Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi


-bosqich Yakuniy bosqich


Download 242.81 Kb.
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi242.81 Kb.
#1750951
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 m Orif

3-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 min)

Mashg’ulot yakuni.
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarni izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.


Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yoriqnoma beradi (7- ilova)

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

Maxsus fan o’qituvchisi: O.Xandalov
4-Mavzu: Tormoz tizimi


Reja.



  1. Tormoz tizimlarining turlari va ularning vazifasi.

  2. G‘ildiraklarning tormoz mexanizmlari

  3. Tormoz tizimlarining yuritmalari

  4. Tormoz tizimining asosiy nosozliklari

  5. Tormoz tizimiga texnik xizmat ko’rsatish



Avtomobilning harakati davomida, vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to‘xtatish zaruriyati tug‘iladi. Agar dvigatel yetakchi g‘ildirak- lardan ajratib qo‘yilsa, avtomobil o‘zining inersiyasi hisobiga harakatini davom ettiradi. Avtomobilning harakatlanishiga qarshilik kuchlari hisobiga (yo‘lning, havoning qarshilik kuchlari, transmis- siyadagi ishqalanish kuchi va h.k.) avtomobilning tezligi pasayib boradi va nihoyat avtomobil to‘xtaydi. Bu holda to‘xtash yo‘li katta bo‘ladi. To‘xtash yo‘lini qisqartirish uchun qo‘shimcha tormoz kuchidan foydalaniladi. Tormoz kuchi g‘ildirak bilan yo‘l orasida hosil bo‘ladi. Tormoz mexanizmi g‘ildiraklarning aylanishiga qancha katta qarshilik ko‘rsatsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Tormoz kuchining maksimal qiymati PTmax g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish kuchiga va g‘ildirakka yo‘ldan ta’sir qilayotgan vertikal reaksiya Rz ga bog‘liq:
PTmax = Rz9, (9—g‘ildirakning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti).
Ilashish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, tormoz kuchi ham shuncha katta bo‘ladi. Masalan, asfalt yo‘llarda ilashish koeffitsiyenti 0,8 bo‘lsa, namlangan asfaltda ilashish koeffitsiyenti 0,5 gacha pasayadi. Tormozlash jarayonida g‘ildirak aylanib tursa, ilashish koeffitsiyenti g‘ildirak aylanmasdan sirpanib harakatda bo‘lganiga nisbatan 20—30 % yuqori bo‘ladi.Tormoz boshqarmasi harakatlanayotgan avtomobil tezligini kamaytirish, to‘xtatish va to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Har bir avtomobil ishchi, zaxira va to‘xtab turish tormoz tizim- lari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ushbu tormoz tizimlarining yig‘indisi tormoz boshqarmasi deb aytiladi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobilning barcha ish tartiblarida uning tezligini pasaytirish va butunlay to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Bu tizim tormoz tizimlari ichida eng samaralisi hisoblanadi.

Download 242.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling