Navoiyshunoslik


Download 424.28 Kb.
Pdf просмотр
bet3/3
Sana18.03.2017
Hajmi424.28 Kb.
1   2   3

Sayyid  Hasan  arab  tili,  tilshunoslik,  ritorika,  fikh,  she'riyat,  tarix,  astornomiya, 

muzika  bo'yicha  o'z  davrining  eng  bilimdon  kishisi  bo'lgan.  Navoiy  so'zi  bilan 

aytganda:  "ko'prak  zamonning  tab'  va  fazl  ahliga  foyiq  va  sarafroz  bo'libdurlar".  U 

tabiatan  g'oyat  kamtar,  mansabparastlikni,  amaldorlikni  xush  ko'rmas,  shaxsiy 

manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo'lib xizmat qilishdan nafratlanar edi.  


 

19 


         Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham uni 

doim  ijod  qilishga  undar,  o'rni-o'rni  bilan  hamdardlik  va  sirdoshlik  qilar  edi.  U 

dunyoviy  she'riyatni  juda  ham  sevar,  ko'p  she'rlarni,  xususan  Navoiy  g'azallarini 

yoddan  o'qir,  ayniqsa  Hofiz  ijodiga  ishtiyoqi  baland  edi.  Navoiy  ana  shunday 

siymoga hurmat va ixlos bog'lagani tabiiy albatta. 

       "Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher"  risolasida  Navoiy  yuqorida  tilga  olinganlarni 

birma-bir  bayon  etadi.  U  Sayyid  Hasanning  Husayn  Boyqaro  taxtga  chiqqanidan 

boshlab  uning  xizmatida  bo'lganini,  lekin  shohning  iltifot  va  e'tiboriga  qaramay 

xizmatni tark etkanini xabar qiladi. 

         Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo'rttirib ko'rsatib o'tadi. U katta-

kichikka  barobar,  qo'lidan  kelganicha  birovga  yaxshilik  qilishga  intiluvchi, 

boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo'lgan: 

    

                  O'zidin elga dare -qatro oso,  



                           Vale eldan o'ziga qatra-daryo. 

 

Navoiy  Sayyid  Hasanning  nihoyatda  yumshoq  ko'ngilli  bo'lganini,  dardli 



so'zdan  g'oyat  g'amgin  tortib,  nazm  va  kuydan  g'oyat  ta'sirlana  bilishini  alohida 

ta'kidlab o'tadi. 

         Risolada Navoiy Sayyid Hasanni rind erdi, deb ta'riflaydi va buni uning yashash 

va  fikr  qilish  tarzi  orqali  dalillaydi.  Sayyid  Hasanning  rindligi  Navoiy  so'zlariga 

e'tibor  qilinsa,  Hofizning  rindligini  eslatadi.  Demak,  bu  o'rinda  Sayyid  Hasanning 

zamonadan  shikoyati,  davr  nosozliklariga,  saroydagi  bo'g'iq  muhitga  bo'lgan  nafrati 

g'oyat ahamiyatlidir. 

        Asarning  so'nggida  Sayyid  Hasan  Ardasher  vafotiga  bag'ishlangan  Navoiy 

marsiyasi keltiriladi. Unda Navoiy juda samimiy qilib o'z hayotining og'ir damlarida 

madadkor  bo'lgan,  mehribon,  dilkash  va  hamfikr  do'stidan  judolik  alamlari  haqida 

yozadi. 

 "Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher"  Navoiyning  mumuar  xarakterdagi  go'zal  asari 

bo'lib, katta samimiyat bilan yozilgan. Asr, shubhasiz, odamlarni bir-biriga oliyjanob 

munosabat va sof do'stlik ruhida tarbiya qilishda ham g'oyat ahamiyatlidir. 

          "Holoti  Pahlavon  Muhammad"ning  qahramoni  Pahlavon  Muhammad  ham  o'z 

davrining  qomusiy  bilimlarga  ega  bo'lgan  shaxslaridandir.  U  atronomiya  va 

matematikani,  adabiyot va  san'atni,  fiqh  va  falsafani, tabobatni  yaxshi  egallagan.  U, 

musiqa  nazariyasi,  bastokorlik  va  xonandalik  sohasida  ham  keng  shuhrat  qozongan 

edi. Nafis hissiyotli, quvnoq tabiatli, hazilmutoibaga moyil, odamoxun va ulfatshunos 

Pahlavon  Muhammad  o'sha  davrlarda  keng  tarqalgan  varzish  (sport)  turlaridan 

qushtigirlik (kurash) san'atining mohir namoyandasi ham edi. 

           Navoiy  Pahlavon  Muhammadning  ma'naviy  qiyofasini,  insoniy  tabiatini 

qalamga olar ekan, uning zakovati va fazilatlariga alohida urg'u beradi.  

          Navoiy 

Pahlavon 

Muhammadning 

mashhur 

kuylaridan-amallaridan 

"Choshorgoh", "Segosh" va "Panjgoh"larni eslatib o'tadi. 

 Pahlavon  Muhammad  badiy  ijod  sohasida  ham  yetuk  iqtidorga  ega  bo'lgan.  Uning 

ruboiy,  masnaviy,  qi'a,  ta'rix  va  muammolari  ham  mazmun,  ham  badiiy  jihatdan 

anchayin yetuk saviyada bitilgan. 



 

20 


          U, shunungdek, tib ilmi va nujum fanining bilimdonlaridan bo'lgan. 

 Navoiy  katta  husn-rag'bat  bilan  Pahlavon  Muhammadning  hazil  mutoyibaga  moyil 

ta'bi va tabiati haqida g'oyat maroqli lavhalar ham keltiradi. 

        Navoiy  ularning  xotirasini  abadiylashtirmoq  maqsadida  yuqoridagi  ikki  asarini 

yaratdi.  Ularda  ana  shu  ikki  siymoning,  agar  ta'bir  joiz  bo'lsa  ijtimoiy  biografiyasi 

yoritiladi. 

          Navoiyning  bu  ikkala  asari  zamonning  madaniy  hayotida  faol  ishtirok  etgan, 

ijobiy  rol  o'ynagan  real  shaxslarning  ijodiy  faoliyati  haqida  haqqoniy  ma'lumotlar 

asosida yozadi. 

 Bu  asarlarda  badiiy  nasrning  ilk  belgilovchi  elementlari  mavjud  bo'lib,  u  ayniqsa, 

Navoiyning portret yaratish mahoratida yaqqol ko'rinadi. Navoiy har bir siymo obrazi 

xarakterining  o'ziga  xosligini  ochib  berishga  muvaffaq  bo'ladi.  Ularga  bo'lgan 

muhabbat-ehtiromi  asarlarning  samimiy  ruhini  oshiradi,  Navoiyning  bu  asarlari 

insoniy do'stlik va hamjihatlik sha'niga bitilgan ajoyib madhiya hamdir. 

 "Hamsat ul-mutahayyirin" 1494 yilda yozilgan bflib, bir muqaddima, uch maqolat va 

bir xotimadan iborat. 

 Ma'lumki,  Abdurahmon  Jomiy  davrning  eng  obro'li  va  eng  bilimdon  siymolaridan 

biri. U ulkan olim sifatida adabiyot nazariyasi, falsafa va musiqiy ilmida qator ishlar 

ijod  qilgan,  buyuk  so'z  san'atkori  sifatida  ilg'or  fikrlarni,  insonparvarlik  g'oyalarini 

tarannum  etgan  edi.  Ayni  choqda  Jomiy  o'zigacha  butun  O'rta  va  Yaqin  Sharqda 

hukmron  bo'lgan,  badiiy  adabiyotda  yuksak  mahorat,  o'tkir  emotsional  ta'sir  kuchi 

bilan o'z ifodasini topgan mistika ta'sirida ham bo'lgan edi. 

 Binobarin, Navoiy Jomiy haqida maxsus asar yozishga kirishar ekan, uning ana shu 

ko'p  qirrali  ijodini  qamrab  olishga,  uni  izohlashga,  o'zi  bilan  bu  ulug'  san'atkor 

orasidagi  muloqat  va  suhbatlarning  eng  xarakterli  tomonlarini  ochib  berishi  lozim 

edi.  Navoiy  ana  shu  vazifalarni  bajarishga  muvaffaq  bo'ldi.  Yana  shuni  ta'kidlab 

o'tmoq lozimki, Navoiy bu asarda badiiy yuksaklik kompozitsion yetuklik va uslubiy 

ixchamlikka to'la erishgan. U bu asarda ham tilga olingan siyosiy, ijtimoiy va axloqiy 

masalalarga o'zining eng ilg'or gumanistik pozitsiyasidan yondashgan. 

 "Xamsat 

ul-mutahayyirin" 

muqaddimasida 

Jomiyning 

nasabi, 


tug'ilishi, 

tarbiyalanishi, bilim olishi, shoir va olim sifatida tanilishi hamda Navoiy uning bilan 

qachon  uchrashgani  haqidagi  ma'lumotlar  beriladi.  Shunisi  diqqatga  sazovorki, 

Navoiy  Jomiyning  she'riyatdagi  iste'dodini,  qudratini,  uning  belgilovchi  fazilati  deb 

biladi.  Uning  tasavvur  yo'lidagi  kamolati  va  shuhrati  xususida  so'zlar  ekan,  Navoiy 

tasavvur  nazariyasi  va  istilohlari  yuzasidan  mavjud  adabiyotlardan  farqli  o'laroq, 

Jomiy  bu  ilmga  oid  fikrlarni  o'z  asarlarida  ko'pchilikka  tushunarli  qilib,  sharh  va 

izohlar bilan bayon etganligini ta'kidlaydi. 

       Asarning birinchi maqolatini Navoiy o'zi bilan Jomiy oralarida bo'lib o'tgan qiziq 

va ittifoqiy (tasodifiy) voqealar bayoniga bag'ishlaydi. Bu fasl tarkibidagi 13 lavhada 

Jomiyning  ma'naviy  va  ijtimoiy  qiyofasini  ochib  beruvchi  turli  voqealar  va  shu 

voqealar  munosabati-la  u  bildirgan  mulohaza  va  maslahatlari,  uning  hazil-

mutoyibaga  moyilligini  ko'rsatuvchi  maroqli  naqllar  va  turli  adabiy  mavzularda 

o'tkazilgan  suhbatlar  beriladi.  Ayni  choqda,  Navoiyning  o'zi  ta'kidlangandek, 

Jomiyning unga bo'lgan alohida xususiyat va iltifotlari ma'lum bo'ladi. 

 Shuningdek,  bu  lavhalarning  asosiy  maqsadni  atrofli  ochib  berishga  xizmat  qilishi 



 

21 


bilan  bir  qatorda,  ularda  talay  madaniyat  ahllari-adib,  shoir,san'atchi  va  davlat 

arboblariga  hamda  oddiy  xalqning  xushta'b  namoyandalariga,  ilmiy  va  badiy 

asarlarga ma'lum munosabat bildirilib o'tiladi, baho berib ketiladi. 

 Navoiy  voqealarni,  uchrashuv  va  suhbatlarni  qatorasiga  emas,  balki  Jomiy  ijodiy 

yoki  ijtimoiy  biografiyasining  angiq  bir  qirrasini  ko'rsatib  beruvchi  eng 

xarakterlilarini qalamga oladi. 

 Masalan,  Jomiyning  hayotdan  ajralgan,  go'shanishin  ijodkor  bo'lmaganligidan  katta 

voqealar,  saroy  va  saroydagilar,  hayoti,  xulq-atvori  juda  yaqindan  qiziqtirgan  va 

mashg'ul etganligidan dalolat beruvchi hikoyatlardan birida bayon etilishicha, Navoiy 

sipohiylikdan,  ya'ni  davlat  xizmatidan  bezor  bo'lib,  mansabni  tark  qilmoqchi 

bo'lganida Jomiy buning sababini so'raydi. Navoiy shunday deb javob beradi: 

 -Inson jinsi suhbat va ixtilotidan malul bo'lib erdim, bu ishga  ul bois bo'ldi. 

 Jomiy  bunga  javoban  g'oyat  qisqa,  lekin  nihoyatda  o'tkir,  vaziyatga  juda  muvofiq 

tushadigan savol bilan murojaat qiladi: 

 -Inson qimni xayol qilib erding, bizga dag'i ko'rguz? 

 Bundan Navoiy o'zining qat'iy qarori Jomiyga "noxush kelmagan"ligini uqadi. 

 Navoiy  bilan  Jomiy  orasidagi  bu  suhbat  ustozning  haj  safaridan  endigina  qaytgan, 

shohning  esa  Balx  ustiga  yurish  qilib  turgan  vaqtida  sodir  bo'ladi.  Buning  ustiga 

yurish  qilib  turgan  vaqtida.  Buning  ustiga  Hirotga  kelgandan  keyin  Jomiyga  safar 

chog'ida turli shaharlar, jumladan Bog'doddagi chiqishlari uchun bid'atda ayblangani 

ovozasini  yetkazadilar.  Jomiy  nihoyatda  qakttiq  ranjiydi.  Hech  shubhasizki,  bunday 

vaziyatda Jomiyning Navoiyga yuqorida aytgan so'zlari g'oyat samimiy va tabiiy edi. 

 "Xamsatul-mutahayyirin"ning ikkinchi qismi- maqolati Jomiy va Navoiyning o'zaro 

yozishmalariga bag'ishlanadi. Bu yerda Jomiyning Navoiyga yo'llagan 15 nomasi va 

javob  xatlari  hamda  Navoiyning  ham  Jomiyga  yozgan  15  maktub  va  javoblari 

keltiriladi. 

 Bu ikki shaxs orasidagi yozishmalarni mazmunan uch turkumga ajratish mumkin. 

    1.Ikki dustning bir-biridan xabar topish maqsadidagi xatlari: 

    2.Badiiy ijod bilan aloqador yozishmalar: 

    3.Ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog'liq ruq'alar. 

 Jomiy  va  Navoiy  orasidagi  do'stlik,  shunungdek  siyosiy-ijtimoiiy  masalalarda  ham 

sirdosh,  hamfikr  va  maslahatdosh  bo'lishni  taqoza  qilgan.  Bir  necha  maktublar 

(uchinchi  turkum)da  Jomiyning  ham,  Navoiyning  ham  davr  uchun  dolzarb,  xalq 

manfaati  uchun  zarur  bo'lgan  masalalarga  munosabatlari  qalamga  olinadi.  Masalan, 

bir  maktubda  Jomiy  Navoiyning  podshohning  Qunduz  viloyatiga  qilmoqchi  bo'lgan 

yurishiga  yo'l  qo'ymaslikka  undaydi.  U  yozadi:  "Ulcha  imkoni  bor,  bu  yurishning 

man'ig'a  sa'y  qilg'aysen  va  ul  matlub  sur'at  bog'lamag'ay,  azimat  jazm  bo'lsa  yozib 

yuborgaysen".  Yana  bir  xatda  Jomiy  Navoiyga  davlat  ishlaridan  dilgir  bo'lmasligi 

lozimligini  hamisha  xalq  manfaati  yo'lida  qayg'urishdan  tolmasligi  kerakligini 

uqdiradi. 

       Bulardan  ko'rinadiki,  Jomiy  davlat  ishlari  boshida  Navoiydek  xalqparvar,  oqil 

arbobning  turishini  istar  edi.  U  Navoiy  siymosida  mehnat  ahli  farovonligi  va 

mamlakat  osoyishtaligi  yo'lida  uhdador  davlat  arbobini,  tolmas  muboriz 

donishmandni  ko'rar  edi  va  unga  maslahat,  o'gitlari  bilan  madadkor  bo'lishni  o'z 

burchi  deb  bilar  edi.  Ayni  choqda,  Jomiy  Navoiyning  oliyjanob  intilishlari,  ulkan 


 

22 


orzulari  ro'ybga  chiqmagan  yoki  benihoya  mushkil,  mashaqqatli  harakatlari 

ko'ngildagidek  natijalar  bermaganini,  bunday  hollarda  Navoiyning  nihoyatda  dilgir 

bo'lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga hamdard 

bo'lishdan,  unga  taskin  va  tasallilar  berishdan  charchamas  edi.  Ba'zida  esa  uning 

e'tiborini ijod ishlariga tortar edi. 

      Bu  nomalarning  g'oyaviy-badiiy  va  sotsial  tarixiy  ahamiyati  juda  kattadir.  Ular 

Sharq  insho  san'ati  tarixi  hamda  adabiyotshunoslikda  Navoiy  va  Jomiyning 

shaxsiyatini o'rganish uchun muhim manba'dir. 

      "Xamsat  ul-mutahayyirin"ning  uchinchi  qismida  Navoiy  va  Jomiyning  ijodiy 

faoliyatidagi  hamfikirliklari  bayon  etiladi,  ularning  bir-birlari  tavsiyalari  bilan 

yaratgan, bir-birlariga, bag'ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy shaxsiyati 

va  ijodi  haqidagi  mulohaza  va  baholari,  Navoiy  dostonlarida  ham  Jomiy  sha'niga 

bitilgan parchalar keltiriladi. 

       Ma'lum  bo'ladiki,  Jomiy  va  Navoiy  o'z  ijodiy  faoliyatlarida  o'zlari  yaratgan  har 

bir  asarni  bir-birlariga  ko'rsatib,  fikr  almashib,  bir-birining  tahriridan  o'tkazib 

turganlar.  Jomiy  Navoiy  "Xamsa"sini  yuksak  baholab,  uning  ona  tilida  yaratilishini 

esa  davr  adabiyotidagi  buyuk  bir  voqea  sifatida  talqin  qilgan.  Navoiyni  o'z  xalqi 

adabiyotining  asoschisi  ekanligini  birinchilardan  bo'lib  o'sha  zamondayoq  belgilab 

bergan. 

 Har  ikkala  buyuk  shoirlar  bir-birlarining  maslahat  va  tavsiyalari  bilan  o'z 

she'riyatlaridan devonlar tuzganlar va ularni nomlab chiqqanlar. 

      "Xamsat  ul-mutahayyirin"ning  so'nggi  bobi  -  "Xotima"da  Navoiyning  Jomiy 

huzurida  mutolaa  qilgan  asarlari  sanab  o'tiladi  va  Jomiyning  hayotida  yuzbergan  va 

g'ayri tabiiy tuyulgan voqealarni bayon etuvchi bir necha naqllar keltiriladi. 

    "Xotima"da  shuningdek,  Jomiy  vafotining  tafsilotlari,  davn  marosimi  juda  ta'sirli 

va  hayotiy  qilib  bayon  etiladi.  Barcha  adab  ahli  keng  xalq  ommasi  uchun  kata 

yo'qotish  bo'lgan  Jomiy  o'limi  Navoiy  uchun  shaksiz  og'ir  musibat  edi.  U  o'zining 

yurak-yuragidan chiqqan alamini har biri o'n baytdan iborat yetti bandli (140 misra) 

tarkibband  marsiyada  izhor  qiladi.  Sadriddin  Ayniy  ta'biri  bilan  aytganda,  marsiya 

adabiyotning eng jono'rtovchi namunasi bo'lgan bu asarda Jomiyning butun ilmiy va 

adabiy qudrati mujassamlangandir. 

     "Xamsat ul-mutahayyirin" Navoiyning ana shu marsiyasi bilan yakunlanadi. 

      "Xamsat ul-mutahayyirin" davrning talay jihatlarini, xalq, mamlakat hayotiga oid 

qator  masalalarini  yoritishda  qimmatli  ma'lumotlarga  boy  asardir.  Jomiyning  ijodiy 

va ijtimoiy biografiyasini Navoiy birinchi bo'lib ma'lum yaxlitlikda yaratib beradi. 

     Navoiyning  ilmiy-filologik  turkumdagi  asarlari  uning  adabiy  hayotidagi  faol 

ishtiroki,  uni  yo'naltirib  turgan  madaniyat  arbobi  sifatidagi  faoliyati  bilan  yaqindan 

bog'liq tarzda yuzaga kelgan deb aytish mumkin. 

      Alisher  Navoiyning  "Majolis  un-nafois"  asari  davrning  adabiy  hayoti,  uning 

intensivligi,  adabiyotdagi  yetuk  va  yosh  ijodkor  kuchlar,  undagi  janrlar  va  hokazo 

yuzasidan bahs yurituvchi bu asar adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi uchun g'oyat 

muhim manbadir. 

 Navoiy o'zining bu antologiyasini 896 (1491-92) yilda yozgan, 903!497-98 yilda esa 

uning  to'ldirilgan  ikkinchi  redaksiyasini  amalga  oshirgan.  Bu  asarni  yozishdan 

ko'zlagan maqsadini Navoiy uning muqaddimasida shunday bayon qiladi: 


 

23 


    "...  bu  hujasta  zamon  va  farxunda  davron  shuaro  va  xushtab'larkim,  Sulton 

sohibqiron  (ya'ni  Husayn  Boyqaro-S.G'.)  yumni  davlatidin  va  natijai  tarbiyatdin 

she'rning  ko'prak  uslubida,  bataxsis  g'azal  tavrida  barchadin  dilosoroq  va 

nishotafzoroqdur, 

tarkibi 

salosat 


va 

g'arobatin 

ulcha 

sharti 


bor, 

bajo 


keltiradurlar,otlari  ul  jamoat  zumrasida  (ya'ni,  avval  o'tgan  shoirlar  qatorida-S.G'.) 

bo'lmoqdin mahrum va so'zlari ul tartib va qoidada noma'lum uchun shikasta xotirg'a 

va sinuq ko'ngulg'a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bilan 

bu  davr  zurafosi  otin  anda  sabt  etilg'ay,  to  bu  niyozmandlar  ham  burung'i  shuaro 

akobiri  zaylida  mazkur  bo'lg'aylar  va  bu  payravlar  ham  ul  rahbarlar  xaylig'a 

qo'shilg'aylar". 

 Boshqacha  qilib  aytganda,  Navoiy  o'z  davri  adabiyot  ahllarining  nomlari  va  ijod 

namunolarini  avlodlarga  yozib  qoldirishni,  ularning  xotirasini  abadiylashtirishni 

maqsad qilib oladi va o'z ona tilida birinchi tazkirani yaratadi. 

      Navoiygacha  fors  tilida  1222  yilda  Muhammad  Avfiyning  "Lubob  ul-albob", 

1487  yilda  Davlatshohning  "Tazkari  Davlatshohiy"  1486-87  yillarda  Jomiyning 

"Bahoriston"i (7 bobi) kabi tazkiralari yaratilgan edi. 

 Navoiy  o'z  salaf  va  zamondashlaridan  farqli  o'laroq  tazkirasi  materiallariga  buyuk 

so'z  san'atkori  va  adabiyot  tanqidchisi  sifatida  yondashadi  va  asos  e'tibori  bilan  uni 

o'z  zamondoshlariga  bag'ishlaydi.  Bu  asari  orqali  Navoiy  o'z  davri  adabiyotiga 

o'zining ilg'or maqsadlari asosida muayyan yo'nalishi berishga intiladi, adabiyotning 

mohiyatini  talqin  etish,  uni  baholashda  adabiyotning  mohiyatini  talqin  etish,  uni 

baholashda  adabiyotning  yuksak  badiiiyligi  va  g'oyaviyligi  uchun  kurashishda 

davrining ilg'or gumanisti va xalqparvari sifatida fikr yuritadi. 

       Mana  shu  jihatlari  bilan  "Majolis  un-nafois"  yozilganidan  ko'p  fursat  o'tmay 

Sharq  shoirlari,  adabiyot  tarixchilari  diqqatini  o'ziga  jalb  eta  boshlagan  edi.  XVI 

asrning  o'zida  bu  asar  fors  tilida  uch  marta  tarjima  qilingan  edi.  Bu  Movaraunnahr, 

Eron va Turkiyada tazkiraga zo'r qiziqish bilan qaralganidan dalolat beradi. 

       Navoiy tazkirasining kompozitsion qurilishiga kelganda aytish kerakki, u sakkiz 

qismdan  iborat  bo'lib,  materiallarni  joylashtirishda  xronologik,  jug'rofiy  hamda 

sulolaviy  prinsipda  tuzilgan  va  459  shoir,  adiblar  hamda  adabiy  hayot  voqealari 

haqidagi  ma'lumot  beradi.  Muallif  kim  yoki  nima  haqida  yozmasin,  bular  unga 

bevosita yoxud u bilan shahsiy munosabatda bo'lgan kishilar vositasi bilan tanish edi. 

            Tazkirada  nomlari  keltirilgan  ijodkorlarning  hammasi  has  professional 

shoirlar emas. Asarga turli toifadan bo'lgan, har xil kasb-hunar egalari ham kiritilgan. 

Bu  hol  shundan  dalolat  beradiki,  Navoiy  o'z  davridagi  adabiy  hayotni  kengroq 

qamrab  olishga,  uning  hamma  tarmoqlarini  o'rganishga  intilgan.  Lekin  adabiy 

hayotda  ishtirok  etganlarning  ko'pligi  va  ularning  turli  tabaqaga  mansubligi  o'sha 

davrda xalq hayoti yaxshi, hamma savodxon bo'lgan degan xulosaga olib kelmasligi 

kerak.  Zotan,  bu  davrda  feodal-klerikal  zulm  va  ekspluatatsiya  hukmron,  keng  xalq 

ommasi  qashshoq,  savodsiz  edi.  Shunga qaramay,  Navoiy  tazkirisida  mehnat  ahllari 

orasidan  chiqqan,  moddiy  jihatdan  mashaqqat  chekib  bo'lsa-da,  o'z  hunarini 

tashlamagan  holda  ijod  etib,  she'riyatda  shuhrat  qozongan  o'nlab  shoirlar  haqida 

keltirilgan  ma'lumotlar  g'oyat  diqqatga  sazovordir.  Aytish  kerakki,  o'rta  miyona 

saviyada ijod etgan shoirlar, savodli, she'rni tushunadigan, uni ifodali o'qiy oladigan 

va  goho  biror  bayt  yarata  oladiganlar  soni  juda  ko'p  bo'lgan.  Adabiy  majlis, 


 

24 


munozara, mushoiralarda boshqalar she'rini eshitish bilan zavq oluvchilar, adabiyotga 

g'oyat  qiziquvchilar,  undagi  yangiliklarni  kuzatib  boruvchilar  shahar  aholisining 

ma'lum qismini tashkil qilar edi. 

           Shunday  qilib,  Navoiy  asari  o'z  davrida  adabiy  faoliyatning  intensivligi 

manzarasini  ham  chizib  beradi.  Bu  intensivlik  birinchidan,  yuqorida  keltirilganidek, 

shoirlar sonining ko'p va sotsial sostavi rang-barangligi bilan, ikkinchidan, bu faoliyat 

tor poetik to'garak, adabiy maktabda yoki biron ijtimoiy-siyosiy ideya atrofida emas, 

balki  odamlar  ko'p  joylarda,  bozor,  ko'cha,  maydonlarda,  "oliy  majlislarda"da,  katta 

auditoriyada  kechkanligi  bilan,  uchinchidan,  adabiyotda  juda  ko'p  va  har  xil  poetik 

janr  va  she'riy  turlar  mavjudligi  bilan  Jomiy  va  Navoiy  kabi  ulug'  mutafakkir  va 

buyuk  so'z  san'atkorlarini  yetishtirgani  ham  qo'shilsa,  XV  asr  oxirida  adabiy  hayot 

qay darajada ravnaq topganligi yaqqol ko'rinadi. 

              Navoiy  asarda  har  bir  shoirga  alohida  xarakteristika  beradi.  Shoirlar 

ijodining belgilovchi xususiyati, aksar hollarda ularning insoniy fazilatiga ham urg'u 

beradi,  ularning  bilimli  darajasi,  axloqi,  muomalasi,  zahmatkashligi  kabi 

xususiyatlarni  alohida  ko'rsatib  o'tishga  harakat  qiladi.  Masalan,  Jomiiy,  Lutfiiy, 

Shayxim Suxayliy, Mirzobek, Sayyid Hasan, Shoh G'arib Mirzo, Shohiy Komil, Ziyo 

va hokazo. 

           Navoiy  har  bir  shoir  shaxsiyatiga  konkret  va  xolis  yondashadi.  U  ba'zi 

shoirlarning  ma'naviy  qiyofasidagi  nuqsonlarni,  xarakteridagi  kamchiliklarini 

ko'rsatib  o'tishni  zarur  deb  hisoblaydi.  Masalan,  ichkilikka  berilgan  Sayfiy,  Sayyid 

Imod,  Hofizi  Sa'd  va  boshqalar;  fitnachi,  bezori,  urushqoq  Sayyid  Quroza, 

Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli O'yg'ur va boshqalar. 

      Navoiy  o'z  oldiga  yolg'iz  ularni  emas,  balki  ularni  misol  qila  turib,  boshqa  ko'p 

ijodkorlarni  ham  tarbiyalashni  maqsad  qilib  oladi.  Xalq  nazaridan  chetda  qolgan 

ijodkorlarning va ularning asarlari shuhrat qozona olmagani sababini adabiy hayotdan 

uzilib qolganliklarida deb hisoblaydi. Masalan, Yaxyo Sebak, Ashraf va boshqalar. 

           Feodal-klerikal ideologiya hukmron bo'lgan davrda unga va uning vakillariga 

qarama-qarshi  fikrlar  bayon  etuvchi  so'z  san'atkorlari  haqidagi  ob'ektiv  ravishda 

to'xtab  o'tar  ekan,  Navoiy  ayrim  hollarda  ularga  nisbatan  xayrixohlik  bildiradi. 

Masalan, Husayn Xorazmiy, Abdullativ Mirzo, Mir Shohiy. 

      Adabiy  tanqidning  badiiiy  ijod  sohasidagi  mustasno  rolini  Navoiy  juda  yaxshi 

tushunar  edi.  Unga  loqayd  qaragan  yoxud  mensimagan  qalam  ahlini  Navoiy  g'oyat 

qoralaydi. Masalan, Badaxshiy, Riyoziy, Xurramiy va boshqalar. 

      Asarda  Navoiy  o'z  hamkasblari  qarshisida  adabiyot  davr  talabi  saviyasida 

bo'lishligi lozim degan vazifani qo'yadi. U asarlar ham g'oyaviy, ham badiiy jihatdan 

yetuk  va  puxta,  adabiy  an'analarni  namunali  yzlashtirib,  ularni  ijodiy  boyitgan 

emotsional  ta'sir  qudratiga  ega  va  yuksak  estetik  zavq  bag'ishlay  oladigan  darajada 

bo'lishligi zarur degan talablarni qo'yadi. 

     Navoiy adabiyotda ma'lum bo'lgan fikrlarni takrorlovchi, o'zgalar she'rini o'ziniki 

qilib  oluvchi  soxta  ijodkorlar  plagiatlar,  Nargisiy,  Anisiy,  Hoja  Musolarni  ayovsiz 

tanqid ostiga oladi. 

      Shuningdek,  Navoiy  hokim  tabaqalarga  mansub  shoirlarni  xalqqa  zulm 

o'tkazganligi,axloqiy  qiyoo'asini  tubanligi  haqida,  she'rlarning  ham  g'oyaviy 

ahamiyatga ega bo'lmaganligi uchun g'azab bilan tilga olib keskin fosh etadi. 


 

25 


     Tazkira  materiallari  Navoiyning  adabiyotga  endi  kirib  kelayotgan  yosh 

iste'dodlarga alohida husn-rag'bat, katta ehtiyotkorlik bilan qaraganidan, ularga katta 

umid  bog'laganidan  dalolat  beradi.  Bu  yoshlarning  ko'pchiligi  Hirotda  tahsil 

olayotgan  talabalar  bo'lib,  Navoiy  ularning  aksariyatiga  homiylik  qilgan,  moddiy 

ahvollaridan xabardor bo'lib turgan, ularning badiiiy kamolati xusisida qayg'urgan. 

      Bu  hol  Navoiy  dahosining  qudratidan,  uni  hamma  davrlarga  jumladan,  bizning 

zamonamizga hamnafas san'atkor ekanligidan dalolat beradi. 

 ""Majolis  un-nafois"  qimmatli  avtobiografik  ma'lumotlarga  qaraganda  ham  boy 

asardir.  Navoiyning  qayerlarda  bo'lgani,  kimlar  bilan  uchrashgani,  uning  ustozlari 

yaqin  do'stlari,  shogirdlari,  hamsuhbatlari,  u  bilanyozishib  turgan  shoirlar, 

qarindoshlari,  farzandi  o'rnidagi  shaxslar  haqida  tazkirada  maroqli  materiallar 

mavjud. 


     Asarda, shunungdek, Navoiy davri muzika madaniyati, muzika nazariyasi, badiiy 

so'z  va  muzika  ijroshiligi  san'ati  haqidagi  ham  ma'lum  tasavvur  yaratib  beradigan 

ma'lumotlar keltiriladi. 

 Navoiyning "Majolis un-nafois" asari eng qiziqarli, eng hayotiy asarlaridan biridir. U 

g'oyat jonli va ravon til bilan yozilgan. Asarning bayon uslubi aniq, puxta va g'oyat 

lakonikdir.  Maqolalardagi  har  bir  jumla  va  ularga  singdirilgan  fikr,  g'oya  juda  ham 

ixcham.  Muallif  o'rni-o'rni  bilan  original  tasvir,  hazil-mutoyiba,  xarakterli  badiiy 

lavhalar ishlatadiki, bular birlashib asarning badiiyatini ta'minlaydi. 

      "Majolis  un-nafois"  keyingi  davrlarda  yaratilgan  tazkiralarga  barakali  ta'sir 

ko'rsatdi.  Sodiq  kitobdorning  "Majma  ul-xavos  "Hasan  Nisoriyning  "Muzakkur  ul- 

ahbob"  Som  Mirzoning  "Tuhfai  Somiy",  Fazliyning  "Majmuat  ush-shuaro", 

Tabibiyning "Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" shular jumlasidandir. 

       Noma'lum  muallifning  "Tazkirai  shoiron"  (XVIII),  Ali  Ibrohim  Halilxonning 

"Suhufi  Ibrohim",  Sayid  Muhammad  Siddiq  Hasanxon  Bahodirning  "Sham'i 

anjuman",  Rizoqulixon  Hidoyatning  "Riyoz  ul-orifin",  noma'lum  avtorning 

"Xarobot" nomli ikki tomli, antologiyalarida qayd qilinishincha, Navoiy tazkirasidan 

asosiy man'ba sifatida foydalanilgan. 

       Navoiy asarida nomlari zikr qilingan ko'p shoirlarning ijod namunalari bizgacha 

yetib  kelmagan.  Bu  jihatdan  "Majolis"  g'oyat  nodir  manba'  bo'lib,  adabiyot  tarixi 

uchun  mustasno  ahamiyatga  molikdir.  Ijodkor  faoliyati,  uning  shaxsiyatiga  hurmat, 

ayniqsa xalq orasidan chiqqan, mehnat ahliga mansub shoirlarga muallif munosabati 

asarning  xalqchillik  tendensiyasida  yozilganligini  ko'rsatib  beradi.  Muallif  esa  bu 

asarida  o'z  iste'dodining  yanav  bir  olmos  qirrasi-  o'zining  o'tkir  va  ziyrak 

adabiyotshunos olim va tanqidchi ekanligini namoyon qiladi. 

      Xalqning  madaniyatini  ko'tarishda  asosiy  vosita  bo'lgan  til  masalasiga  Navoiy 

alohida  e'tibor  bilan  qaragan.  U  o'z  davridagi  adabiy  til  "turkiy"ni  har  tomonlama 

boyitib,  uni  yuksak  darajaga  ko'tardi.  Navoiy  ijodi  timsolida  o'zbek  adabiy  tilining 

ifoda  vositalari  ko'paydi.  Estetik  imkoniyatlari  kengaydi,  adabiy  va  ilmiy  qudrati 

oshdi.  Bular  bilan  qanoatlanmay  Navoiy  o'zbek  tilining  har  jihatdan  yetukligini 

nazariy isbotlash maqsadida 1499 yilda "Muhokamat ul-lug'atayin" asarini yozdi. (Bu 

asardagi  asosiy  masalalar  tahlili  haqida  qarang:  A.Usmonov,  "Muhokamat  ul-

lug'atayin" Alishera Navoi, Tashkent 1948 g.) 

 Professor  A.Rustamov  Navoiyning  o'z  xalqiga  til  jihatdan  ko'rsatgan  bebaho 


 

26 


xizmatlarini quyidagicha belgilaydi: 

 

     1.Navoiy  o'zbek  adabiy  tilini  turkiy  lahjalar  hisobiga  yangi  tub  so'zlar  bilan 



boyitdi. 

      2.Bor so'zlar va qo'shimchalar asosida o'zi yangi so'zlar yaratdi, badiiy talablarga 

javob beradigan lug'aviy birliklarni leksemalarni hosil qilishning nozik usullarini kshf 

etdi. 


     3.Turkiy  lahjalar va  folklor zaminida Navoiygacha  ham  tilda ishlatilgan so'zlarni 

yangi ma'nolar bilan boyitdi. 

          Navoiy  til  va  lahjalar  hisobiga  so'z  formalari,  sintaktik  kostruksiyalarini 

ko'paytirib,  ularning  ma'no  va  funksiya  doirasini  kengaytirdi.  Uning  grammatika 

sohasidagi  o'g'uz  elementlaridan  unumli  foydalangani  alohida  ahamiyatlidir. 

(F.Abdullayev.  XV  asr  o'zbek  adabiy  tilining  dialektal  asoslari  masalasi.  Navoiy  va 

adabiy ta'sir masalalari. (To'plam), Toshkent, 1969 yil 245-252-betlar). 

       Bunday  ulkan  tarixiy  xizmatlarni  o'tagan  Navoiy  o'z  asarida  o'zbek  tilining 

rivojiga qo'shgan amaliy hissalarini nazariy jihatdan asoslab berdi. Navoiy o'zbek tili 

haqidagi  fikrlarini  o'zi  yaxshi  bilgan  fors  tili  bilan  muqoyasa  qilishdek  to'g'ri  ilmiy 

metod asosida bayon qildi. 

 Masalan,  Navoiy  tushunchalarni  anglatuvchi  so'zlardan  tashqari  juz'iy  ma'nolarni 

anglatuvchi  so'zlarning fzbek tilida  ko'pligi  masalasini  tekshirar  ekan,  yuzta fe'lning 

ro'yxatini beradi va uning mazmunini she'riy misollarda sharhlaydi. 

      Asarning  adabiyotshunoslik  uchun  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  Navoiy  o'z 

qiyosiy  kuzatuvlarini  o'zbek  va  fors  adabiyotlari  tarixi,  o'z  davri  tarixiy  sharoiti, 

adabiy hayoti, o'zbek adabiyotining o'sha vaqdqtdagi ahvoli va istiqboli uchun kurash 

bilan  bog'lab  tekshiradi.  Bu  keyingi  zamonlar  uchun  katta  ilmiy  va  ijtimoiy 

ahamiyatga ega edi. 

      Navoiy  keng  ko'lamda  rivojlangan  forsiy  she'riyatning  ravnaqi  muqobalasida 

turkiy  tildagi  poeziyaning  nisbatan  juda  sust  rivojlanganligi  masalasiga  e'tiborni 

tortadi  va  buning  sabablarini  ko'rsatib  berishga  harakat  qiladi.  Navoiyning 

ta'kidlashicha,  bunday  sabablar  uchta  bo'lib,  birinchisi  turkigo'y  ijodkorlar  ona 

tilining  boyligi  va  nozikligini  bildiruvchi  bir  necha  ma'noga  ega  so'zlar,  murakkab 

ibora va ifodalar ko'p bo'lganligidan ularni puxta tushinib, she'riyatda mahorat bilan 

ishlatishdek  mehnatdan  cho'chib,  mushkilliklardan  oson  yo'lga  tushib  olishlaridir: 

Ikkinchisi-ba'zi  bir  iste'dodli  san'atkorlarning  davrdagi  hukmron  traditsiya  doirasida 

bo'lishlikni  o'zlariga  munosib  deb  bilishliklaridir:  uchinchisi  esa-yosh  ijodkorlar 

yengil  yo'l  tutib,  o'z  ijodiy  namunalarini  tajribali  forsiyzabon  ustozlarga  ko'rsatib 

e'tirof  yoki  tahsin  kutishlari,  bunday  ustozlarning  turkiy  tildan  bebahra  ekanliklari 

tufayli ular, ya'ni yosh qalamkashlar turkiyga emas, forsiyga mayl ko'rgazishlaridir. 

      Haqiqiy  daho  egalari  o'z  ijod  faoliyatlarining  asl  qiymatini,  xalq,  Vatan 

qarshisidagi  o'z  burchlarini  juda  aniq  va  yaxshi  idrok  etadilar.  Shu  nuqtay  nazardan 

qaraganda  "Muhokamat  ul  lug'atayin"dagi  Navoiyning  quyidagi:  "...  dono  hakam 

adolat  yuzidin  ko'z  solsa  va  burungi  forsiy  va  so'nggi  turkiy  latoyif  va  daqoyiqidin 

bahra  olsa...  har  qaysining  martabasini  ta'yin  qilur  avonida  umidim  uldur  va 

xayolimga  andoq  kelurkim,  so'zum  martabasi  avjdin  quyi  inmagay  va  bu  tartibim 

kavkabasi  a'lo  darajadin  o'zga  yerni  beganmagay".  (Alisher  navoiy,  Asarlar,  15 



 

27 


tomlik,  14-tom,  121-bet).  O'z  ona  tilining  keng  imkoniyatlaridan,  uning  badiiy  ijod 

uchun  mutlaqo  yaroqli  ekanlaridan  kelib  chiqib,  shu  tilda  yaratgan  ijodiy 

namunalarini sanab o'tgandan keyin keltirgan "Faxriya" usulidagi Navoiyning fikrlari 

g'oyat qayotiy bo'lib, real zaminga egadir. 

      Ma'lumki,  Navoiyga  qadar  ham  turkiy  tilda  ijod  qilinar,  unda  bir  qator  yaxshi 

asarlar  maydonga  kelgan  edi.  "Muhokamat  ul-lug'atayin"da  Navoiy,  Sakkokiy, 

Haydar Horazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy va Gadoiy kabi shoirlarni tilga 

oladi.  Lekin,  deb  ta'kidlaydi  Navoiy,-mavlono  Lutfiydan  boshqa  shoirni  fors  tilida 

qalam  terbatgan  san'atkorlarga  tenglashtirib  bo'lmaydi.  Bu  bilan  Navoiy  o'zbek 

adabiyotining  yirik  namoyandasi,  go'zal  lirik  she'rlar  va  ajoyib  romantik  doston 

muallifi  Lutfiy  ijodini  yuksak  baholaydi,  uning  adabiyot  tarixidagi  o'rnini  to'g'ri 

belgilab beradi. 

«Muhokamat  ul-lug'atayn"  da  til  bilan  adabiyot  masalalari  bir  butun  yaxlitlikda 

olinadi, ularning bir-biriga bog'liq qirralari tahlil qilinadi. Ayni choqda o'zbek tili va 

adabiyoti masalalari bilan qiyoslab tarixiy sharoit, ijtimoiy-siyosiy voqelik ila bog'liq 

holda kuzatiladi, tekshiriladi. 

      Aytilganlardan ko'rinadiki, Alisher Navoiy ijodi va faoliyatida ona tili va o'z xalqi 

adabiyotining  keng  rivoj  yo'liga  qo'yilishi  uchun  kurash  belgilovchi  momentlardan 

bo'lib,  "Muhokamat  ul-lug'atayn"da  bu  momentlardan  bo'lib,  "Muhokamat  ul-

lug'atayn"da  bu  masala  ham  nazariy,  ham  amaliy  aspektda  asoslab  beriladi.  Undagi 

har  bir  nazariy  masalani  dalillashda  Navoiy  sodda  til,  mantiqiy  izchillik  bilan  xalq 

milliy  madaniyati  taraqqiyoti  nuqtai  nazaridan  fikr  yuritadi.  Shu  jihatdan  qaraganda 

Navoiyning  bu  asari  o'zbek  adabiy  tili  va  adabiyoti  taraqqiyotida  g'oyat  muhim  rol 

o'ynagan asar bo'lishi bilan birga, muallif ijodidagi ilmiy prozaning yorqin namunasi 

hamdir. 

      "Mezon  ul-avzon"ni  Navoiy  1492  yilda  yozadi.  Bu  asarning  yozilish  sabablari 

ham,  yuqorida  qayd  qilib  o'tganimiz,  muallifning  yuksak  adabiy  va  hayotiy 

maqsadlari bilan bog'liqdir. 

      Turkigo'y  shoirlar  hamda  turkiy  adabiyot  ixlosmandlari  orasida  aruz  haqida 

mukammal va ommabop asarga ehtiyoj katta ekanligi, shunungdek, besh asrlik turkiy 

poeziyaning tajribasini umumlashtirish uchun o'zini burchli deb hisoblaganligi tufayli 

"Mezon ul-avzon" maydonga keldi. 

 Boshqacha aytganda, Navoiy bu asarida aruz nazariyasini o'z ona tilida bayon etdi va 

o'zbek she'riyati asosida ana shu nazariyani to'ldirib berdi. 

         "Mezon  ul-avzon"ning  ilmiy-tanqidiy  matnini  tayyorlagan,  uni  atroflicha 

o'rgangan  I.Sultanov  ta'kidlashicha,  Navoiy  9  ta  yangi  vazn  va  she'riy  shaklni  qayd 

etadi,  ularning xalqda  mashhur nomlarini  keltiradi  yoki shu vazn  nomi  bilan  ataydi: 

Vaznlar  bobida  Navoiy  turkiy  xalqlarda  aruzdan  boshqa  yana  mustaqil  poetik  va 

metrik  forma  birligini  bir  necha  marta  ta'kidlaydi.  (I.Sultonov,  Mezon  ul-avzon, 

Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, 267 -bet). 

       Asar  she'r  qurilishi  haqida  ilmiy  risola  bo'lgani  uchun  unga  nasr  bilan  yozilgan 

qismlar  oz  bo'lib,  ko'proq  she'riy  misollar  vazn,  bahrlar  nomi  va  shakli,  doira-

jadvallardan  iborat.  "Mezon  ul-avzon"da  Navoiy  adabiyotshunos  olim  sifatida 

she'riyat  haqidagi  ilmning  eng  qiyin  sohasini  mukammal  va  chuqur  bilishligini 

namoyish qildi. 


 

28 


      Navoiy  davri  adabiyotida  keng  tarqalgan  kichik  she'riy  janrlardan  biri  muammo 

edi. Uni yozish va yechish san'atining turli-tuman yo'llari haqida ko'plab qo'llanmalar 

yaratilgan  edi.  Abdurahmon  Jomiyning  o'zi  bu  sohada  4  ta  risola  yozgan  edi. 

Shulardan biri "Risolai muammoi manzum"-muammo haqidagi she'riy risola qisqa va 

qiyin  usulda  yozilganligi  uchun  Navoiy  o'zida  muammo  haqida  maxsus  bir  asar 

yozish  ehtiyojini  sezadi  va  1485  yilda  "Risolai  mufradot"ni  yaratadi.  Bu  risola 

Navoiyning forsiy nasri namunasidir.  

      Muammo  haqidagi  mavjud  bo'lgan  barcha  qo'llanmalardan  farqli  o'laroq  Navoiy 

muammo  qoidalarini  qat'iy  tartib  bilan  beradi  va  har  bir  qoidani  xarakterli  misollar 

asosida tushindiradi. 

 Risolada  muammo  san'atining  15  amali,  48  xil  uslubi  beriladi,  misol  tarzida  148 

muammo keltiriladi. 

        Navoiyning  o'zi  ta'kidlaganidek,  "Risolai  mufradot"  fors  tilida  yaratilgan  shu 

mavzudagi asarlarga qaraganda oson, tushunarli tilda yozilgan. Keltirilgan misollarni 

tushintirish  usuli  ham  yengildir.  Yana  shuni  ham  uqdirib  o'tish  lozimki,  Navoiy 

muammo  janrida  yozilgan  fardlarning  faqat  texnik  maqsadlarda  yuzaga  kelgan 

shablon  she'rlar  emas,  balki  ma'lum  g'oya  mazmunini  ifodalovchi,  badiiy  yetuk 

namunalar  bo'lishi  zarurligini  hamisha  nazarda  tutgan,  bunga  uning  o'zi  ijod  qilgan 

deyarli barcha muammolari dalildir. 

       Navoiyga  qadar  turli  xil  mavzulardagi,  har  xil  badiiy  saviyada  yaratilgan 

maktublardan majmualar ham tuzila boshlangan edi. 

        Turkigo'y  xalqlar  adabiyoti  tarixida  esa  birinchi  shunday  majmua  tuzgan  adib 

Alisher Navoiy bo'ldi. U o'z xatlarini to'plab, uni "Munshaot" deb atadi. 

 "Munshaot"ning  qachon  tartib  berilganligi  haqida  Navoiy  hech  qanday  ma'lumot 

bermaydi.  Lekin  ba'zi  maktablarning  mazmundagi  voqealar  bayonidan,  ba'zilaridagi 

ayrim qaydlar va ishoralardan "Munshaot" 904|1498-1499 yilda tuzilgan deb taxmin 

qilish mumkin. 

        "Munshaot"  muqaddimasida  qayd  qilinishicha,  Navoiy  o'z  maktublarini  jamlar 

ekan,  ona  tilining  davlat  ishlari,  siyosat  yuzasidan,  shunngdek  shahsiy  xarakterdagi 

yozishmalar  olib  borishga  badiiy  jihatdan  tamomila  yaroqli  ekanligini  isbotlashni 

maqsad qilib olgan edi. 

 Navoiy  "Munshaot"ni  tuzar  ekan,  yana  bir  maqsadni  ko'zlagan  edi.  U  ham  bo'lsa 

xatlardagi  mulohaza va  orzularning,  nasihat  va  tanbehlarning  jamiyat  uchun, barcha 

uchun, qolaversa, butun avlodlar uchun foydali deb bilganligi tufayli, xalq tinchligi, 

saltanat  farovonligi  ta'min  etadigan  ezguliklar  uchun  kurashish,  xalq  va  mamlakat 

manfaatlariga  zid  bo'lgan  barcha  holat  va  urinishlarni  bartaraf  etishga  chaqirishdek 

buyuk  maqsad  edi.  Ulug'  adibimiz  ana  shu  maqsad  xazinasining  kalitini  o'z 

o'quvchilari-avlodlari  qo'liga  tutqazmoqchi  edi.  Bu  haqda  Navoiy  "Munshoat"-da 

yozadi: 

   


               Necha ganj ichra bo'lsa gavhar, dur, 

               Ko'rki, bordur aning kalidi temur. 

              Ganji maqsud kimga bo'lsa umid, 

              Ul nasihatlar erur anga kalid. 

               Qulf ocharda gadovu sohibtoj, 


 

29 


              Teng bo'lurlar kalidga muhtoj. 

   


      Demak, Navoiy o'z  maktublariga badiiy nasr turi- insho san'ati namunasi hamda 

ularni  yozishdan  ko'zlangan  maqsadlar  zaminida  namoyon  bo'ladigan  gumanistik 

g'oyalarini avlodlarga yetkazuvchi muhim vositalardan deb qaragan. 

 "Munshaot"  tarkibidagi  maktublarning  birortasini  ham  qayerdan  qayerga,  kimga  va 

qachon  yuborilgani  ko'rsatilmaganligi  ana  shu  maqsadlar bilan  izohlanadi.  Lekin bu 

hol maktublarni aniqlashda juda katta mushkullik tug'diradi. 

       Navoiy maktublari ularda tilga olingan problemalar va masalalar ko'lami, badiiy 

barkamolligi,  voqealar  qamrovining  kengligi  jihatidan  o'z  mualliflarining  ijodiy 

merosida va o'sha davr ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o'rganishda alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  "Munshaot"dagi  xatlar  turlicha  mazmunda  yozilgan.  Ular 

orasida  navro'z  tabriklari,  sog'inch  maktublari,  ta'ziyanomalari,  siyosiy,  iqtisodiy, 

madaniy  adabiy  va  boshqa  mazmundagi  yozishmalar  mavjuddir.  Maktublarning 

aksariyatida birinchi o'rinda davlat, siyosat masalalari turadi. 

       Navoiy Husayn Boyqaroga yo'llagan maktublarida shohga, u orqali saroy, undagi 

ahvolga,  saroy  ahllari  hamda  mamlakatini  idora  etish  usuliga  o'z  munosabatini 

bildiradi. Bu xil maktublardan shu narsani uqsa bo'ladiki, Navoiy Husayn Boyqaroga 

va  shahzodalarga  katta  umid  bog'laydi  va  o'ziga  xos  bo'lgan  sergaklik  va  vazminlik 

bilan,  g'oyat  mehribonlik  va  dono  nasihatgo'ylik  bilan  ularni  xavf-xatarlardan 

saqlamoqchi, to'g'ri yo'lga solmoqchi edi. 

        Ma'lumki, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi amaliy faoliyatida uni eng avvalo 

siyosiy  ixtiloflarning  oldini  olish,  davlat  mustaqilligi  va  yaxlitligini  saqlab  qolish, 

osoyishtalikni  qat'iy  barqaror  qilish  va  mustahkamlash  masalalari  band  etgan  edi. 

Mana  shular  taqozosi  bilan  "Mun'shaot"dagi  qator  maktublar,  jumladan  shahzoda 

Badiuzzamonga  yo'llangan  xatlar  yozilgan  edi.  Bulardan  Alisher  Navoiy  bu 

shahzodaga  katta  umidlar  bog'lagani,  uning  tarbiyasida  ishtirok  etgani  va  uning 

faoliyatini  foydali  o'git-nasihatlar  bilan  yo'naltirib  turgani  ma'lum  bo'ladi.  Navoiy 

Badiuzzamonni Xuroson saltanati uchun davlatni boshqarish usullarini yaxshi bilgan, 

adolat-parvar  hukmdor  sifatida  ko'rishni  orzu  qilgan  va  shu  yo'lda  jiddiy  harakatlar 

qilgan,  Xusayn  Boyqaro  bilan  Badiuzzamon  oralaridagi  ixtiloo'lar  tufayli  mamlakat 

yaxlitligi va xalq osoyishtaligiga yetishishi muqarrar bo'lgan xavfning oldini olishga 

tinimsiz intilgan edi. Ana shu masalalarni Navoiy o'z maktublarida diqqat markazida 

tutadi. 


     "Munshaot"da bir maktub borki, unda muallifning inson uchun, insoniy fazilatlar 

uchun  bir  ota  sifatida  ham  qanchalik  izchillik  va  kuyinish  bilan  kurashganligi  o'z 

aksini  topgandir.  Maktub  mazmuni  shunday:  Navoiy  bir  bolani  farzand  sifatida  o'z 

tarbiyasiga oladi. Bu yo'lda ancha mehnat saro' qiladi. Lekin u Navoiyning ishonchini 

oqlamaydi.  Umidlari  puchga  chiqqan,  farzandning  nojo'ya  harakatlaridan  dili  pora 

bo'lgan shoir alam va g'azab bilan unga noma yo'llaydi: 

                         "Ey nafs havosig'a giriftor o'lg'on, 

                           Shayton ishiga ishing namudor o'lg'on, 

                           Ham zuhd ila izzatga sazovor o'lg'on, 

                           Ham fisq ila olam elig'a xor o'lg'on. 

  


 

30 


 

...  Agarchi  kichik  erding,  ammo  andoq  ermaski,  xotiringdin  maxv  bo'lmish  bo'lg'ay 

va  agarchi  tifl  ermaski,  zamiringdin  unitilmish  bo'lg'ay!  Hayotimni  sening 

tarbiyatingga  mash'uf  va  avqotimni  sening  muhofazatingga  masruf  qildim  va 

farzandlig'inig  raqamini  xotirimga  muharrar  va  otaliq  mehr  va  shavqatin  holingga 

muharrar ettim", - deya boshlanadi insoniy dard qayg'u bilan to'liq bu maktub. 

        Navoiy  davom  etib,  biror  soat  ham  farzandning  ahvolidan  g'ofil  bo'lmaganini, 

ilm-fanni  egallashiga  to'la  imkoniyat  va  sharoit  yaratib  berganini,  uning  insoniy 

fazilatlarga  ega  bo'lishi  uchun  tinmay  intilganini  yozadi.  Maktubdan  ma'lum 

bo'lishicha,  Navoiyning  mehnatlaridan  voqiflar  unga  ta'na  va  nasihatlar  qiladilar. 

Bularga  qaramay  Navoiy  bolaning  tarbiyasi  bilan  astoydil  mashg'ul  bo'laveradi  va 

bunda anchagina muvaffaqiyat ham qozondi. Lekin keyinchalik farzand to'g'ri yo'ldan 

ozib  ketadi  va  bu  hol  Navoiy  uchun  og'ir  bir  fojiaga,  alamli  dardga  aylanadi.  U 

yozadi: 


     "Ro'zgoring  salohi  fasodqa  yondi  va  af'oling  pokizaligi  nopoklikka  aylandi. 

Nasihatni quloqqa solmading va pand bila malomatni ko'ngulga olmading. Holingdin 

xabardor  qilg'on  soyi  bexabarroq  va  fisqu  fujuringni  man'  qilg'on  soyi  batarroq 

bo'lding...  bu  faqirning  muncha  vaqtlig'  sa'y  va  emgagini  va  uzun  yillar  tortg'on 

riyozatini  nafsi  shum  havosi  va  fe'li  mazmum  muqtazosi  bila  zoyi'  qilding...  dag'i 

tavbalar  qilib,  ahdlar  bog'lab,  ontlar  ichib,  barchani  buzub,  tangri  taolodin 

qo'rqmading. 

     Xolo  ne  so'zingga,  ne  ahdingg'a,  ne  qavlungg'a  e'timod  qolibtur.  Nevchunki,  har 

qaysini borlar ma'lum qilibdir va sinalibdur". 

        Ortiq  chiday  olmagan  Navoiy  uni  farzandlik  huquqlaridan  mahrum  etadi. 

"Majolis  un-nafois"da  tilga  olingan  shoir  va  adiblar  qatoridan  chiqaradi.shundan 

keyin shaharning katta-kichigi oldida uning hech bir e'tibori qolmaydi. 

      Maktub  oxirida  Navoiy  farzandning  bunchalik  nonko'rliklari  va  dilozorliklari 

uchun uni jazolay olishi mumkinligini bildiradi. "Ammo,-deydi Navoiy,-ikki jihatdin 

yetkurmadim. Biri bukum, muncha pand va nasihat va tashni' va malomat va ont va 

aymon bila birovkim, mutannabih bo'lmamish bo'lsa bir necha izo va azob bila ham 

bo'lmag'usidir, balki ul izo va azob yetkururda bu faqirning za'flig' mijozig'a taraddud 

va tashvish ko'prak  yetkusidir va sanga xud tavovut  qilmag'usidir.  Yana biri bukim, 

sen  har  baqoidolig'kim,  qilibsen,  anga  ko'ra  sado  va  jazo  topibsenkim,  ul  podshohi 

islom xumoyun xotirining g'ubori va... soyir azizlarining ko'ngullarining ozoridirkim, 

har biri fil haqiqat yuz o'limdin ortiqtur ammo bu ma'nidin sen g'ofilsen". 

        Navoiyning  bu  xatda  kuyinib  aytganlarining  tarbiyaviy  ahamiyatiga  katta. 

To'g'ri  yo'ldan  ozgan  odam  uchun  eng  jazo  xalq  nazaridan  qolishdir,  degan 

xulosaning o'zida bir olam ma'no bor. 

       Ayni  choqda,  bu  maktub  Navoiydagi  qaynoq  otalik  mehrini  ko'rsatadi,  uning 

nozik  qalb  egasi  ekanligidan,  o'ta  ta'sirchan,  mustahkam  irodali  va  g'oyat  qat'iyatli 

odam bo'lganligidan ham dalolat beradi. 

        "Munshaot"  mazmuni  Navoiyning  ko'p  qirrali  amaliy  faoliyatida  xalqparvarlik, 

insonparvarlik  va  tinchliksevarlik  prinsiplariga  asoslangani,  mamlakat  va  xalq 

manfaatlarini himoya qilganini ko'rsatib beradi. 

      Bu  ayniqsa,  Navoiyning  temuriy  hukmdorlarga  o'gitlari,  ta'na  va  tanqidlari  o'rin 


 

31 


olgan maktublarda o'z aksini topgandir. 

 Maktublarda Navoiy biografiyasiga oid ma'lumotlar, badiiy ijodi yuzasidan qaydlar, 

axloqiy qarashlariga aloqador faktlar mavjud. 

 Bu  asr  Navoiy  ta'kidlaganidek,  qadimgi  o'zbek  tilining  insho  sohasida  mutlaqo 

yaroqli ekanligini namoyish qiladi. 

 Alisher  Navoiyning  tarix,  tasavvuf  va  din  tarixiga  oid  nasriy  asarlari  ham  mavjud. 

Bular  ""Tarixi  muluki  Ajam",  "Nasoyimul  muhabbat",  "Tarixi  anbiyo  va  hukamo", 

"Vaqfiya"lardir. 

      Mazkur  asarlar,  ma'lum  ma'noda  Navoiygacha  bo'lgan  an'ana  ta'siri  yozilgan. 

Lekin  ularni  yaratishda  boshqa  muayyan  maqsadlarni  ham  ko'zda  tutganligi 

shubhasizdir. 

      "Tarixi  muluki  Ajam"  tariyxiy  mavzuda  yozilgan  o'zbek  tilidagi  birinchi  ilmiy-

prozaik asar bo'lib, 1488 yilda yozilgan. Unda, muallifning qayd qilishicha, o'zigacha 

mavjud  qator  tariyxiy  asarlar  asosida  Eron  podshohlari  tarixi  yaratilgan.  Navoiy 

garchi  o'z  asarini  yangi  faktik  ma'lumotlar  bilan  boyitmasa  ham,  imkoniyati 

darajasida  to'rt  suloladagi  podshohlar  xronikasini  tartibga  solishga  intiladi,  tariyxiy 

asarlardagi  ba'zi  "muxolafat"  (qarama-qarshiliq)  va  "muxtalif"  (har  xil,  turli-tuman) 

liklarga bir qator aniqliq kiritmoqchi bo'ladi. 

       Navoiy  o'zining  yuksak  gumanistik  dunyo-qarashidan  kelib  chiqib  (mamlakat 

iqtisodiy  va  madaniy  hayotini  ko'tarishga  qaratilgan  tadbirlarni  alohida  e'tibor  bilan 

qayid  qilishi,  bosqinchilik  urushlari,  zulm  va  adolatsizlikni  qoralishi...)  qalam 

tebratgani  haqida  bu  asarni  birinchi  tadqiq  etgan  A.Hayitmetov  qimmatli 

mulohazalarni bildiradi. 

       Eron  podshohlarining  to'rt  sulolasi  afsonaviy  podshoh  Qayumarsdan  to  arablar 

istilosi  vaqtida  qatl  qilingan  sosoniy  Yazdi  Jurdi  Shahriyorgacha  bo'lgan  vakillari 

haqida to'xtalib o'tadi. 

      Shuni  alohida  qayd  qilib  o'tish  joiz  ko'rinadiki,  Navoiy  hech  shubhasiz,  Eron 

shohlarining tarixini puxta bilgan, ular haqidagi haqiyqiy va afsonaviy ma'lumotlarni 

ham yaxshi tushunar edi. 

       Navoiy  butun  ijodiyotida  va  faoliyatida  ilgari  surgan  ideal  shoh  g'oyasini  bu 

asarida  ham  o'tkazadi.  Har  bir  podshoh  haqida  so'z  yuritar  ekan,  uning  xalq  va 

mamlakat  uchun  foydali  faoliyatini  ko'rsatib  o'tadi.  Bu  moment  asarning  ijtimoiy 

mohiyatini  belgilab  beradi.  Masalan,  peshdodiylar  sulolasidan  Hushangning  odil  va 

bilimli ekanligini, Jamshidning o'z davrida to'qish ishlarini yo'lga qo'yganligi, harbiy 

qurollar  yasashni  ixtiro  qilganligi,  binokorlik  sohasidagi  faoliyatini,  Manuchehrning 

suv  inshootlarini  barpo  etishi,  bog'-rog'lar  yaratish  va  dehqonchilikni  rivojlantirish, 

Toxmosibning  obodonchilik  sohasidagi  yaratuvchilik  ishlarini,  alohida  urg'u  berib 

bayon etishi fikrimiz dalilidir. 

       Ayni  choqda  Afrosiyobning  bosqinchilik  urushlariga  bel  bog'laganligi,  xalq 

ahvolini  og'irlashtirishga  qaratilgan  vayronalik  kelturuvchi  xatti-harakatlarini,  Doro 

III ning zolimligini, mifologik shoh Zahhok xunkorligini Navoiy qattiq qoralaydi. 

        Navoiyning  podshohlarga  bergan  xarakteristikalaridagi  ayrim-ayrim  o'rinlar 

asarning  o'z  davri  xukmdorlarigaqarata,  ularning  ba'zi  narsalarga  e'tiborini 

tortishlikni,  ba'zi  hollardan  ogoh  bo'lishlikni,  ezgulik  va  odillikka  da'vat  etishlikni 

nazarda tutganligini ko'rsatadi. 


 

32 


 "Tarixi  muluki  Ajam"dagi  ma'lumotlar  Navoiy  asarlaridagi  qadimgi  Sharq 

mifologiyasiga  oid  fikrlarni,  umuman,  tarixiy  xronikalarni  to'g'ri  tushunish  va 

izohlashda ahamiyatlidir. 

          Navoiy bu nasriy asarining tili yoki uslubi haqida shuni aytish kerakki, "u o'z 

fikrlarini mumkin qadar sodda ifodalashga intiladi. ...uning asarida qiyin, murakkab, 

mazmunsiz, balandparvoz ibora va tasviriy elementlarni, mavhum jumlalarni deyarli 

uchratmaymiz". (O'zbek adabiyoti tarixi, II-tom, 448-bet). 

        Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda  bu  asar  o'zbek  tilida  tarixiy  asar  yozishning 

yangi bir uslubini kashf etdi. 

        Navoiyning  "Tarixi  iuluki  ajam"  asari  o'z  muallifining  tarixiy  faktlarni 

izohlashda ilg'or ijtimoiy pozitsiyasida turgan muarrix ekanligini ham namoyon qildi. 

 Navoiyning  "Tarixi  anbiyo  va  hukamo",  "Tarixi  muluki  Ajam"ning  davomidek 

tuyuladi.  Unda  din  va  din  tarixi,  uning  arboblari,  payg'ambarlarga  oid  ma'lumotlar, 

naql,  rivoyatlar  keltiriladi.  Bu  asarning  birinchi  qismini  tashkil  qiladi.  Ikkinchi 

qismida  esa  tarixdagi  donishmandlar  haqida  kichik-kichik  maqolalar  va  ularning 

hikmatlari beriladi. Har ikki qismdagi konkret xarakteristika she'r bilan xulosalanadi. 

 Asarda  payg'ambarlar  sirasida  ulkan  mutafakkirlar,  buyuk  olimlar  haqidagi 

ma'lumotlarning berilishi, muayyan o'rinlarida Navoiyda ma'naviy daho, ratsionalizm 

ustunligidan dalolat beradi. 

        "Tarixi  anbiyo  va  xukamo"da  ham  Navoiyning  jamiyat  taraqqiyoti  qonunlarini 

idrok  etishdagi,  uni  talqin  qilishdagi  mahdudliklari,  dunyoqarashidagi  ziddiyatli 

jihatlar ham o'z aksini topgandir. 

      Asardagi  o'rni-o'rni  bilan  keltirilgan  hikoyatlar,  qissalarning  aksariyatida 

dunyoviy  ruh  kuchli,  bayon  uslubi  esa  xalq  og'zaki  ijodi,  xususan  ertaklarini  yodga 

soladi.  Ayni  choqda,  ular  Navoiyning  didaktik  qarashlari  xarakterini  butun  ilg'or 

(komil  inson  va  uning  fazilatlari)  va  ma'lum  cheklangan  (diniy  mistik  o'gitlar) 

jihatlari asosida belgilab berish imkoniyotini yaratadi. 

          "Nasoyim  ul-muhabbat"  esa  Navoiyning  tarjima  tarixi,  o'sha  davr  tarjima 

san'atining kriteriyalari va bu sohadagi Navoiy mahoratini o'rganishda muhimdir. Bu 

Jomiyning  "Nafohot  ul-uns"  nomli  asari  tarjimasi  bo'lib,  uni  Navoiy  ko'pgina  yangi 

ma'lumotlar  bilan  to'ldirgan  va  tahrir  qilgan.  Asarning  asosiy  mazmuni  tasavvuf 

ahliga  oid  ma'lumotlardan  iborat  esa-da,  unda  mohiyati  yorqin  didiaktik  fikrlar 

jamlangan.  Xususan,  davrning  muhtaram  shaxslari  sanalgan  zotlarning  turli-tuman 

sohada halol mehnat qilib hayot kechirganliklari, ulardagi insoniy fazilatlar, turmush 

qoidalarining  targ'ibi  ham  alohida  ta'kidlarda,  ham  maxsus  hikoyatlarda  berib 

boriladiki,  Navoiy  o'z  asari  qarshisiga  qo'ygan  muhim  vazifalar  shu  tarzda  bajarila 

boradi. 

          "Vaqfiya"ga  kelganda  shuni  aytish  kerakki,  asar  janr  nuqtai  nazaridan 

nihoyatda  murakkab,  sinkretik  xarakterga  ega.  U  bir  tomondan  muhim  hujjat, 

ikkinchi  tomandan  XV  asr  madaniy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayoti,  muallifning  o'z 

hayoti va faoliyatining ko'pgina qirralarini o'rganishda ahamiyatli bo'lgan tarixiy asar 

hamdir. 


      886|1481-82  yilda  yozilgan  "Vaqfiya"  kompozitsion  qurilishi  jihatidan  ikki 

mustaqil mundarijaga ega bo'lgan qismga bo'linadi. 

          Birinchi  qismda  Navoiyning  Husayn  Boyqaro  saroyiga  maxsus  farmon  orqali 


 

33 


taklif etilishi, bu vaqtgacha bo'lgan uning kayfiyati saroy xizmatida ekan paytlaridagi 

uning  nuo'uzi,  martabasi,  Husayn  Boyqaro  bilan  munosabatlari,  Navoiyning  davlat 

arbobi sifatidagi ko'p qirrali faoliyati haqida so'z ketadi. 

       Bu  qismdan  ma'lum  bo'ladiki,  Navoiy  temuriylarning  o'zaro  nizolarini,  ular 

o'rtasidagi  halokatli  urushlarni,  bu  urushlar  tufayli  xalq,  Vatan  boshiga  tushayotgan 

og'ir  musibatlarni,  Mashhad  va  Samarkanddagi  tahsil  mashaqqatlari  va  moddiy 

qiyinchiliklarni boshdan kechirgan Navoiy qarshisida o'zining yuksak orzu-umidlari, 

intilishlari, hatto ijodiy rejalari ham ma'nosizdek, ro'yobga chiqishi mumkin emasdek 

tuyuladi.  Shunung  uchun  ham  Husayn  Boyqaro  uni  Hirotga  chaqirganda  ko'p 

taraddulanadi va nihoyat "...necha nav' xizmatkim, dunyo sudi andin paydo... o'zimga 

lozim tuttim va necha nav' ishkim, xaloyiq duosiga bois qoshimda muqarrar qildim", 

- deya rozi bo'ladi va poytaxtga keladi. 

        "Vaqfiya"da Navoiy o'zining muayyan maqsadlari va ularni amalga oshirishdagi 

faoliyatini  birma-bir  umumlashtirib  bayon  etadi.  Bu  maqsadlar  yuksak  gumanistik 

xarakterga  ega  bo'lib,  ularni  oydinlashtirishda  Navoiy  insonparvarligidan  dalolat 

beruvchi  quyidagicha  bir  necha  yorqin  detallar  ham  mavjuddir:  Navoiy  podshoh 

xukmi  va  taklifi  bilan  belgilangan  o'zining  davlati,  maoshi  va  ixtiyoridagi 

daromadlarning barchasidan bir oddiy inson ro'zg'ori uchun zarur qisminigina o'ziga 

qoldirib,  ortig'ini    navkar,  cherik,  madrasa  hamda  xonaqoh  ahllari  ehtiyoji  va  xayrli 

binolar uchun saflab kelgan edi. 

      Navoiy  "Vaqfiya"da  o'z  ixtiyoridagi  sablag'lar  hisobiga  qurilgan  madaniy-ilmiy 

muassasalar,  turli  inshootlar,  bunyod  etilgan  bog'-rog'larni  sanab  o'tadi  va  bularni 

amalga oshirishda shohning unga iltifoti va madadini alohida e'tirof etadi. 

 "Vaqfiya"ning  birinchi  qismi  lirik  chekinish  o'rnidagi  Navoiyning  shohdan  qilgan 

ikki  iltimosi-haj  safariga  orzusi  va  barcha  xizmatlarni  tark  etib  badiiy  ijod  bilan 

shug'ullanish  umidini  Husayn  Boyqaroga  bildirish  bilan  yakunlanadi.  Ana  shu 

parchadagi  psixologik  xarakteristikadan  Navoiyning  davlat  arbobi  sifatidagi  ko'p 

qirrali faoliyatiqg'oyat murakkab va og'ir mashaqqatlarda kechgani, u anchagina alam 

chekib, azoblar tortib o'z xizmatini o'tagani ma'lum bo'ladi. 

      "Vaqfiya"ning  ikkinchi  qismida  Navoiyning  xayriya  ishlari  va  vaqf  qildirgan 

mulk,  yerlari  haqida,  vaqfiy  joylardagi  idora  yoki  xizmat  uchun  belgilangan 

lavozimlar,  tayin  qilingan  maosh,  o'rnatilgan  tartib-qoidalar,  xayriy  marosimlar, 

binolar ta'miri haqida so'z ketadi va hokazo. Bu qaydlar orasida muallifning talabalar 

va  mudarrislar  hamda  ularga  belgilangan  maosh  sistemasi  diqqatiga  sazovordir. 

Masalan,  har  bir  mudarrisda  11  tadan  talaba  bo'lishi  kerak,  talabalar  esa 

o'zlashtirishlari  darajasiga  qarab  a'lo,  o'rta  va  past  guruhlarga  bo'linadi  va  maosh 

belgilanadi.  Mudarrislar  madrasa  qoshida  yashashlari  kerak,  aks  holda  ular 

belgilangan maoshning yarmini oladilar. 

        "Vaqfiya"da  Navoiy  tomonidan  Husayn  Boyqaro  faoliyatining  ilk  davridagi 

ijobiy  jihatlariga  alohida  urg'u  beriladi.  Masalan,  Husayn  Boyqaroning  saltanat 

taxtini egallagach, birinchi tadbirlar qatorida o'z qo'l ostidagi turli qabilalar, urug' va 

tabaqalarga  munosabatining  to'g'ri belgilangani  masalasiga  e'tiborni  tortiladi.  Garchi 

buning  zamirida  ana  shu  turli  urug'  va  qabilalarning  moddiy  va  madaniy  hayotini 

yengillashtirish  masalasi  yotmasada,  ular  orasidan  chiqqan  amaldorlarga,  nufuzli 

shaxslarga  nisbatan  xolis  va  tekis  qarash,  ya'ni  ulani  davlat  ishlarini  bajarishga 


 

34 


barobar  jalb  etish  doirasida  bo'lgan  esa-da,  Navoiy  bu  tadbirni  ixtilof  va 

norozildiklarni bartaraf etilishi ijobiy qadam deb qaraydiki, bunda katta jon bor edi, 

albatta. 

        Zeroki, urug'-qabilalar orasidagi ixtiloflar hukmdorlarning ularga bo'lgan notekis 

munosabati bilan ham izohlanadi. Ayni choqda "Vaqfiya"dagi ba'zi ta'kidlar, she'rlar 

va  matn  zimnidagi  mavhumlardan  anglashiladiki,  Navoiy  va  Husayn  Boyqaro 

orasidagi  vaqt-vaqti  bilan  ziddiyatli  va  notekis  munosabatlar  bo'lib  turganini  uqsa 

bo'ladi. Quyidagi ruboiy shundan dalolat beradi; 

   

                            Shoh xizmatig'a birovki bo'lg'ay moyil,  



                            Ko'ru karu langu shol kerakdur hosil, 

                           Asrorining ifshosida gung aylasa til, 

                            Bu mushkul erur, barchasidin bu mushkul. 

   


     Shunisi  diqqatga  sazovorki,  asarning  boshidan  oxiriga  qadar  Navoiy  uchun 

xarakterli bo'lgan gumanizm, vatanparvarlik bosh xat bo'lib o'tadi. 

   

                         To hirsu havas hirmoni barbod o'lmas, 



                         To nafsu havo qasri baraftod o'lmas, 

                         To zulmu sitam jonig'a bedod o'lmas, 

                         El shod o'lmas, mamlakat obod o'lmas. 

   "Vaqfiya" yolg'iz tarixiy hujjat sifatidagi asargina emas. Unda  memuar xarakterga 

ega  bo'lgan  parchalar,  badiiy  lavhalar,  go'zal  she'riy  namunalar  va  biografik 

ma'lumotlar ham mavjud. 

        Asarga  alohida  joziba  baxsh  etgan  narsa-bu  muallif  obrazidir.  Unda  Navoiy 

adolat  va  ezgulik  yo'lida  faol  harakatda  bo'lgan  mohir  tashkilotchi  va  ilg'or  fikrli 

gumanist  hamda  ma'rifatparvar  arbob  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Navoiydagi  real 

insonga  xos  bo'lgan  ruhiy  holatdagi  yaxshilar  va  yaxshilikdan  xursand  bo'lish, 

yomonlar  va  yomonlikdan  ranjishi,  azob  chekishi,  butun  serqirrali  faoliyati  real, 

konkret  sharoitlarda  kechgan,  real  voqealik  va  undagi  real  insonlar,  real  ijtimoiy 

sharoit va munosabatlar bilan yaqindan bog'liq tarzda aks ettirolgandir. 

 Xulosaki,  "Vaqfiya"  XV  asr  madaniy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayot  tarixini, 

muallifning  o'zining  hayoti  va  faoliyatining  ko'pgina  qirralarini  o'rshanishda  muhim 

hujjatdir. 

         "Mahbub ul-qulub"-Alisher Navoiyning eng yirik nasriy asari bo'lib, 906|1500-

01  yilda,  muallif  umrining  oxirgi  yili  qalamdan  chiqqan.  Binobarin,  bu  asar  buyuk 

mutafakkirning  mazmunli  va  sermashaqqat  hayoti  davomida  to'plagan  g'oyat  boy 

turmush  tajribasi  va  xulosalarini  o'z  ichiga  olgan.  Adibning  o'zi  ham  asar 

muqaddimasida  yozadi,  "Shabob  avonining  bidoyatidan  quxulot  zamonining 

nihoyatig'acha  davron  voqiotidan  quxulat  zamonining  nihoyatig'acha  davron  voqioti 

dan  va  sipehri  gardon  hodiotidan  va  dahri  fitnaangiz  buqalamunlig'idin  va  zamonai 

rangomiz  gunogunlig'idin  muddati  madad  va  ahdi  band  har  nav'  shiq  va  suratda 

aqdom  urdum  va  har  tavr  suluk  va  qisvatda  yugurdum  va  o'zumni  yaxshi  yomon 

xizmat va suhbatig'a yetkurdum... goh ilm madorisida safi niolda yer tuttum va ulamo 

majolisida  ilm  nuridin  ko'ngulni  yoruttum...  maqsad  bukim,  har  nav'  elga  o'zumni 


 

35 


yetkurupmen  va  yaxshi-yomonning  af'olin  bilibmen  va  yamonu  yaxshi  xislatlarin 

tajriba qilibmen.. 

     Bu nav' as'hob va ahbobg'a intiboh qilmoq vajib ko'rundi..." 

     Demak,  Navoiy  bu  asar  odamlarga  o'rnak  bo'lishi,  yaxshilik  va  yomonlikni 

belgilashda,  go'zallikni  ardoqlash,  ezgulikka  intilish  va  yomonlikdan  qochishlarida, 

voz kechishlarida dasturul amal bo'lishini ko'zda tutadi. 

       Navoiyning nasriy merosida "Mahbub ul-qulub" o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, bu 

asarning Sharq badiiy tafakkuri tarixidagi roli ham salmoqlidir. Adib o'zining boy va 

serqirra  hayotiy  tajribasiga  asoslanib,  agar  ta'bir  joiz  bo'lsa,  shunday  bir  ko'zgu 

yaratadiki,  unda  kitobxon  insonga  xos  fazilatlarni  ham,  unga  yot  bo'lishi  lozim 

bo'lgan  xosiyatlarni  ham  yaqqol  ko'ra  oladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  Navoiy 

o'zining  bu  asari  qarshisiga  eng  avval  ulkan  falsafiy  va  didaktik  problemalarni 

qo'yadi va "o'quguvchilar diqqat va e'tibor ko'zi bilan nazar solg'aylar va har qaysi o'z 

fahmu  idroklariga  ko'ra  bahra  olg'aylar"  deb  uqtiradi.  Shu  jihatdan  qaraganda, 

olimning  bu  asari  Sa'diy  Sheroziyning  "Guliston"i,  Abdurahmon  Jomiyning 

"Bahoriston"i kabi ko'p jihatdan didaktik bo'lgan asarlar bilan hamohangdir. Ammo, 

Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub"ning biror joyida ham bu asarlarga tatabbu qilish 

niyati  borligi  yoki  ularga  javob  tarzidagi  biror  ish  qilmoqchi  ekanligiga  ishora 

qilmaydi. Demak, Navoiy o'z zamonasigacha bo'lgan Kaykavusning "Qobusnoma"si, 

Sa'diyning  "Guliston"i  va  Jomiyning  "Bahoriston"i  kabi  asarlarga  nisbatan  ham 

boshqacha tipda asar yaratishga bel bog'lagan. 

        "Mahbub  ul-qulub"  chindan  ham  tematikasi,  forma  va  priyomlari  jihatidan 

yuqorida  nomlari  keltirilgan  noyob  asarlarga  garchi  biroz  o'xshasa-da,  mohiyati 

jihatidan  ulardan  mutlaqo  farq  qiladi.  Agar  bu  farqni  umumiyroq  bir  tarzda 

xarakterlash  mumkin  bo'lganda  "Qobusnoma",  "Guliston",  "Bahoriston"  kabi 

asarlarga  adabiy  badiiy  didaktika  xos  esa,  "Mahbub  ul-qulub"da  shular  bilan  birga 

fosh  qiluvchilik  momentlari  va  sotsial-publitsistik  ruh  g'oyat  kuchli  ekanligini  qayd 

etish  o'rinli  bo'lardi.  Gap  shundaki,  "Mahbub  ul-qulub"  asarida  Navoiy  eng  avval 

buyuk  mutafakkir,  qomusiy  bilim  egasi  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Navoiy-shoir, 

Navoiy-satirik.  Xalqning  ko'p  asrli  maqol,  matal  va  hikmatlarini  zarshunoslik  bilan 

mujassamlantira  olgan  buyuk  folklorist  Navoiy  siymosi  ham  bu  asarda  ro'yi-rost 

namoyon  bo'ladi.  Xullas,  "Mahbub  ul-qulub"  Alisher  Navoiyning  buyuk  kamolotini 

namoyish  etuvchi  va  uning  eng  ilg'or  etik  va  estetik  qarashlarini  g'oyat  ixcham  va 

ko'rkam  tarzda  jamuljamlashtiruvchi  asardir.  "Mahbub  ul-qulub"  uch  qismga 

bo'linadi. Asosan ijtimoiy mazmun kasb etuvchi birinchi qismida o'z davridagi feodal 

jamiyatda mavjud turli sotsial tabaqalar har birining jamiyatda tutgan o'rni va vazifasi 

haqida, o'z burchiga to'g'ri, halol munosabatda bo'lishi kerakligi haqida so'z yuritadi. 

Aks  faoliyatda  bo'lganlarni  Navoiy  qattiq  qoralaydi.  Odil  va  zolim  podshohlar, 

firibgar va johil amaldorlar, yaxshi va yomon san'atkorlar, qalamkashlar, riyokor din 

ahllari  va  h.  K.larning  haqiqiy  portretlarini  va  ijtimoiy  "af'olini"  realistik  va  satirik 

bo'yoqlarda beradi. 

          O'z  zamonasining-"buqalamunligini",  "iflos  va  notovon",  "nomurodlig'"larga 

yo'liqtiruvchi", kishilik boshiga tosh yog'diruvchi, "jafou dunluq"larga to'la ekanligini 

ko'ra  olgan  Navoiy  hamisha  keng  meqnatkashlar  ommasi  tomonida  bo'ladi,  xalq 

boshiga tushgan jabru sitamdan qayg'uradi. Bugina emas, ana shu nomuvofiq ijtimoiy 


 

36 


voqelikni ilg'or qarashli inson sifatida idrok etib, bu illatlardan xalos bo'lish yo'llarini 

ham  qidira  boshladi.  Afsuski,  u  ana  shunday  najot  kalidini  faqatgina  "odil  salotin", 

"islompanoh  beklar",  vaziru  vuzarolarda  ko'radi.  Bu  esa  Navoiyning  o'z  davri 

farzandi  sifatidagi  intilishlari  va  dunyoqarashlaridagi  mahdudlik  bilan  izohlanadi. 

Shunday  qarash  taqozosi  bilan  u  shohlarning  jamiyatdagi  rolini  mustasno  deb  bildi. 

Navoiy  o'z  davrining  oddiy  namoyandasigina  emas,  balki  ilg'or  gumanisti,  faol 

kurashchisi,  sotsial  progressning  tinimsiz  izlovchisi  bo'lsa  ham  u  o'z  ilg'or 

intilishlarining  asoslarini  ideal  hukmronlar  bilan  uzviy  aloqadorlikda  ko'rdi. 

Uningcha,  shoh  odil  bo'lsa,  mamlakat  obod,  xalq  farovon  bo'ladi.  Aksincha,  shoh 

zolim  bo'lsa  hammayoq  xarob  bo'ladi.  Shuning  uchun  Navoiy  avvalgi  asarlarida 

bayon  etgan  o'z  tushunchalaridan  ideal  shoh  obrazini  ko'klarga  ko'taradi,  zolim 

shohlarni esa g'oyat keskin tanqid ostiga oladi. 

      "Mahbub  ul-qulub"da  Navoiy  ideal  shoh  haqidagi  ta'limotini  boyitadi.  U  zolim 

shohlarni  shunday  ta'riflaydiki,  natijada  tipiklashtirilgan  feodal  hukmdor  obrazi  ana 

shu  feodal  davr  illatlari  fonida  gavdalanadi.  Muallif  shunday  hokimlar  dorgohidan 

yiroq bo'lish zarurligini uqtiradi. 

        Navoiy odil shohga zolim va johil podshohlarni qarshi qo'yib, "odil shoh ko'zgu 

va  aning  uchasidur.  U  yorug'  subh,  bu  aning  qorong'u  kechasidur",-deb  yozadi. 

Shundan  keyin  Navoiy  zolim  shoh  hukmronligi  ostidagi  mamlakat  va  raiyat 

ahvolining  og'ir  va  xatarli  ekanligining  tasviriga  o'tadi:  ...  mulk  buzug'lig'idin 

zamirig'i  jam'iyat  va ulus  parishonlig'idin xotirig'a amniyat.  Obodlar  aning  zulmidin 

vayrona,  kabutar  tokchalari  boyqushg'a  oshyona...  Agar  qon  to'kmak  anga  pesha, 

kimki  joni  bor  anga  andesha"  Zolim  podshoh  nazdida  uzoq  muddat  sidqi  dildan 

yaxshi xizmat qilganlarning e'tibori yo'q, zeroki u kichik bir xato uchun ularni nobud 

qilishga tayyor. U o'ta johil bo'lib, fisq-fujurni, laganbardorlikni sezadi va h.k. 

       Navoiyning  zolim  shohga  bergan  xarakteristikasi  boshdan  oyoq  fosh  qilish  va 

qoralash ruhida yozilgan. 

       Navoiy  saroy  amaldorlari,  shoh  atrofidagi  mansabdorlar  va  boshqa  nufuzli 

tabaqalar,  chunonchi  "nomunosib  noiblar",(3  fosil),  (4-fasl),    "noqobil  sadrlar",  (6-

fasl),  "shaharda  olib sotquvchilar"  (27-fasl),  "shahna va  zindoniylar  va  asaslar"  (30-

fasl). "Yatim va laimlar" (32-fasl), "g'arib va benavolar" (33-fasl), "riyoniy shayxlar" 

(28-fasl)  va  vazirlarga  xarakteristika  berar,  ularning  jamiyatdagi  tutgan  o'rni  va 

rollarini belgilar ekan, o'zining gumanistik pozitsiyasidan kelib chiqadi. 

 

      Shoh  va  amaldorlar,  shoh  atrofidagi  ijtimoiy  guruhlar  haqidagi  bu 



aytilganlar  bilan  aloqador  holda  Navoiy  o'z  davrida  mustasno  ahamiyatga  ega,  ayni 

choqda  barcha  davrlar  uchun  ham  muhim  bo'lgan  yana  bir  masala  yuzasidan  juda 

muhim  fikrlarni  bayon  etadi.  Bu  g'oratchilik,  bosqinchiliq,  boshqa  mamlakatlar  va 

xalqlar  osudaligini  buzish  va  uni  talon-taroj  qilish,  mamlakatni  bo'lib  toshlaydigan, 

vayron  qiladigan,  aholi  boshiga  kulfatlar  soladigan  urushlar-ya'ni  bosqinchiliq  va 

prinsipsiz  urushlar,  ixtilof  va  qonli  to'qnashuvlar  haqidag'i  konsepsiyadir.  Bunday 

ilg'or  va  jangovor  bo'lgan  ta'limotni  Navoiy  asarning  "Yasog'liq  va  qora  cherik 

zikrida" deb atalgan faslida bayon etadi. 

       Navoiy  deydiki,-"Yasog'lik  degan  qora  cherik,  ya'juj  va  ma'juj  xayliga  sherik. 

Emgakdin alarga orom yo'q, yasoq tortardin bir nafas kom yo'q. Ishlari talay olg'onni 



 

37 


talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va yafrog'ni yalamoq... ularda odamiylikdan 

asar  yo'q  ...  mahluqotdin  mumtoz  hayvonliqlari  ko'pu  mardumliqlari  oz".  Shunday 

qilib,  xalqparvar,  tinchlik  va  osoyishtalik  tarafdori  bo'lgan  Navoiy  bosqinchalarini 

qattiq qoralaydi. Zotan, ular feodal tuzumining bosh tayanchi edilar. 

       Ma'lumki, din feodal tuzumining hukmron ideologiyasi va jamiyat qo'lida muhim 

qurol  bo'lgan.  Ana  shu  mavqedan  foydalangan  diniy  muassasa  vakillari  xalq 

manfaatiga  xiyonat  qilganlar,  uni  ezish  bilan  shug'ullanganlar.  Alisher  Navoiy 

shayxulislomdan  tortib  faqirlargacha,  qozilardan  tortib  shayxlargacha  har  birining 

qanday  bo'lishi  kerak  ekanligini  va  aslida  qanday  ekanliklarini  birma-bir  ochib 

beradi. 


 Alisher  Navoiy  mazkur  asarida  o'z  davrining  nufuzli  ijtimoiy  tabaqalarini  fosh  etar 

ekan,  ayni  paytda  quyi  tabaqalar  namoyandalariga  va  ularning  yaratuvchilik 

qudratiga  tahsin  o'qiydi.  Ayniqsa,  "Mahbub  ul-qulub"ning  dehqonlar  zikriga 

bag'ishlangan o'ttiz birinchi bobi buning eng yorqin misoli bo'la oladi. 

        Shunisi xarakterliki, Navoiy boshqa toifadagi kishilarni ta'riflagan taqdirda ham 

ularni  mavjud  bo'lishi  ehtimoli  bor  nuqson  va  illatlarini  ko'rsatib  o'tadi.  Ammo 

dehqonlar  haqida  gap  borganda,  hatto  bir  og'iz  ham  illat  yo  nuqson  ko'rsatmaydi. 

Aksincha,  "odam  ma'murlig'i  alardin,  olam  ahli  masrurligi  alardin  ekanligini  aytib, 

mehnatkash dehqonlarning barcha ishlarini mehr bilan madh etadi. 

        O'rta asr feodal tuzumi sharoitida shahar hunarmandlari va shuning kabi kustar 

xo'jaliklar ishlab chiqargan mahsulotlarini ham inkor etilmasa-da, dehqon bosh ishlab 

chiqaruvchi  kuch  bo'lgan.  Navoiyning  katta  tahsiniga  loyiq  bo'lgan  ana  shu  asosiy 

kuch jamiyatning asosiy moddiy bazasini yaratgan. Bu holni, Alisher Navoiy alohida 

uqtirib o'tadi: dehqon don sochishidan boshlab qushlaru jonivorlar undan bahramand, 

butun  borliq  obod.  Shoh  ham,  gado  ham  bir  tarzda  dehqonning  himmatiga  mahtal. 

Navoiy  dehqonning  tavsifi  uchun  "ojiz"  qolganligiga  iqror  bo'lib  deydiki, 

"dehqonning bir dona socharida bu holdur, o'zga ishlari ta'rifi maholdur". Navoiyning 

bu fasldagi chuqur samimiyat bilan sug'orilgan fikrlarini dehqonlar sharafiga aytilgan 

nasriy qasida deyish mumkin.  

        Alisher  Navoiyning  mazkur  asaridan  o'rin  olgan  mudarrislar,  tabiblar,  kotiblar 

kabi  ijtimoiy  gurruhlar  haqidagi  fikrlari  ham  e'tiborga  loyiqdir.  Olim  bu  toifadagi 

kishilar  haqida  gapirar  ekan,  ularga  xos  bo'lgan  kamchiliklar  va  shu  bilan  birga 

ularning ijobiy tomonlarini ham ko'rsatib beradi. 

       Alisher  Navoiy  mehnat  ashlining  yana  bir  toifasi-kitoblarning  ijtimoiy  o'rni  va 

roliga ham  yuksak baho  beradi.  Darhaqiqat,  o'z  zamonasining ma'rifat taratuvchilari 

bo'lgan  kotiblarning  umumjahon  madaniyati  tarixidagi  muhim  rolini  inkor  etib 

bo'lmaydi.  Shuning  uchun  ham  Navoiy  ana  shu  toifadagi  mehnat  ahlini  nazardan 

chetda qoldirmaydi. 

       Xullas  Alisher  Navoiy  o'z  halol  mehnati  tufayli  kun  ko'ruvchi  barcha  toifadagi 

kishilar  guruhiga  ham  o'ziga  munosib  baho  beradi.  Eng  muhimi  Navoiy  qalamga 

olgan  barcha  ijtimoiy  guruhlar,  toifalarga  yondoshishdan,  ularning  faoliyatiga  baho 

berishda  xalq  manfaati  bilan  bog'liq  bo'lgan  o'zining  ilg'or  qarashlaridan  kelib 

chiqadi. 

       Alisher  Navoiyning  adabiyot  va  san'at  namoyandalariga  bo'lgan  qarashlari  ham 

g'oyat  muhimdir.  Chunki  Navoiyning  qarashlari  faqatgaina  oddiy  nazariyotchi  yoki 


 

38 


xolis  tarixnavisning  qarashi  emas,  balki  butun  bir  davr  madaniy  hayotini  yo'naltirib 

turgan, uning burchini belgilab buyuk arbobning qarashidir. 

      Shubhasizki,  Alisher  Navoiy  adabiyot  va  san'atning  muhim  ijtimoiy  qurol 

ekanligini  yaxshi  anglagan.  Shuning  uchun  ham,  xoh  tazkirasida  bo'lsin,  xoh 

risolasida  bo'lsin,  xoh  dostonlarida  adabiyot  va  san'at  ahlining  madhiyasi,  tavsifga 

alohida  o'rin  ajratadi.  Shu  nuqtai  nazardan  yondashganda,  ularga  "Mahbub  ul-

qulub"da  berilgan  baho  ham  Navoiyning  butun  ijodiy  hayoti  davomida  tutgan 

pozitsiyasiga sodiq qolganligidan dalolat beradi. 

 Navoiy  bu  faslda  she'riy  ijodni:  "bag'oyat  arjumand  va  benihoyat  sharif  va 

dilpisand",  deb  ta'riflaydi.  Bu  ijod namunalari  esa,  "el  fayzi  uchun" xizmat  qilmog'i 

lozim deb uqtiradi. 

       Navoiyning  "Mahbub  ul-qulub"dagi  shoirlar  ijodining  g'oyaviy  yo'nalishiga 

qarab  muayyan  guruhlarga  ajratishi,  tuturuqsiz  ijod  egalarini  tanqid  qilishi  uning 

butun  ijodi  davomida,  xususan  "Majolisun-nafois"  ilgari  surgan  adabiyotning 

g'oyaviyligi  va  ijodkorning  burchi  xususidagi  fikrlarining  xulosasi  sifatida 

ahamiyatlidir. 

     "Mahbub  ul-qulub"ning  san'at  ahliga  bog'ishlangan  fasl  va  sahifalari  ham  juda 

maroqli va ibratlidir. 

       Asarning shu birinchi qismida Alisher Navoiyning axloqiy qarashlaridan dalolat 

beruvchi "kadxudolig' sifati va xotunlar zikrida" deb nomlangan fasl mavjud. Din va 

diniy  aqidalar  g'oyat  hukmron  bo'lgan  bir  davrda  Navoiy  xotin-qizlarning  ijtimoiy 

rolini e'tirof etadi va ularni ulug'laydi. 

      "Mahbub ul-qulub" ning ikkinchi qismi o'n bobdan iborat bo'lib, ular asos e'tibori 

bilan axloqiy masalalarga bag'ishlanadi. Bu qismda Navoiy qator axloqiy masalalarga 

bag'ishlanadi.  Bu  qismda  Navoiy  qator  axloqiy  kategoriyalar  yuzasidan  fikr 

yuritadiki, ular o'sha davr Sharq ma'naviy hayotida, mafkurasida katta o'rin tutar edi. 

Binobarin, Navoiy ularni chetlab o'ta olmas edi. Masalan, Navoiy diniy aqidalar bilan 

yaqindan aloqador bo'lgan tavba, zuhd, tavakkal, qanot, sabr va h.k. lar yuzasidan o'z 

qarashlarini  bayon  etadi  va  bu  o'rinlarda  ham  inson  uchun  manfaat  kelturuvchi 

momentlarga  alohida  fikr  beradi.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  Navoiy  tavazu'  odob 

kabi  axloqiy  kategoriyalarning  mohiyatini  ochib  berishga  intilar  ekan,  uning  aksi 

bo'lgan takabburlikni qattiq tanqid ostiga oladi. Uning talqinida ishq sotsial mazmun 

kasb  etadi.  Garchi  bu  bobda  ishq  tushunchasini  o'rta  asr  mutasavvufchiligi  bilan 

bog'liq tarzda mistik ta'rif ham berilsa-da, lekin uning Navoiy tasnifidagi uch turidan 

(birinchi  avom  ishqi:  ikkinchi-xavos  ishqi:  uchunchisi-siddiqlar  ishqi)  ikkinchisi 

hayotiy va yuqorida aytib o'tilganidek, sotsial ma'no tashuvchi hissiyotdir. 

  

                       



 

                   Adabiyotlar ro'yxati 

 I. Karimov Barkamol avlod orzusi.    T.2000 

 2. Karimov Istiqlol va ma'naviyat T.1994 

 3. O'zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 

 4. N.M.Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, "O'qituvchi". T., 1976. 

 5. O'zbek adabiyoti tarixi, 5 tomlik, 1-tom, "Fan", T., 1977. 


 

39 


 6. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. "Fan", T., 1971.  

 7.  Haqqulov  I.  Tasavvuf  va  she'riyat.  G'.G'ulom  nomidagi  adabiyot  va  san'at 

nashriyoti. T., 1990. 

 8 Shomuhamedov Sh. Fors-tojik adabiyoti klassiklari. O'zadabiynashr. T., 1963.  

 9. Homidov H. "Qirq besh alloma hikoyati". "Fan", T., 1994.  

 10. Haqqul I. "Tasavvuf va she'riyat".  G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashr. 

T., 1992. 

 11. Ahmedov B. Ajdodlar o'giti. "Cho'lpon", T., 1991.  

 12.  Jalolov  T.  Go'zallik  olamida.  Tanlangan  asarlar.  G'.G'ulom  nomidagi  Adabiyot 

va san'at nashr. T., 1979. 

 13. Valixo'jayev B. O'zbek epik poeziyasi tarixidan. "Fan", T., 1974. 

 14.  Valixo'jayev  B.  O'zbek  adabiyotshunosligi  tarixi.  X-XIX  asrlar.  "O'zbekiston", 



1993. 

 

Каталог: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling