Navro‘z keldi yurtimga! Bosh muharrir


Download 270.87 Kb.
Pdf просмотр
Sana08.07.2018
Hajmi270.87 Kb.

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

2016 yil 



 

 


 

 

Navro‘z keldi yurtimga! 

 

 

 

 

 

Bosh muharrir 

Qobiljon Qosimov 

Tahrir hay’ati 

G.Qoshmonova, 

D.Buvaboyeva, 

Sh.Usmonova 



Jamoatchilik kengashi 

V.Rajapov, S.Isoqov 

Q.Hakimov, A.Otaxonov 


 

 



 

 

  Navro‘z  bayramining  qachon  vujudga  kelgani  haqida  bizgacha  yetib 



kelgan  qadimiy  manbalardan  shu  narsa  ko‘rinadiki,  u  O‘rta  Osiyo,  Eron  va 

Afg‘onistonda  Ahamoniylar  davrida  (miloddan  avvalgi  VI  asrlarda)  keng 

tarqalgan.  Shu  ma’noda  Navro‘zning  tarixini  25-30  asrga  ega  deb  taxmin  qilish 

mumkin.  

Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat’iy nazar, u har tomonlama 

ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. 

Chunonchi,  quyoshning  hamal  burjiga  kirishi,  kunduzning  uzaya  boshlashi, 

yorug‘likning  kuchayishi,  tabiatning  jonlanishi  –  Navro‘z  deb  qabul  olingan 

(Navro‘z  –  «yangi  kun»  degan  ma’noni  bildiradi). 

Navro‘z  eski  quyosh  kalendari  hisobida  farvordin 

oyining  boshlanishiga  (hozirgi  22  martga)  to‘g‘ri 

kelgan.  Bu  kun  «kichik  Navro‘z»  deb  atalgan  va  bu 

kundan  boshlab  tabiatdagi  hamma  narsa  amalga 

kiradi, deb hisoblangan. 

Beruniy 

«Qadimiy 

xalqlardan 

qolgan 


yodgorliklar»  nomli  kitobida  qimmatli  ma’lumotlar 

berib,  unda  kichik  bayram  farvordin  oyining  oltinchi 

kunigacha  davom  etganini  ta’kidlagan.  Demak, 

farvordin  oyining  oltinchi  kuni  «Katta  Navro‘z»ning 

mohiyatini  bevosita  tabiat  bilan  bog‘laydi  va  bu 

haqda shunday yozadi: «… U butun yil unga xizmat 

qiladigan bir vaqtda, ya’ni bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar 

ochilguncha,  daraxtlar  gullashidan  mevalari  yetilguncha,  hayvonlarda  nasl 

vujudga  kelguncha  davom  etadigan  vaqtda  keladi.  Shuning  uchun  Navro‘z 

olamning  boshlanishi  va  yaratilishiga  dalil  qilingan».  Bu  fikrlar  Navro‘zning 

qadimdan  tabiat  va  bahor  bayrami  bo‘lganini  yana  bir  karra  isbotlaydi.  Biroq, 

tarixda  Navro‘zning  mazmunini  turlicha  talqin  qilib,  ba’zilar  uni  taraqqiy 

ettirishga, boshqalar esa uni ta’qiqlashga harakat qilishdi.  

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  Navro‘z  o‘tmishdagi  har  bir  sinfiy 

jamiyatda  podsholar  hukmdorligi,  diniy  ideologiya  ta’sirida  shaklan  o‘zgarib 

tursada, u o‘zining asosiy mohiyatini saqlab qoldi. U haqiqiy xalq bayrami bo‘lib, 

mehnat ahli orasida katta tantanalar bilan nishonlangan. 


 

 



Binobarin,  qadimdan  xalqda  bayramni  o‘tkazishning  o‘ziga  xos  tartib-

qoidalari bo‘lgan. 

Bayram  kuni  odamlar  bir-biriga  shakar  va  shirinliklar  hadya  qilish 

(hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), bir-biriga cuv sepish (bu yil suv ko‘p 

bo‘lsin,  hosil  yaxshi  bo‘lsin  degan  ma’noda)  va  boshqa  odatlar  keng  tarqalgan. 

Keyingi asrlarda esa hovli-joylarni tozalash, ko‘kat va gullar ekish, ota-ona, yoru 

do‘stlarni  ziyorat  qilish,  marhumlarning  qabrini  ziyorat  qilish  kabi  odatlar 

Navro‘z bayramining tarkibiy qismiga aylangan. 

Ma’lumki,  o‘rta  asrlarda  O‘zbekiston  hududining  turli  joylarida  Navro‘z 

o‘ziga xos usullarda uyushtirilgan. Uni nishonlash vaqti uch kundan tortib to 15 

kungacha  cho‘zilgan.  Masalan,  Xorazmda  Navro‘zdan  oldin  joylarda  maxsus 

yig‘in  bo‘lib,  unda  bayram  raisi  tayinlangan,  tantanalar,  tomoshalar,  sayillar 

o‘tkazish tartiblari haqida so‘z borgan. 

Navro‘z  odatda  bozor  qoshidagi  joylarda,  katta  maydonlarda,  shahar 

chekkalaridagi  sayilgohlarda  uyushtirilgan.  Odatda,  bayramning  birinchi  kuni 

quyidagicha  bo‘lgan:  ertalab  bayram  boshlangandan  keyin,  kun  o‘rtasida 

musiqachilar,  qo‘shiqchilar  va  boshqa  san’atkorlarning  ijrolari,  kechki  payt  esa 

sayillar, xalq o‘yinlari, bazmlar uyushtirilgan. 

Navro‘zning  tomosha  va  musobaqalari  kun  sayin  avjga  chiqa  boshlagan. 

Har xil musobaqalar: kurash, ko‘pkari (uloq), poyga bayramning ko‘rki bo‘lgan. 

Navro‘zning  juda  katta,  buyuk  tarbiyaviy  xususiyatlari,  odamiylik, 

insonparvarlik, umumbashariy sifatlarini ham ta’kidlamoq lozim. Navro‘z kunlari 

butun  xalq  xushchaqchakLik  bilan  hordiq  chiqargan.  Bu  bayram  nafaqat 

xursandchilik,  kulgu,  xushchaqchaqlik  bilan  chegaralanadi,  ayni  paytda  bayram 

oldi  va  undan  keyingi  kunlarda  kishilar  o‘z  yumush  va  tadbirlarini  ham 

rejalashtirib olganlar, unga umid bog‘laganlar. Qachon yer haydab, chigit qadash, 

sug‘orish haqida kelishib-kengashlar o‘tkazilgan. 

Navro‘z  –  xalqimizning  yaratuvchanlik  mehnati  bilan  bog‘liq,  uning  orzu-

umidlarini kuylagan, turmush tarzi, ma’naviyati milliy ruhini xalq ijodi, usuli va 

uslublari  yordamida  tarannum  etgan,  xalqimizning  boy  milliy  san’atini,  urf-

odatlarini o‘zida saqlagan bayramdir. U yoshlarni odamiylik, do‘stlik, o‘zgalarga 

hamdard bo‘lish, mehribonlik, mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutayotgan 

bir  paytda  diyorimiz  qo‘shni  mamlakatlar  bilan  madaniy-ma’naviy  aloqalarni 

mustahkamlab  bormoqda.  Bu  bayram  ham  ezgulik,  adolat,  insonga  hurmat 

tuyg‘ularini mustahkamlashga, xalqlar o‘rtasida birodarlik va birdamlikni, mehr-

oqibatni yanada kuchaytirishga da’vat qiladi. 

                              

 

 

 

 

“Umid” jurnali tahririyati 


 



8-mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami  



 

Jannat onalar oyog‘i ostida 

 

M.Tursunov – ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 



 

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda 

ko‘z  o‘ngimizda  avvalo,  ulug‘  va  tabarruk  ona  siymosi  gavdalanadi.  Inson  zoti 

borki,  olamdagi  barcha  yaxshilik  va  ezguliklarni,  hayot  siru-asrorlari  va 

saboqlarini  onaning  mehru-sahovati  tufayli  o‘rganadi.  Ayol  borki,  olam 

munavvar,  ayol  borki,  hayot  go‘zal  va  maftunkor.  Inson,  oila,  ayol 

tushunchalarini  bir-biridan  ajralgan  holda  tasavvur  etib  bo‘lmaydi.  Oilani  ham, 

jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni 

mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida 

mo‘'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. 

Xalqimizning  buyuk  tarixida  o‘zining  jasorat  va  matonati,  aql-zakovati, 

nafosat  va  nazokati  bilan  o‘chmas  nom  qoldirgan.  To‘maris,  Bibixonim, 

Gulbadanbegim,  Zebuniso,  Nodira,  Uvaysiy,  Anbar  Otin,  va  boshqa  yuzlab 

ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. 

Ulug‘ momolarimizga xos bo‘lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram 

ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda.  Ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-

ehtiromimizning  Yana  bir  sababi  shundaki,  ayol  avvalo  har  bir  insonning 

beshigini  tebratadigan,  oq  suti  bilan  uning    yuragiga  odamiylik  fazilatlarini 

singdiradigan,  uni  hayot  bo‘ronlaridan  asrab-avaylaydigan  fidoiy  insondir.  

Hadislarda "Ayollarni ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam 

xo‘rlaydi"  deb  bejizga  aytilmagan.  Ayollarni  izzat-ikrom  qilish  ota-

bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. 

Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlar  ham  xalqimiz,  avvalo,  opa-

singillarimiz,  munis  onaxonlarimiz  turmushi  farovonligini  yanada  yuksaltirishga 

qaratilgandir.  Onalik  va  bolalikni  himoyalash,  barkamol  avlodni  voyaga 

yetkazish,  oila  va  mahalladagi  ahillik,  hamjihatlikni  mustahkamlash  davlatimiz 

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. 

Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning 

farzandiga  bo‘lgan  mehri  naqadar  beg‘ubor.  Onaning  mehri  quyoshdek  issiq, 

beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa 

bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ona o‘z farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini 

baxsh  euvchi  chashmadir.  Farzand  esa  xuddi  shu  chashmadan  go‘zallikni, 

ezgulikni, olijanoblik va komillikni o‘ziga singdirib oladi. 

Biz  ham  maktab  internatimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  barcha  ayollarni, 

o‘quvchi qizlarni  bayram bilan muborakbod etamiz.  

 

 

 



 

6 b -sinf o‘quvchisi  



Bahromova Dildora. 

 

 



ONAJONIM MENING BORLIG‘IMSIZ. 

 

Deydilarki,  yuragimizni  urushi,  ko‘zlarimizni  ko‘rishi  hayotimizning  to‘laqonli 



kechishi,  ko‘zimizdagi  mehr,  muhabbat  kabi  tuyg‘ular,  insoniy  sabr,  sadoqat,  yangi  odamni 

dunyoga  keltirish,  g‘amxo‘rlik  qilish  jarayonidagi  fidoiylik,  yaqin  kishisini  baxti  uchun  eng 

og‘ir sinovlarga ham chiday olish fazilatlari bizga onalarimizdan o‘tar ekan. 

Agar  ona  bolani  faqat  dunyoga  keltirib  qo‘ya  qolganda,  u  inson  yaratishdek  buyuk 

vazifaga  daxldor bo‘1mas edi. Ana shunday, Xoliqi olam onaga ham o‘zining yaratuvchanlik 

sifatidan bir hissani ato etgan. Ona bir parcha etga hayot ato etadi, kuch-quvvat beradi, aytgan 

allalari,  ertaklari,  maqollari  bilan  uni  halqimizning  bitmas  tuganmas  ma`naviy 

sarchashmalariga oshno qiladi.    

  

Bizning qanday odam bo‘lib  shakllanishimiz aynan onalarga bog‘liqdir, onalar tufayli 



biz    xalqimiz  tomirida  oqqan  bir  tomchi  qonga  aylanamiz,  vatanimizni  bir  ko‘rkam  niholi 

bo‘lib o‘samiz. 

Haqiqiy ayol-ona hozirgina ochilgan gul bargiday nozik, nafis va ayni chog‘da zulmga, 

adolatsizlik,  bemehrlikka  nisbatan  murosasiz,    irodasi  mustahkam,  adolat  qilichi  kabi  beayov 

xilqatdir.  Ona  hamma  narsaga  chidashi  mumkin.  Lekin    yodimizda  bo‘lishi  kerak  har  bitta 

yomon  so‘z,  yomon  ish  uning  qalbini  tirnamay    qolmaydi.  Tirnalishlarning  o‘rnida  esa 

jarohatlar paydo bo‘lishi mumkin. 

   


Ona-dunyoda  eng  tabarruk  zot.  Ona  uchun  o‘z  farzandlarini  tarbiyalashdan,voyaga 

yetkazishdan  katta baxt bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham ona  farzand uchun  har qanday  

qiyinchiliklarga    bardosh  beradi,  chidaydi.  Farzand  uchun  chekilgan  bu  nihoyasi  yo‘q 

mashaqqatlardan xafa bo‘lish o‘rniga aksincha o‘zini baxtiyor his etadi. 

Onalar  o‘zini  o‘tga,  cho‘qqa  urib  zurriyodining    bezavol  o‘sishini,  voyaga  yetishini, 

katta  hayotga  qadam qo‘yishini ta`minlaydi.  Ona  hamma vaqt   quyosh  yanglig‘  hayotimizga 

nur sochib turadi. Bamisoli oy kabi tunimizni yorig‘ etadi. Shu bois eng yaxshi doston, qo‘shiq 

va she’rlar,  hikmatlar va hadislar ham onani ulug‘laydi. 

Dunyoni  o‘z    aql-idroki,  bilimi  bilan    munavvar  etib  kelgan  ulug‘  zotlar    ham  onalar 

oldida  ta`zim  bajo  qilganlar.  Zero  ularni  ham  ona  dunyoga  keltirgan.  Arastu  ham  onaning 

dilbandidir.  Firdavsiy  va  Sadiyni,  Xayyom  va  Iskandarni,  Temur  va  Navoiyni  ham  ona 

dunyoga keltirgan. 

   

Onajon! Qalbingizni daryoga o‘xshatdik. U shunday qudratga egaki, qahramonliklarga 



undaydi.  Jasorat  sari  yo‘llaydi.  Nurli  nigohingizdan  tomgan  mehr  tufayli  mag‘rur  boshlar 

sizning qarshingizda egiladi.Siz sher yuraklar sultoni bo‘ldingiz,muhtaram onajon! 

       Sen borsan tilimda shukrona, 

       Sen borsan qadamim mardona. 

       Shodliging chegara bilmaydi, 

       Sen-farzand, sen-dilbar, sen-ona. 

Hayot ham sendan boshlanar, onaginam. Shuning uchun ham hayot, iqbol, istiqbol deyilganda 

qad rostlayman. Hayotimizni shunchalar dilbar, shunchalar serfayz  etganing uchun senga yer 

o‘pib ta`zim qilamiz,muhtaram onam! 

Onalarimiz  haqida  harqancha gapirmaylik, har qancha  yozmaylik oz. Onalarimiz doim 

ulug‘lab kelingan va bundan keyin ham  shunday bo‘lib qoladi. Zero, hadislarda aytilganidek: 

Onalarning  oyog‘i  ostidadir  jannat-u  jinon  bog‘i.  Ravza  bog‘in    visolin  istar  bo‘lsang  bo‘l 

onalar oyog‘in tuprog‘i. 



 

 



Mart - Kimyo, biologiya, fizika, geografiya, jismoniy tarbiya fanlari oyligi 

 

Matlubaxon To‘xtasinova 



Kimyo fani o‘qituvchisi 

 

Mazkur  oylik  maktab  internatimizda  ko‘tarinki  kayfiyatda  boshlandi. 



Belgilangan    rejasiga  ko‘ra  turli  tadbirlar,  badiiy  kechalar,  konferensiya  va 

seminarlar  o‘tkazildi.  O‘tkazilgan  ochiq  darslarda  yangi  innovatsion 

texnologiyalardan,  axborot  kommunikatsiya  vositalaridan  foydalanildi.  Ilmiy 

maqolalar  va    refaratlar,  buklet  va  rasmlar  tanlovlarida  o`quvchilar  faol 

qatnashishdi.  

 

     

 

 

Quyida „Kimyo“ kechasidan lavhani e’tiboringizga havola etamiz. 



 

«Gugurtsiz olov» 

Kimyo  to‘garagmizning  faol  qatnashchilaridan  biri  9-sinf  o‘quvchisi 

G.Haydarova    sizlarga  «Gugurtsiz  olov»  dеb  nomalangan  qiziqarli  tajribani 

bajarib ko‘rsatadi. 

Inson  qadim  zomonlardan  buyon  olovdan  foydalanib  kеlmoqda.  Ammo 

olovning  tabiati,  yonish  protsеssi  uzoq  vaqt  qandaydir  bir  sirli  narsa  bo‘lib 

tuyulgan.  Kishilar  olov  chiqarish  yo‘lini  bilmaganlar.  Tabiiy  o‘zgarishlar  tufayli 

yuzaga kеlgan olovdan foydalanganlar. Hosil qilingan olovning uzoq vaqtlargacha 

o‘chirmasdan  saqlab  qolishga  uringanlar.  Axir,  olovdan  mahrum  bo‘lgan 

insonning holi qanday bo‘lishini o‘ylab ko‘ring-a. 

           

 


 

 



Bora-bora kishilar ikkita quruq cho‘pni bir biriga uzoq vaqt va shiddatli 

ravishda ishqalab olov chiqarishni  o‘rganganlar. Ammo  bu oson ish emas edi. 

Kеyinchalik  ular  chaqmoqtosh  bilan  tеmir  parchasini  bir-biriga  urganida 

chaqnaydigan uchqundan olov chiqarishga odatlanganlar.  

Yonish  kimiyoviy  hodisa  ekanligi  aniqlangandan  kеyin  kimiyoviy  yo‘l 

bilan  olov  chiqara  boshlada.  Buning  uchun  kishilar  dastlab  oltin  gugurtdan 

kеyinchalik havfsiz gugurtdan foydalanadigan bo‘ldilar. 

Mana mеn buni hozir qilib ko‘rsataman, - dеdi Gulsara. U stakandagi oq 

poroshok  ustiga  pipеtkada  bir  nеcha  tomchi  «suv»  tomizdi.  Poroshok  yonib 

kеtdi.  Shisha  tayoqcha  uchini  probirkadagi  «povidlo»ga  sal  botirib  oldida  uni 

kеltirib, spirt lampasi piligiga tеgizdi, pilig yonib kеtdi.  

Izoh:  Oq  poroshok  qand  bilan  bеrtolе  tuzi  aralashmasi,  «suv»  esa 

kantsеntrlangan  sulfat  kislota  edi.  Probirkada  kaliy  pеrmanganat  bilan 

kontsеntrlangan  sulfat  kislota  aralashmasdan  iborat  bo‘tqa  tayyorlangan  edi. 

Har  ikki  holda  ham  olov  hosil  bo‘lishiga  sabab  rеaktsiyalar  natijasida  ajralib 

chiqadigan atomar kisloroddir. 

 

«Bir idishda oddiy suv va anor suvi» 



 

Endi 


navbat 

to‘garagimizning 

yana 

bir 


faol 

o‘quvchilaridan 

M.Rahimovga.  «Bir idishda oddiy suv va anor suvi» dеb nomlangan qiziqarli 

tajribani bajarib ko‘rsatadi. 

Bir  butulkada  ham  oddiy  suv  va  anor  suvi  saqlanadi  dеyilsa,  ishonish 

qiyin. Kimyogarlar esa sizning xohishingizcha bir idishdan ham oddiy suv ham 

anor suvi quyadilar.  

Stol  ustida  turgan  idishdagi  suvni  uning  yonida  turgan  ikkita  stakanga 

quyib,  bunga  ishonch  hosil  qilishingiz  mumkin  –  Stakanlarning  biriga  suv 

quyilsa,  ikkinchisiga  «anor»  suvi  quyiladi.  Siz  buni  qandaydir  mo‘'jiza  dеb 

o‘ylasangiz kеrak. Yo‘q aslo  bunday emas. 

Izoh:  ikkita  stakanning  biri  haqiqatdan  toza  bo‘lib,  ikkinchisining 

dеvoriga  tomoshabinlarga  ko‘rsatmay,  sеzilmaydigan  darajada  ozgina 

fеnolftaliеn    poroshogi  yopishtirib  qo‘yilgan  edi.  Fеnolftaliеn  ko‘p 

ishlatiladigan indikatorlardan biridir. Idishdagi suyuqlik ham toza suv bo‘lmay, 

o‘yuvchi natriyning suyultirilgan eritmasi edi.  

 


 



6-“B”sinf o‘quvchisi Qodirova Zarifa. 



 

 

Kamalakni o‘zi mo‘jiza. 

 

Tabiatning  go‘zal  hodisalardan  biri  bu  kamalak.Uning  qanday  hosil  bolishi  haqida 



turli  taxminlar  bor.Yunon  faylasufi  Aristotel  kamalakning  paydo  bo‘lishi  sababini 

quydagicha tushintirgan. 

Quyosh  nuri  yoki  oq  nur  barcha  ranglarni  o‘zida  mujassam  etgan.Nurni  turli 

ranglarga  ajratuvchi  narsa  -  prizma  deb  ataladi.  Hosil  bo‘lgan  ranglar  o‘zaro  birikib 

ketuvchi chiziqlar hoshiyasini hosil qiladi va bu “spektr” kamalak deb ataladi. 

Kamalak katta  egilgan spektr yoki yomg‘ir tomchilari orqali o‘tib sinadigan nurning 

rangli  chiziqlardan  iborat  tasmadir.  Kamalak  asosan  jala  yog‘ayotgan  chiqadi.  Bu  vaqtda  

bir tomondan yomg‘ir yog‘ayotgan, boshqa tomondan esa quyosh charaqlab turgan bo‘ladi. 

Quyoshdan tushayotgan nurlar yomg‘ir tomchilariga tushib spektr hosil qiladi.Tongi 

kamalak  quyosh  sharqdan  nur  sochayotgani  va  yomg‘ir  sizni  g‘arb  tomoningizdan 

yog‘ayotganini  ko‘rsatadi. 

 

Ergashev Diyorbek 



6-“B”sinf o‘quvchisi 

 

Ilonlar haqida. 

 

   


Ilonlarni  oyog‘i  bo‘lmaydi,  ular  gavdasini  egib  yuradi.Qovurg‘alariga  tayangan 

holda  yuradi.  Ilonlar  yegan  narsasini  daraxtga  chirmashib  hazm  qiladi.  Agar  daraxt 

bo‘lmaganda ilon ham bo‘lmagan bo‘lardi. O‘zbekiston janubiy hududida kapcha iloni 

(kobra) tarqalgan, uning uzunligi  170 sm dan 2 metrgacha  bo‘ladi. Bu ilon  qurbaqa, 

kaltakesaklar  bilan  oziqlanadi.  Uning  zaharidan  tibbiyotda  foydalaniladi.  Bu  ilon  xavf 

tug‘ilganida,  odam  yaqinlashganida    tanasini  oldingi  qismini  ko‘taradi,  bo‘ynini 

kengaytirib ogohlantiruvchi holatga o‘tadi.        

 

 



Abdulboqiyeva Odinaxon. 

6-“B” sinf o‘quvchisi 

 

Taom totini qanday sezasiz? 

 

   Agar  tilingizni  oynaga  solib  qarasangiz,  uning  mayda  do‘ngliklar-so‘rg‘ichlar  bilan 



qoplanganini  ko‘rasiz.  Ta`m  bilish  retseptorlari  ana  shu  so‘rg‘ichlar  devoriga  joylashgan 

bo‘ladi. 

     Ta`m bilish retseptorlari odam tilida turli qisimlarga taqsimlangan bo‘ladi. Har bir qism 

muayyan bir ta`mni qabul qiladi.Tilni orqa qismi achchiqqa ta`sirchanroq bo‘ladi. Tilning 

yon  tomonlari  nordon  vas  ho‘rni,tilni  uchi  esa  shirinroq  ta`mni  yaxshiroq  sezadi.  Ta`m 

bilish jarayonida hid bilishning ahamiyati kattadir. “Shirin”, “yoki”, “bemaza” - buni ko‘p 

jihatdan  bizning  hid  bilishimizni  belgilab  beradi.  Masalan,  kofe  ichganimizda  ,avval 

issiqlikni,  keyin  ta`m  va  shundan  keyingina  shirinni  (agar  shakar  qo‘shilgan  bo‘lsa)  his 

qilamiz.  Kofe  hidi    halqum  va burun  orqali  o‘tib,  miyaga  signal  bergandan keyingina  biz 

uni shirin deya olamiz.Agar burun qisqich bilan qisib qo‘yilsa, kishi istemol qilayotgan bir-

biridan mutloq farq qiluvchi maxsulotlarni umuman farqlay olmaydi. 


 



6-“B” sinf o‘quvchisi Ergashev Otabek. 



 

Piyoz yetti dardga niyoz. 

 

Kundalik  hayotda    quyuq  –  suyuq    ovqatlarga  solib  yoki  salatlar  bilan  birga  



qo‘shib ko‘plab istemol etib turiladigan piyozni shifobaxshligi to‘g‘risida turli xalqlarda   

ajib maqollar ham bor.  

Yana  piyozni  turli  maqsadlarda  islatiladi.  Masalan  yeyiladigan  piyoz  turli 

suvlarning  zararini  ketkazadi.  Sasigan  suvga  piyoz  po‘chog‘i    tashlab  yuborilsa  hidini 

ketkazadi.  Piyozni  suvi  burunga  tomizilsa,  miyani  tozalaydi.  Bosh  og‘riganda,  quloq 

shang‘illashida, yiring va suv paydo bo‘lganida quloqqa piyoz seli tomiziladi. 

Piyoz  suvi  ko‘zni  ravshan  qiladi.  Sariq  kasaliga  ham  piyoz  foydali.Piyoz  selini 

tuz bilan birga quturgan it tishlagan joyga surtilsa foyda qiladi. 

 

6-“A”sinf o‘quvchisi 

Davlataliyeva Tillaxon 

 

Qiziqarli o‘lchovlar 

 

XIII asrda mashxur Italiyalik sayyoh Marko Polo Xitoyga borib, bu mamlakat boyligini 



ifodalash  maqsadida,  million  so‘zini  o‘ylab  topgan.  Ammo  million  so‘zi  so‘ngi  ulkan 

raqamni bildirmaydi. 

 

 

1.Million - birning yonidagi nollar soni 6 ta. 



2.Milliard - birning yonidagi nollar soni 9 ta. 

3.Trillion - birning yonidagi nollar soni 12 ta. 

4.Kvadrillion - birning yonidagi nollar soni 18 ta. 

5.Sekstillion - birning yonidagi nollar soni 21 ta. 

6.Septillion - birning yonidagi nollar soni 24 ta. 

7.Oktillion - birning yonidagi nollar soni 27 ta. 

8.Nonillion - birning yonidagi nollar soni 30 ta. 

9.Detsillion - birning yonidagi nollar soni 33 ta. 

10.O‘n detsellion - birning yonidagi nollar soni 36 ta. 

11.Dedetsillion - birning yonidagi nollar soni 39 ta. 

12.Guugl - birning yonidagi nollar soni 100 ta. 

 

 



Abdusamatov Shohruhbek 

6-“A”sinf o‘quvchisi 

 

1.Million qadam yursangiz, 600km yo‘l bosgan bo‘lasiz. 



2.Bir qator saf tortgan 1 million kishi 250 km masofani egallagan. 

3.Angishonada 1 million marta olingan suv qariyb 1 tonna bo‘ladi. 

4.Million betli kitobni qalinligi 50kg. 

5.Eramiz boshlanganidan buyon hali million kun o‘tgan emas. 



 

 



Biz  jurnal    sahifalarida  o‘zbekning  asl  farzandi,  samimiy  she’rlari  ohangrabo 

qo‘shiqlarga  aylanib,  har  bir  o‘zbek  xonadoniga  kirib  borgan,  XXI  asr  o‘zbek  adabiyotining 

so‘nmas yulduzi bo‘lib o‘quvchi qalbida o‘chmas iz qoldirgan otashin shoir Muhammad Yusuf  

ijodidan  she’rlarni  berib  borishni  oldimizga  maqsad  qilib  qo‘yganmiz.  She’r  yozishni  niyat 

qilgan,  she’riyat  bo‘stoniga  ilk  qadamlarini  qo‘yayotgan  o‘quvchilarga  she’rning  qanday 

kuchga ega ekanligini eslatib o‘tish bilan birga ularga baland parvozlar tilab qolamiz.  

Umid  jurnali  avvalo  yuragida  yurt  ishqi,  hayotga  mehri  baland  bo‘lgan  insonlar, 

bolajonlar  uchun  o‘z  sahifalaridan  joy ajratishini  yana  bir bor  eslatib o‘tamiz.  Azizlar. Ba’zi 

she’rlar  asl  she’rga  o‘hshamaydi,  yoki  she’r    qoidalariga  umuman  javob  bermaydi  kabi 

savollaringizga,  e’tirozlaringizga  asos  yo‘q  ekanini  eslatib  o‘tamiz.  Zotan  barcha  buyuk 

ishlarning zamirida oddiylik hamda tirishqoqlik, mehnat yotganligini eslatib o‘tamiz.  Asosiysi 

- qo‘lga qalam olib, mardlarcha ushbu maydonga kirib kelish. Qolganini kelajak ko‘rsatadi.

  

   

 

 



Ibragimova Zilola. 

9-“B”sinf o‘quvchisi 



Yot do‘stim… 

 

Mening hayot yo‘lim uzun, 

Ammo bahtli kunim qisqa. 

1 kun kelib 3kun yig‘lab. 

Yuribman-ku chidab asta. 

Dunyo menga ko‘p deb bildi, 

Kulib quvnoq yurishimni. 

Shu sababli qismat qildi, 

Xiyonatkor bir do‘stlikni. 

Men azobda yashayapman, 

Do‘stim beg‘am yuribdi-ku! 

Nega faqat men yomonman. 

Do‘stim yahshi bo‘libdi-ku! 

Hamma uchun men yomonman

Do‘stim esa oq farishta 

Nechun dunyo bunday ekan. 

Xiyonat bor har bir ishda, 

Do‘st degani tilim bormas 

Lekin hamon do‘st deyapman. 

Yot degani dilim bormas, 

Ammo chindan g‘am yeyepman  

Do‘stim birga yurar edik 

Birga quvnoqkular edik 

G‘amni birga yengar edik 

Endi-chi sen xor do‘stim 

Endi menga yot do‘stim. 

Qadrim yo‘qmi shunchalik. 

Dard chekmading menchalik 

Do‘stligimiz bir chaqalik 

Hozir do‘stga hor do‘stim. 

Endi menga yot do‘stim. 

 

 



 

 

 



              Muhammad Yusuf 

 

                   Onamga 

 

Men sizni o`ylayman shomu saharda, 

Ona, sog`insam ham bora olmayman,  

Tunlari charog`on shunday shaharda,  

Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.  

 

Men siz aytgandayin hammani sevdim,  



Hammaga ishondim, mana oqibat:  

O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,  

Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.  

 

Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,  



Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:  

Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,  

Uyuridan ajrab qolgan qulunman...  

 

Mana, ketayapman tosh yo`lda ko`zim, 



Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.  

Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,  

Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.  

 

Va sizni o`ylayman shomu saharda,  



Ona, sog`insam ham bora olmasdan.  

Tunlari charog`on shunday shaharda 

Hech kimga ko`nglimni yora olmasman...  

 

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,  



Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.  

Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,  

Sog`ingan o`g`lingiz - Muhammad Yusuf. 

 


 

10 


Dard chekmagin hech qachon, 

G‘am bilmagin hech qachon 

Men kulmayman xech qachon, 

Yig‘layapman dod do‘stim. 

Endi menga yot do‘stim

 

 



Xursandsan-ku endi mensiz 

Yig‘lab qoldi do‘stlik bizsiz. 

Dardli kunlar endi cheksiz 

Chin do‘stlikka zor do‘stim. 

Endi menga yot do‘stim. 

Ko‘rdim border chin do‘stlar 

Do‘stlikka chin yor do‘stim 

Men aldandim ey do‘stlar. 

Essiz o‘tgan dam do‘stlar 

Endi menga yot do‘stim. 

Menga soxta do‘stlar emas 

Makkor shirin so‘zlar emas 

Jovdiragan ko‘zlar emas, 

Faqat sirdosh kerak do‘stim 

Endi menga yot do‘stim 

Kulish kerak yig‘lash emas 

Do‘stlar do‘stdan hech ranjimas 

Derdi menga Xoin…Do‘stmas 

Xamon yodda shu so‘z do‘stim. 

Endi menga yot do‘stim 

Dunyo o‘zi asli borsan 

Keng bo‘lsangda  

menga torsan, 

Kqrlargachi sen orzusan 

Dunyo senga keng do‘stim 

Endi menga yot do‘stim. 

Senku mayli kulib ketding   

Yuragimni tilib ketding 

Ertaklarni so‘zlab ketding 

Jim tinglardim ey do‘stim  

Endi menga yot do‘stim 

Dushman bo‘lding  

hamma bildi 

Yuragimni alam tildi 

Sadoqatim kamlik qildi. 

Xiyonatingga bir boq do‘stim 

Endi menga yot do‘stim 

Do‘stmas menga  

dushman bo‘lib. 

Menga yovlar yo‘llab bo‘lib. 

Shuncha aybni qilib bo‘lib 

Men do‘stimdan kechib ketdim 

Aka-ukam chin do‘st ekan 

Menman endi shod do‘stim 

Endi menga yot do‘stim. 

Mirzakamolova Halima. 

5-“A”sinf o‘quvchisi 

 

Otajonim

 

Otajonim, otajonim, 



Mehribonim o‘zingiz. 

Ishdan kelsangiz doim, 

Sovg‘a olib kelasiz. 

Menga sovg‘a kerakmas, 

Baxtimga sog‘ bo‘lsangiz bas. 

Otajonim otajonim, 

Bizga siz mehribonim. 

Nurli go‘yo ko‘zingiz, 

Kulib turar yuzingiz. 

Bizga g‘amxo‘r o‘zingiz, 

Otajonim,jonajonim. 

 

Abdulboqiyeva Odina 



6-“B”sinf o‘quvchisi 

 

UMID !!! 

 

“Umid”ning har sonini



Birma-bir biz o‘qiymiz. 

Bosh qotirmalar yechib, 

Aqlimizni charxlaymiz. 

Unda “ranglar jilosi”, 

Ertaklarga sayohat. 

Yangraydi har navosi, 

Bizga bag‘ishlar rohat. 

Ingliz, rus tilini, 

Mukammal o‘rganamiz, 

Bu fanlardan albatta, 

A`lo baho olamiz. 

 

To‘lqinova Sarvinoz. 



5-“A”sinf o‘quvchisi 

 

Singiljonim

 

Yakka-yu yagonam 



Kichik mehribonim u. 

Singiljonim ,singiljon, 

Mehribonim singiljon. 

Uning ismi Kamola, 

Ismiga mos jismi, 

So‘ramang u donodir, 

Aqilli klaskomdir. 

Singiljonim,singiljon, 

Mehribonim ,singiljon. 

Xo‘jayev Azizbek. 

5-“A”sinf o‘quvchisi  

 

      Bahor. 

 

Bahor keldi  



Gullar ochildi. 

Moychechaklar ochildi, 

Daraxtlar gullarga to‘ldi, 

Quyosh charaqlab chiqdi. 

Daraxtlar chiroy sochar, 

Olamni bezab turar. 

 

   Abdullajanov Umidjon. 



 5-“A”sinf o‘quvchisi  

 

     O‘zbegimni qizlari. 

 

O‘sma qo‘ysa yarashar, 



Atlasdan chiroy ochar. 

Har dam ozoda yurar, 

O‘zbegimni qizlari. 

Har dam libar o‘zlari, 

Yonib turar ko‘zlari. 

Shirin shaker so‘zlari, 

O‘zbegimni qizlari. 

       


  Erkinov Rahmatulloh. 

 6-“B” sinf o‘quvchisi  

 

 “Umid”ni bilasizmi? 

      


Kichkintoylar, shirintoylar, 

“Umid”ni bilasizmi? 

Panda, Lolo, Maya bilan, 

Birga suhbat qilasizmi? 

Oyijon, o‘qituvchingiz 

Oqib bersa “Umid” 

Quvno she`r-u xandasidan, 

Qotib-qotib kulasizmi? 

 

Ingliz-u, rus tilida 



So‘zlashay desangiz oson. 

Obuna bo‘ling tezroq, 

Jurnal nomi-“UMID” 

         

 

           



 

 

11 


6-“A”sinf o‘quvchisi 

Olimjanova Mohinur. 

        

       Navro‘z  



 

 

Navro‘z  -   yangilanishdir, 



Yana yangi  kun demak. 

Yangilanish ramzi-bu, 

Ya`ni yaxshilik qilmak. 

 

Momolarimz doim, 



Buvijonim va oyim, 

Pishirishar sumalak. 

Bu ham an`ana demak. 

Boychechakni har Navro‘z, 

Ko‘zimizga surtamiz. 

Omon somonlik qilib

Yaxshilik deb bilamiz. 

 

Navro‘z olam shukuhi, 



Elimda gurkiraydi. 

Yurtim ma`naviyati boy, 

Bir birini yo‘qlaydi. 

 

To‘yu tomosha bugun, 



Chunki yurtimda Navro‘z. 

Xush kelibsan elimga 

Intiqib kutdik biroz. 

    


 

 

6-“B”sinf o‘quvchisi  



Mamadjanov Asadbek.  

 

         Bahor



 

Fasllar kelinchagi , 

Bahorayxon bo‘ladi. 

Boychechaklar chiqarib, 

Bizni hursand qiladi. 

Bahor kelsa bolalar, 

Boychechaklar teradi. 

Turna va g‘ozlar yana, 

Uchib qaytib keladi. 

Bahorda bayramlar, 

Juda ko‘plab bo‘ladi. 

Bu bayramda har doim, 

Navro‘z oyim keladi. 

     


 

 

5-“a”sinf o‘quvchisi   



Mansurov Zuhriddin. 

 

Eskiroq bo‘lib qoladi. 

 

Dilshod yangi tuflisini,  



Nimagadir kiymaydi. 

Yalan oyoq yurar nechun

Balki ko‘zi qiymaydi. 

Yomg‘ir yog‘ gupillatib, 

Dimog‘larni dupillatib. 

-Bor tufligingni kiyib ol, 

Bundda yurish g‘alati. 

-Agar uni kiysammi, 

Eski bo‘lib qoladi. 

   


      

 

 



 

6-“B”sinf o‘quvchisi  

Sotvoldiyev Alijon. 

 

   O‘zbegimni ayoli. 



 

 

Malohatli jamoli, 



Bahtdan so‘zlar kamoli. 

Boshda g‘ijim romoli, 

O‘zbegimni ayoli. 

 

Erta tongda non yopgan, 



Dalada ketman chopgan. 

Mehnat bilan baxt topgan, 

O‘zbegimni  ayoli 

 

Farzandigi jonsarak, 



Dilida ezgu tilak. 

Iboli bo‘lishi kerak, 

O‘zbegimning  ayoli 

 

Chiroylidir yuzlari, 



Kulib turar ko‘zlari. 

Muloyimdir so‘zlari, 

O‘zbegimning ayoli. 

 

Ishdan qochmas  



hech  ham ular, 

Har bir ishni puxta qilar . 

Rahmat deyimiz biz bolalar, 

O‘zbegimni ayoli. 

  

 

 



6-“B”sinf o‘quvchisi  

Abdujabborov Jasurbek. 

 

     Qaldirg‘och. 



 

 Bahor darakchisi . 

O‘zingsan qaldirg‘och. 

Uchib keldingmi , 

Janubdan qaldirg‘och. 

Bahorni ham, 

Olib kelding. 

Tog‘larda ham, 

Eridi qor. 

Bahor darakchisi , 

O‘zingsan qaldirg‘och. 

 

 



6-“A” sinf o‘quvchisi 

Sharipov Dostonbek. 

 

Qurbaqaning yozgan she`ri. 

 

Baliq bilan jo‘ramiz, 



Telivizor ko‘ramiz. 

Kelsa laylak pochchamiz, 

Salom bermay qochamiz. 

 

Cho‘milgani borgan oqqand. 

 

Oqqand ko‘lga sakradi, 



Har yoqqa suv sachradi. 

So‘ng ochsaki ko‘zini, 

Ko‘rmas emish o‘zini.   


 

12 


5-a sinf o‘quvchisi 

Sharafiddinov Nurmuhammad 

 

Ingliz tilida toping? 



1.Ninachi 2.Shifokor 3.Xanjar 4.Qo‘girchoq 

5.Masxaraboz  6.Oshpaz 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



6-b sinf o‘quvchisi 

Abdujabbarov Jasurbek

 

 

Ushbu chaynvord “Gul” so‘zi bilan 



boshlanadigan ismlarni oz ichiga olgan 

 

G  U  L 



 

 

 



 

 

G  U  L 



 

 

 



 

G  U  L 



 

 

 



O  N 

G  U  L 


 

 

 



R  A 

G  U  L 


 

 



 

 

G  U  L 



 

 

Z  A 



 

G  U  L 


 

 

 



O  R 

  

 



6-b sinf o‘quvchisi 

Ergashev Diyorbek 

 

 

 



 

 

 



 

 

  



     

  

 



 

Goal, penalty, 

 

 

 



  

 

 



 

 

     



  

 

 



play, attaeker, train, 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

  



 

 

 Foul, kick, skove, 



 

  

 



  

  

     



  

     


  

 

 



corner, pass. 

  

  



     

 

    



 

 

 



  

 

 



 

 

  



 

 

 



    

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

    


 

 

 



 

 

 



 

 

  



 

  

  



     

  

     



 

 

 



 

 

  



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Krossvordlar 

 

5-a sinf o‘quvchisi  



Ortig‘laiyev Qobiljon 

 

Mevalar nomi 



 

 

 



 

   5-a sinf o‘quvchisi 

Ahmadjanov Barkamol 

  

O‘quv qurollari va ish qurollari 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1   

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

 



 

3   


 

 

 



 

2    


  

  

  



  

 

 



5   

 

  



 

 

4    



  

     


  

 

  



 

 

 



  

 

 



  

 

 



  

 

 



 

  

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

 



 

 

 



  6-a sinf o‘quvchisi 

Tursunboyev E`zozbek 

 

 

 Find 16 words 



    

   


 

 

 



 

 

 



 

 

5  6 



1  2  3  4    

  

o  n  a 



y  e 

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



 

  

  



 

 

 



 

 

  



 

 

 



 

 

  



 

 

 A 



C  

C  


O  



O  


N  

 M  A  


A    R 

A   A  




 B 

B  


L  

 A 


B   G  

E  


T  

E  


 U 



N  

B   G  


 - 

R  


D  

 L 


N   G  


I  

C  


E  

 I 


 A 


G  

D    E 


T  

R  


R  

Ch   E  


 N 

E  


A    N 



A  


 C 


 R 



A    I 



 E 


 S 







 

13 


 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1. Gulqo‘rg‘oni qo‘shilmagan o‘simlikka misol. 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2. Qon bosimni kamaytiradigan o‘simlik. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



3. Savatchada joylashgan o‘simlikka misol. 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4. Zeb ziynat tayyorlanadigan o‘simlikka misol. 



 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



5. Chin mevaga misol. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

6. Issiq mamlakatda pishadigan mevani biri. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



7. To‘pgulli qalqonsimon o‘simlikka misol. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

8. Chin mevaga misol. 

 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4  k  o 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



8  o 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



6-b sinf o‘quvchisi 

Ne`matjanov Yaxyomirzo 

 

          O‘             



1.Sinf kitobi. 

         

           



2.To‘ni yo‘l yo‘l ot. 

         

           



3.Sport turi. 

         

           



4.So‘z mulkining sultoni—Navoiy 

         

           



5.O‘zbekiston poytahti 

         

           



6.Shoira … Isroilova 

         

           



7.Besh dostonni o‘z ichiga olgan asar 

         

           



8.O‘quv dargohi 

         

O             

9.Vatan … boshlanadi 

         

           



10.Eng aziz ne`mat 

 

5-a snf o‘quvchisi 



Muhammadjanov Azamat 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



P  R  I  N  T  E  R   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

5-a sinf o‘quvchisi 



Rustamov Asadbek 

 



O  P  T  O  K 

O  R 



O‘  L 


 

 

 



O  N 


O‘  L 


 

 

 



A  B 


A  Y 


 

 

 



CH  O  Q 

A  F 



 

 

 



U  Z 


A  R   


 

 



O  Z 

A  K 



 

 

 



I  K 


CH  O  R   

 

 



O  N 


 

 

14 


5-“A” sinf o‘quvchisi 

Mamadshayev Ibrohimjon

 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.Doim mehnat qiladi? 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2.O  jaranglimi yoki jarangsiz? 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

3.Mening ismim? 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

4.Oy haqida ism? 

 

 



 

 

  N   



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

  4  O   



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  Sh   



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



5-a sinf o‘quvchisi 

Axmedov Yunusali 

 

 

  1        K     



1,2,4- Toshkent viloyatidagi shaharlar 

 

  2        E     



3. O‘zbekiston poytaxti 

 

  3        N     



 

4   


 

      T     

 

 

Tilanboyev Bobur 



6 b sinf o`quvchisi 

 

Matematik masalalar 

 

1-mаsаlа. Vеlоsipеdchi 30 km yo’l yurishi kеrаk edi. Vеlоsipеdchi tаyinlаngаn vаqtdаn 

3 minut kеch yo’lgа chiqib, 1 km/s оrtiq tеzlik bilаn yurdi vа bоrаdigаn jоyigа o’z vаqtidа еtib 

kеldi. Vеlоsipеdchining tеzligini tоping? 

               

 

 

 



 

J: 25 km/s. 



2-mаsаlа.  Ikki  stаnsiya  оrаsidаgi  mаsоfа  96  km.  Bu  mаsоfаni  birinchi  pоеzd  ikkinchi 

pоеzddаn  40  minut  tеz  o’tаdi.  Birinchi  pоеzdning  tеzligi  ikkinchi  pоеzdning  tеzligidаn  12 

km/s оrtiq bo’lsа,  ikkаlа pоеzdning tеzligini tоping? 

J: Birinchi pоеzd tеzligi 48 km/s,  

ikkinchi pоеzd tеzligi 36 km/s. 

3-mаsаlа. Ikki  yo’lоvchi bir vаqtdа bir-birigа qаrаb А vа B shаhаrlаrdаn  yo’lgа chiqdi. 

Birinchi yo’lоvchi ikkinchisidаn bir sоаtdа 2 km/s оrtiq yo’l bоsаdi vа u ikkinchi yo’lоvchi А 

shаhаrgа bоrmаsdаn bir sоаt оldin B shаhаrgа еtib bоrаdi. А vа B shаhаrlаr оrаsidаgi mаsоfа  

24 km. Hаr qаysi yo’lоvchi bir sоаtdа nеchа kilоmеtr yo’l bоsаdi?  

   

 

 



 

 

 



 

           J:  6 km  vа  8 km. 



4-mаsаlа.  А  vа  B  shаhаrlаr  оrаsidаgi  mаsоfа  200  km.  А  shаhаrdаn  B  shаhаrgаchа  bir-

birigа  qаrаb  bir  vаqtdа  ikkitа  аvtоmоbil  yo’lgа  chiqdi.  Birinchi  аvtоmоbil  ikkinchi 

аvtоmоbilgа qаrаgаndа 20 km tеz yurdi vа ikkinchi аvtоmоbilgа qаrаgаndа 50 minut оldin еtib 

kеldi. Hаr qаysi аvtоmоbilning tеzligini tоping?  

J: 80 km/s vа 60 km/s. 

5-mаsаlа.  Ikki  pristаn  оrаsidаgi  mаsоfа  60  km.  Mоtоrli  qаyiq  bu  mаsоfаni  оqim 

bo’yichа оqimgа qаrshi suzgаnidаn kеtgаn vаqtgа qаrаgаndа 50 minut tеz suzib o’tаdi. Аgаr 

dаryo оqimining tеzligi sоаtigа 3 km bo’lsа, mоtоrli qаyiqning tеzligini tоping?    J: 21 km/s. 


 

15 


 

 

Hursanoy Mamajonova 

Guruh tarbiyachisi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

16 


 

 

 



 

L.Ne’matullayeva 5 b sinf                 A.Sotvoldiyev  6 sinf                         Sh.Jo`rayeva 6 a sinf 

 

             



S.Abdumajidov   6 sinf     

 

Bahramova D  6  b sinf 



 

 

 

 

22-mart - buyuk olim, munajjim va shoh  

Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun 

 

 

  

 

Jurnal hamkori: “Ziyo-foto”

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Umid” umidlarning porloq oshyoni, 

Nurli kelajakning ayni o‘zidir! 

“Umid” muxlislarning eng qadrdoni

“Umid” ijodkorning ko‘ngil so‘zidir! 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling