Navro`z bahor bayrami
Download 35.5 Kb.
|
Navro\'z bayrami ssenariysi 4
Navro`z-bahor bayrami. (tadbir senariysi) 1-boshlovch: Bugun shodiyona Navro’zi olam, Orziqib kutilgan navbahor to’yi! Assalom yangi yil! Assalom bayram! Senga atalgusi yuraklar kuyi. 2- boshlovci: Yuraklarga solib hayajon, Eshik qoqar biz kutgan mehmon. Yelkasida bayram libosi, Qo’llarida ochil dasturxon. Dala dashtga bag’ishlab chiroy, Yurtga keldi yana ko’klamoy. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli mehmonlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. O’lkamizga zarg`aldoqli gulchambarlar bilan kirib kelgan Bahor bayramingiz muborak bo’lsin! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va sahovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun! 1-boshlovchi: “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. 2-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini _________________________________________________ga beramiz. ( Tadbir ochiq deb e’lon qilingandan so’ng davlat madhiyasi yangraydi) 1-boshlovchi: Bahor! Ona zamin borliqni barcha jonzotlarni, muborakbod etmoqda. Uning farzandi bo`lmish mo`tabar inson ham ko`hna Ona yerni hamisha sevib ardoqlaydi.Odamlarga rizq nasiba olib kelgan bunyodkor bahor! Sening yaratuvchi qudra-tingga hech bir kuch bas kelolmaydi. 2-boshlovchi: Yil o`tib zamin uzra zarrin yellar esib yeru- ko`kka jon bag`ishlab Navro`z keldi. Ushbu ulug` bayraming har galgi tashrifi bir-biridan quvvatli, bahor qushlari, gullari kabi yangi va xilma –xildir. ( O’quvchi-yoshlar ishtirokida raqs ijro etiladi ) 1-boshlovchi: - Har bir xalqning o’ziga xos qadriyat, an’analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg’ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo’lagi bo’lgan Navro’z ham har yili yangilanib borayotgan ulug’ va navqiron bayramdir. 2-boshlovchi: - Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro’z bayrami, u bilan bog’liq urf-odatlar haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Navro’z haqida fikr yuritadi. Alisher Navoiy Navro’z haqida gapirar ekan, “Har tuning qadr o’lubon, har kuning o’lsun Navro’z” deydi. ( O’quvchi-yoshlar ishtirokida Navro’z, bahor haqida she’rlar ijro etiladi ) 1-boshlovchi: Navro`z-bu haqiqiy xalq bayrami.Navro`zda odamlar hovli-joylarni tozalaydilar, gullar ekadilar. 2-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Ularning ayrimlari bilan hozir tanishamiz. 1-boshlovchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. Hamma bir-biriga jigar so`z ekan. Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. 2- boshlovchi: Assalom, tong kabi otgan Navro`zim! Assalom, yuzlari yorug` Navro`zim! Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz mehmonlar. Yangi yilingiz muborak bo`lsin, hey bolajonlar! Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan. Bahoroy dugonalari bilan kirib keladi. 1-boshlovchi: Aziz mehmonlar. “Navro`z” bayrami barcha sharq mamlakatlarida keng nisholanadi. 2-boshlovchi: Bizning bayramga bag`ishlangan tarbiyaviy soatimiz yakunlanayotgan bo`lsada, Ona yurtimizda sayl davom etadi. Biz sizlarga yaxshi kayfiyat, ko`tarinki ruh tilab qolamiz. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling