Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


-MAVZU:IJTIMOIYLASHTIRISHNING OMILLARI VA MEXANIZMLARI


Download 224.97 Kb.
bet7/23
Sana01.01.2023
Hajmi224.97 Kb.
#1074623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
2-MAVZU:IJTIMOIYLASHTIRISHNING OMILLARI VA MEXANIZMLARI.
Reja:
1.Makro,mikro omillar ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizimlari .
2. Ijtimoiylashuv omilari.
3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni .


Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy tarbiya, Korrektsion tarbiya, gayri-ijtimoiy tarbiya, Tarbiya tamoyillari, jamoaviyligi tamoyili, madaniylashuvi tamoyili


Makro,mikro omillar ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizimlari.
jtimoiylashuvning omillari ikki - tashqi va  ichki guruxga bo`linadi.Ijtimoiylashuv bolalar, o`smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko`p sonli shart-sharoitlar bilan o`zaro munosabatida yuzaga keladi.
Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O`rganilgan omillar haqida bilimlar etarli emas.
Ijtimoiylashuvning omillari 2 guruhga bo`linadi: 

  1. Tashqi

  2. Ichki.

Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
Mega omillar (mega-eng katta)-kosmos, er shari, planetar jarayonlarni kiritsa bo`ladi.
Makro omillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni erning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko`rsatadigan omillarni kiritiladi.
Mezo omillar (mezo-o`rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko`ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezo omillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sirqiladi.
Mikro omillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga -oila, qo`shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlari kiradi.
Ichki omillar:
Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologic  omillar ham mavjud. Ularni bir- biridan mustaqil o`rganishning iloji yo`q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko`rsatiladi.

Download 224.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling