, 
Ko‘ngli aro shavq yoqti otash. [__. 97] 
Bu ziyoratdan natija tamoman teskari bo’lib chiqadi.
Jami 43 baytdan iborat bo’lgan Qaysning Allohs(s.t.)ga munojoti dostonning 
“eng ta’sirchan o’rinlaridan biri” (“Navoiyshunoslik”), “oliy nuqtasi” 
(A.Qayumov) sifatida baholanadi. Darhaqiqat, “munojot”ni oddiy ohangda, oddiy 
ruhiy holatda o’qishning iloji yo’q. 
Majnun munojotini shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin: 
1. “Ayo”, “ey” so’zlari bilan boshlanadigan murojaat, undalma baytlar
(1-8-baytlar). 
2. Qaysning ruhiy holati, hasbu holini ifodalaydigan baytlar (9-14-baytlar). 
3. Qaysning muddaosini ifodalaydigan baytlar (15-43-baytlar). 
Munojot matni badiiy jihatdan barkamol. Unda tasbeh, tanosub, tazod, 
takrir, ruju’, tarse’, tajohuli orifona, kitobat, nido, laff va nashr, tadrij kabi ko’plab 
badiiy san’atlarning mukammal namunalari mavjud. Biroq munojot matnini tahlil 
qilgandan ko’ra uni his qilish, lirik qahramon vujudidagi tug’yon junbushini 
qisman bo’lsa-da tuyish muhimroqdir. 
Qays munojotini tugatgach barcha yig’ilganlar beixtiyor “omin”ga qo’l 
ko’tarishdi: 
Ul qoyilu yuz asiri g‘amgin, 
Borining o‘lub hadisi «omin». 
Bexud qolibon faqir atosi, 
Hayron bori xeshu aqrabosi. 
Bu navhavu ashk nolishidin, 
Bori yudilar ilik ishidin. 

Download 254.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling