Navroʻz forscha زورﻮﻧ
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Navroʻz - Vikipediya
Chorshanbalar
Ozarbayjonning pochta markası. Ozarbayjonlik ayol bayramona kiyimda SSSR-ning pochta markası. Ozarbayjonda Navroʻz Baʼzi qadimgi manbalarda aytilishicha, koinot 4 unsur-suv, havo, tuproq, olovdan iboratdir. Har yil 4 chorshanba Navroʻzdan, kun va tunning tenglashishidan avval nishonlanadi.Yaʼni inson suv, olov, havo, tuproq bilan bogʻliqdir. Birinchi suv chorshanbasi deyiladi. Yaʼni bahorda daryolar daryoga tushib, muzli yerlar buloqqa aylanadi. Tuproq asta-sekin iliqlasha boshlaydi. Qızlar buloqlardan shirin suv keltiradilar, uyning atrofiga sepadilar, yuzlarini yuvadilar. İkkinchisi olov chorshanbasi deyiladi. Unga koʻra, bahorda quyosh asta-sekin tuproqni qizdiradi, insonni yaratmoq uchun tayyorlaydi. Olov chorshanbasida gulxanlar yoqiladi. Har bir oila aʼzosi uchun sham yoqiladi. Uchinchisi havo chorshanbasidir. Yaʼni shamol yerdagi daraxtlarni, gullarni silkitadi. Toʻrtinchisi tuproq chorshanbasidir. Tuproqni ona tabiat suv bilan ishlatdi, quyosh-la isitdi, insonni yaratmoq uchun hozirladi. Unga koʻra ilk bahor ekinini tuproq chorshanbasi kuni ekishni boshlagan. Keksa ayollar „bugʻdoyni, meni asra“ deb duo qiladilar. Odatlar Navroʻz bayramida quyidagi odatlar bajariladi: Shlyapa otmoq. Eshikka tashlangan shlyapani boʻsh qaytarmaslik. Quloq tutishga chiqish. Agar yashirin tinglanayotgan uydan xush suhbatlar eshitilsa, bu orzularning amalga oshishiga ishoradir. Odatga kora, dasturxonga „s“ harfi bilan boshlanadigan 7 yangi narsa qoʻyiladi Olovda toblanmoq. Olovda toblanayotganda quyidagicha aytiladi: „Ogʻirligim oʻtda yonsin“. Uzuk foliga qarash. Qizlar uzukni tutqichga bogʻlab suv toʻla stakanga soladilar.Uzuk stakanga necha marta tegsa qiz shu yoshida turmushga chiqadi. Bugʻdoy yetishtirish. Bu bahorning kelishiga ishoradir. Tuxum chaqishtirish. Oʻyinning natijasida taraflardan biri yutgan tarafning talablarini bajaradi. Mehmonga bormoq. Navroʻzda qarindosh va tanishlarning uyiga mehmonga ketadilar, ularga Navroʻz sovgʻalari oboradilar. Sham yondirmoq. Navroʻzda oilaning soni qadar sham yondiradilar. Urishganlarning yarashishi. Navroʻzda hech kim arazlashib qolmasligi kerak. Butun urishganlar yarashadilar. Yalla. Ozarbayjon xalqining qadim davrlaridan beri mavjud boʻlgan raqsidir. Buning maʼnosi insonlarning birligidir. Xoʻroz urishtirmoq. Buning uchun maxsus xoʻrozlar boqiladi. Navroʻz oʻyinları oʻynamoq. Masalan, enzeli. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling