Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi


Download 242.81 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi242.81 Kb.
#1750951
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 m Orif

Ehtiyot tormoz tizimi ishchi tizim ishlamay qolgan hollarda avtomobilni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Ishchi tizimga nisbatan tormozlash samarasi pastroq bo‘ladi. Ko‘pincha ehtiyot tormoz tizimi vazifasini ishchi tormoz tizimining soz qismi (konturi) yoki to‘liq to‘xtatib turish tizimi bajarishi mumkin.
To‘xtatib turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilni joyida tutib turish, o‘z-o‘zidan yurib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xizmat qiladi.
Qo‘shimcha tormoz tizimi jami vazni 12 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillarda hamda tog‘ sharoitida foydalanishga mo‘ljal- langan avtomobil va avtobuslarda ishlatiladi.
Yo‘lning uzundan uzoq pasaygan joylarida tormozlash uchun qo‘llaniladi. Uzunligi 6 km va qiyaligi 7 % bo‘lgan yo‘llarda 30 km/soat tezlikda yurishni ta’minlashi lozim. Ba’zi avtomobillarda sekinlash- tiruvchi tormoz vazifasini dvigatel o‘taydi (uning chiqarish quvuri maxsus to‘siq bilan berkitib qo‘yiladi). Bundan tashqari, dvigatelni kompression ish tartibiga o‘tkazish yo‘li bilan ham avtomobilni sekinlashtirish mumkin.
Har bir tormoz tizimining tarkibiga tormoz mexanizmi va tormoz yuritmasi kiradi.
Tormoz tizimi ishga tushirilganda tormoz mexanizmi g‘ildirak- laming aylanishiga qarshilik ko‘rsatadi, natijada g‘ildiraklar bilan yo‘l qoplamasi orasida tormozlash kuchi paydo bo‘lib, avtomobilni to‘xtatadi. Tormoz mexanizmlari bevosita avtomobilning old va orqa g‘ildiraklariga o‘rnatiladi.


10 9 8 7 6 5

1.213-rasm. «Nexia» avtomobilining ishchi tormoz yuritmasi: 1—tormoz pedali; 2—vakuum kuchaytirgichi; 3—bosh silindr; 4 va 15—old o‘ng va orqa chap g‘ildiraklar konturining naychalari; 5—ishchi silindr; 6—porshen; 7—manjet; 8—support; 9—himoyalovchi g‘ilof; 10—tormoz kolodkalari; 11—tormoz diski; 12—bachok; 13 va 14—bosim cheklash klapani; 16 va 17—old chap va orqa o‘ng konturining naychalari 18—tormoz barabani;
19—ishchi silindr; 20—tormoz kolodkalari.
Tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Tormoz yuritmasida kuchaytirgich, tormoz kuchlarini rostlagich va boshqa, tormozlash samaradorligini oshiruvchi va avtomobilning boshqarilishini yengillashtiruvchi qurilmalar o‘rna- tilgan bo‘lishi mumkin. 1.213-rasmda ishchi tormoz yuritmasining prinsipial chizmasi ko‘rsatilgan.
Avtomobillarda friksion tormoz mexanizmlari ishlatiladi. Bu mexanizmlarning ishlash prinsipi aylanuvchi va qo‘zg‘almas detallar orasida hosil qilinadigan ishqalanishga asoslangan. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab, tormoz mexanizmlari diskli va barabanli bo‘ladi.
Zamonaviy yengil avtomobillarning oldingi g‘ildiraklarida faqat diskli tormoz mexanizmlari, orqa g‘ildiraklarida esa diskli yoki bara­banli tormoz mexanizmlari ishlatiladi. Diskli tormoz mexanizmlari yuk avtomobillari va avtobuslarning oldingi g‘ildiraklarida ham ishlatila boshlandi. Diskli tormoz mexanizmlari barabanli tormoz mexanizmlariga nisbatan stabil tormoz momentini hosil qiladi, u yaxshi sovitiladi, ishqalanuvchi yuzalar orasida tirqish minimal bo‘ladi va u avtomatik rostlanadi. Barabanli tormoz mexanizmlari oldingi g‘ildiraklarga o‘rnatilsa, chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kuchi har xil bo‘lishi imkoni yuqori. Bu esa oldingi g‘ildiraklarni tormozlash vaqtida o‘z-o‘zidan burilishiga va avtomobil yo‘nalishi- ning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Diskli tormoz mexanizmlarining friksion qoplamalari yuqori solishtirma bosim ostida ishlaydi, shu- ning uchun barabanli tormoz mexanizmlarining qoplamalariga nis­batan tezroq yeyiladi.
Tormoz yuritmasining vazifasi haydovchi tormoz pedalida yoki tormoz richagida hosil qilgan kuchni tormoz mexanizmiga yetkazish yoki tormoz mexanizmini ishga tushiradigan energiya manbayini boshqarishdan iborat.
Tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini oson, tez va bir vaqtda ishga tushirishi kerak, chunki tormoz mexanizmlariga yetkazilayotgan kuchlarni kerakli miqdorda taqsimlab borishi lozim. Shuningdek, tormoz yuritmasi tormoz pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizm- larini ishga tushiruvchi kuchlar orasidagi mutanosiblikni ta’minlab borishi zarur. Tormoz yuritmalari yuqori FIKga ega bo‘lishi, kons- truksiyasi sodda bo‘lishi va foydalanishda ishonchli bo‘lishi kerak.
Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida), pnevmatik (havo yordamida), elektrik yoki kombinatsiyalashgan (pnevmogidravlik, pnevmoelektrik va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish — tormoz tizimi uchun qo‘llaniladi, chunki u uzoq muddatgacha puxta tormozlab turishi mumkin.
Yengil avtomobillarda to‘xtatib turish tormoz mexanizmi sifa- tida, asosan, richag-tros yuritmali orqa g‘ildiraklar mexanizmidan foydalaniladi


1.217-rasm.
To‘xtatib turish tormoz tizimining richag-trosli yuritmasi: 1—tormoz yuritmasi richagi; 2—tortqi; 3—tinchlantirgich yuritmasi richagi;
4—tinchlantirgich; 5—plastmassa yo‘naltiruvchi kronshteyni.



Yuk avtomobillarida yuritmaning tuzilishi to‘xtatib turish tormozining tuzilishi va o‘rnatiladigan joyiga bog‘liq bo‘ladi. U transmissiyaga, shuningdek, to‘xtatib turish tormoz tizimiga o‘rnatilishi mumkin, ishchi tormoz tizimining g‘ildiraklarga o‘rnatiladigan tormoz mexanizmlaridan ham foydalanish mumkin.
Yuk avtomobilida baraban-kolodkali tormoz mexanizmi qo‘llaniladi, u uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali uchiga o‘rnatiladi. Boshqarish richagidan tormoz mexanizmigacha bo‘lgan masofa qisqa bo‘lganligidan uni kalta richagli tizim harakatlantiradi.



Download 242.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling