a) do’st va insonparvar kishi sifatida (2 ochko);
b) o’ziga qattiq ishongan kishi sifatida (3 ochko);
v) xotirjam va vazmin kishi sifatida (1 ochko).
Qaysi hayvon bilan xayolan chiqisha olasiz?
a) ayiq (1 ochko);
b) mushuk (2 ochko);
v) yo’lbars (3 ochko).
Biror kishi bilan janjallashib qolganingizda, yarashish uchun sabab
izlashga harakat qilasizmi?
a) hech qachon (3 ochko);
b) doimo (1 ochko);
v) ba’zan (2 ochko).
Suhbatdoshingiz sizning suhbatingizni tinglamasa qanday yo’l tutasiz?
a) nimaga mening suhbatim uni qiziqtirmayotganligini odob bilan so’rayman (2 ochko);
b) namoyishkorona suhbatni to’xtataman, yoki umuman qayrilib ketvoraman (3 ochko);
v) vaziyatni xotirjam baholayman, sukut saqlab, so’ngra muloqotni davom ettiraman (1 ochko).
Maktabda sizning farzandingizni bir bola xafa qilsa nima qilasiz?
a) pedagogni jalb qilib, darhol chora ko’rishni talab qilaman (3 ochko);
b) muammoni hal qilishni farzandimning o’ziga havola etaman (1 ochko);
v) o’sha bolaga qanday «javob» qaytarish kerakligini farzandimga o’rgataman (2 ochko).
O’zaro murosaga kelishda doimo peshqadamlik qilasizmi?
a) hech qachon (3 ochko);
b) sharoitga qarab (2 ochko);
v) ko’pincha (1 ochko).
Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo’l harakatiga taalluqli bo’lgan
biror qoidani o’rgatasizmi?
a) hech qachon (1 ochko);
b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ochko);
v) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo’ya manyovr qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ochko).
Siz o’zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |