Navoiyning ishqiy dostonlari ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun")
V. “Layli va Majnun” dostonda “Ishq ta'rifi” bobi
Download 254.44 Kb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsud
V. “Layli va Majnun” dostonda “Ishq ta'rifi” bobi.
“Layli va Majnun” dostoni arxitektonikasining o’ziga xos muhim unsurlaridan yana biri sujet xotimasidan keyin kelgan “Ishq ta’rifida”gi 36-bobdir. Bob quyudagi bayt bilan boshlanadi: Ey ishq ajib kimyosen, Bal oinai jahonnamosen. Mazkur tezis, ya’ni ishqning kimyoligi (misni yoxud tuproqni oltinga aylantiruvchi) va jahonnamoligi (borliq, uning siru-sinoatlarini namoyon qiluvchi) bob davomida mantiqiy va badiiy detallar, izohlar bilan asoslanadi: Garchi sitamu jafo qilursen Tufrog’ni kimiyo qilursen... Xurshedi jahonkushoy sen-sen, Mir’oti jahonnamoy sen-sen. Mazkur bob ba’zi xususiyatlariga ko’ra “Farhod va Shirin” dostonidagi II bobni hamda Suqrotning nasihatlarini eslatadi. Bu bobda ham Alisher Navoiy (Suqrot nasihatlarida bo’lgani kabi) ishqning ikki martabasini, ya’ni “majoziy ishq” va “haqiqiy ishq”ni ta’riflaydi: Garchi iki nav’ o’tti rozi, Avvalg’ini anglag’il majozi... Kim, ishq aro firoq ila dard, O’zlukdin etar tamom ani fard. Bil so’ngragi ishqni haqiqiy, Kim, davlat erur aning rafiqi... Mazhardin ko’rmayin nishoni, Mazharda o’zini topsa foni. Maqsud budur, hayotdin bu, Bal xilqati koinotdin bu. Ushbu parchadagi so’nggi bytni Suqrot nasihatlarining boshi (Anga mavjudluqdin borcha maqsud, Erur haq amrig’a ma’mur bo’lmoq, bu ishdin o’zgadin ma’zur bo’lmoq) bilan qiyoslab ko’ring. Mazkur ikki bob bir butunlikni yuzaga keltirayotganligini sezish mumkin. Bobning so’nggi qismi Navoiyning “munojot”i bo’lib, mazmunan Majnunning Ka’ba oldidagi munojotiga hamohang: Majnunning munojoti: Ko‘nglum g‘am ila to‘q ayla, yo Rab! Ishq ichra meni yo‘q ayla, yo Rab! Navoiyning munojoti: Ul dona bila to’q ayla oni, Bu shu’la aro yo’q ayla oni. Xulosa qilib aytish mumkinki, “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari tarkibidagi yuqorida tilga olingan to’rtta bob bir-birining mantiqiy davomi kabi taassurot uyg’otadi. Balki mazkur ikki doston Suqrot tilga olgan “Ikki qadam”ning badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan bo’lishi ham mumkin. Biroq bu tezisni isbotlash uchun ikkala dostonni yanada jiddiyroq tarzda qiyosan o’rganish lozim bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling