№ 96 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.
Ushbu baytning birinchi misrasi haqida aytilgan to’g’ri fikrni toping:
Qayda ado aylagasen bu sipos,
Kim seni deb xayri bashar, xayri nos.
|
Misrada tojohuli orifona san’ati qo’llangan.
|
Misrada “iqtibos” san’ati qo’llangan bo’lib, Payg’ambar (a.s) hadislariga ishora bor.
|
Misra aruzning hazaj bahrida yozilgan.
|
Misrada tazod san’ati qo’llangan.
|
№ 97 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3.
Ushbu baytning manbai va o’rnini belgilang:
“Bo”si ibodin urur avval salo,
“Yo”ki degaylo ne bo’lur juz balo?
|
“Hayrat ul-abror”dagi “basmala” bobidan olingan bayt.
|
“Hayrat ul-abror”dagi “basmala” bobining ilk bayti.
|
“Hayrat ul-abror”ning ilk bayti.
|
“Xazoyin ul-ma’oniy” da keltirilgan Navoiyning fardi.
|
№ 98 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3.
Ushbu baytda qanday xato borligini aniqlang:
“Bo”si ibodin urur avval salo,
“Yo”ki degaylo ne bo’lur juz balo?
|
Baytda ortiqcha tinish belgisi bor.
|
Baytda ortiqcha so’z bor.
|
Baytning vazni buzilgan.
|
Baytda bir so’z tushib qolgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |