To’rt unsur qaydidin to chiqmag’aysen, naf’ emas
Osmoniy to’rt daftarni tutaykim yod bil –
Ushbu baytdagi “to’rt unsur” va “to’rt daftar” so’zlarining ma’nolari to’g’ri izohlangan javobni toping:
To’rt unsur: shimol, janub, sharq, g’arb, To’rt daftar: shoirning to’rt devoni;
To’rt unsur: oltin, kumush, mis, qalay, To’rt daftar: Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on;
To’rt unsur: tuproq, olov, suv, shamol, To’rt daftar: Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on;
To’rt unsur: tuproq, olov, suv, shamol, To’rt daftar: shoirning to’rt devoni.
№ 150 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018.Qiyinlik darajasi – 3.
Ko’ngul mir’oti ichra jilvagardur yoru sen g’ofil,
Toriqma hajridin ko’pkim, emassen yordin ayru –
Mazkur baytdagi “mir’ot” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
Kokil;
Ko’zgu;
Sham;
Parvona.
№ 151 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning Samarqanddagi hayoti va ijodini brinchi marta o’rgangan o’zbek olimi kim
V.Abdullaev
B.Valixo’jaev
H.Sulaymonov
P.Shamsiev
№ 152 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning “Xazoyin ul maoniy” devoninig ilmiy tanqidiy matnini kim tayyorlagan?
H.Sulaymonov
P.Shamsiev
V.Abdullaev
Yu.Ne’matov
№ 153 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018.Qiyinlik darajasi – 3.
“Xazoyin ul maoniy” kulliyoti Navoiy mukammal asarlar to’plami 20 jildligining nechanchi jildlaridan o’rin olgan?
1, 4
4, 8
8, 12
3, 6
№ 154 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
Faqr ahlig’a podsho muhtoj
O’ylakim podshog’a gado muhtoj
Mazkur baytda qanday san’at qo’llangan?
ishtiqoq
mubolag’a
tazod
istiora
№ 155 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyo, nedin g’amza tig’ tortibdur
Gar istamaski ko’ngul saylin aylagay mazbuh
Mazkur baytdagi “mazbuh” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
Kokil;
Ko’zgu;
kulgu
bo’g’izlash
№ 156 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiy “Xamsa”sining ilmiy tanqidiy matnini kim tayyorlagan?
H.Sulaymonov
P.Shamsiev
B.Valixo’jaev
S.G’anieva
№ 157 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
“Navoiy ijodida satira” asarining muallifi kim?
A.Abdug’afurov
A.Hayitmetov
B.Valixo’jaev
S.G’anieva
№ 158 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiy hayoti va faloiyatiga bag’ishlangan “Mumtoz siymolar” asarining muallifi kim?
A.Abdug’afurov
A.Hayitmetov
B.Valixo’jaev
S.G’anieva
№ Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
“Alisher Navoiy she’riyatida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg’unligi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi muallifi kim?
A.Abdug’afurov
A.Hayitmetov
B.Valixo’jaev
K.Mullaxo’jaeva
№ 160 Manba: Ma’ruzalar ro’yxati. Qiyinlik darajasi – 3.
“Navoiyning badiiy mahorati” asarining muallifi kim?
A.Abdug’afurov
A.Rustamov
B.Valixo’jaev
S.G’anieva
№ 161 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiy haqidagi birinchi qiyosiy asar “Navoiy va Attor” maqolasining muallifi kim?
E.Bertels
A.Hayitmetov
B.Valixo’jaev
S.G’anieva
№ 162 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning Sayid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubi aruzning qaysi bahrida?
ramal
rajaz
mutaqorib
sari’
№ 163 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning “G’aroyib us sig’ar” devoniga nechta ruboiy kiritilgan?
22 ta
133 ta
130 ta
140 ta
№ 164 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning “Nazm ul javohir” asari qaysi janrdagi she’rlardan iborat?
ruboiy
qit’a
masnaviy
tuyuq
№ 165 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning “Arba’in” asarida qanday janrdagi she’rlardan iborat?
ruboiy
qit’a
masnaviy
tuyuq
№ 165 Manba:D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.
Navoiyning “Nasrul laoliy” asarini she’riy sharhlab yozgan asari qaysi
“Fusuli arbaa”
Nazm ul javohir
Arbain
Devoni Foniy
№ 166 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.
Do'stlaringiz bilan baham: |