Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi


Tormoz tizimining asosiy nosozliklari


Download 242.81 Kb.
bet4/5
Sana06.11.2023
Hajmi242.81 Kb.
#1750951
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 m Orif

Tormoz tizimining asosiy nosozliklari

Tormoz tizimining asosiy nosozliklariga friksion qoplamalarning va tormoz barabanlarining (disklarining) yedirilganligi, tormoz kuchi sozlagichini noto‘g‘ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarni yeyilishi va shishib ketishi, silindr va por- shenlarni yeyilishi, pnevmatik tormoz tizimida esa, tormoz va himoya klapanlarining yeyilishi, tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat akkuniulatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo‘ladi.




Tormoz tizimiga texnik xizmat ko’rsatish

1-TXKdan tormoz tizimi bo‘yicha barcha birikmalar va truba o‘tkazgichlarning zichligi kompressorning hosil qiluvchi bosimi, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarni joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining salt va ishchi yurishi tekshiriladi.


2-TXKda 1-TXKdagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar, g‘ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko‘p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
Qo‘shimcha ravishda kundalik xizmat ko‘rsatish vaqtida bollonlardagi kondensatlar to‘kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi (harorat +5°C dan pasayganda, nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo‘yiladi).
Gidroyuritmali tormoz tizimiga cga bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishda BCK (TU-6-10-1553-75) va HEBA (TU 6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (J\OT—2, JJOT-3 va boshqalar) dan keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi (47 %) va butil spirti (53 %) dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi 15°C dan past va 25°C dan yuqori haroratda oquvchanligini yo‘qotishidadir. «HEBA» turkumidagi torrnoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo‘lib, quyuqlashtiruvchi va /anglashga qarshi qo‘shim- chalardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu suyuqliklarni bir-biriga qo‘shib ishlatish man qilinadi.
Quyida avtomobillarga TXK davrida bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan mukammal tanishib chiqamiz:
a) gidravlik tormoz tizimi bo‘yicha bajariladigan ishlar tasnifi:
1. Tormoz tizimini nazorat qilish.
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va zichlikligini tekshirish hamda avtomobil g‘ildiragini osib qo‘yib, uning yengil aylanishini aniqlash.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini tekshirish va sozlash
Chizg‘ichning bir uchi poiga qo‘yilib, ik- kinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglash- tiriladi va oraliq aniq- lanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniq- lanadi. So‘ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa «rA3—3110», «BA3», ^Mockbh^ va «UzDAEWOO» yengil avtomobillarida qoplama va baraban orasidagi tirqish avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo‘lgan avtomobillarda («rA3» yuk avtomobillari, «J1A3» avtobuslari, tirqish g‘ildirakning orqa tomonidan tayanch disk (7) dagi barmoq ekssentrigi (2) yor- damida sozlanadi.
Oldi va orqa kalodkalar tayanch barmoqlari gaykasi bo‘shatiladi va tormoz tep- kisiga 150—200 N kuch bilan bosiladi. Tayanch barmoq- larini oxirigacha katta kuch sarf qilmasdan buriladi va gay- kalarni tortib qo‘yiladi. Tor- moz tepki qo‘yib yuborilib, barabanning yengil aylanishi tekshiriladi. Agar kalodka barabanga tegib aylansa, u holda operatsiya yana qaytadan bajariladi.
Baraban yechilib, maxsus o‘lchash barabani o‘rnatiladi va yassi shchuplar yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish aniqlanadi. Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25— 30 mm masofada aniqlanadi (0,15 mm), bu, o‘z navbatida, qara- ma-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm.ga sozlaydi.
4. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish.
Bosh tormoz silindri va g‘ildirak ishchi silindrlari chang va iflosliklardan tozalaniladi. Tormoz suyuqligi uchun sig‘im qopqog‘i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi sig‘imning rezbali qismidan 15—20 mm.dan yoki «min» belgisidan past bo‘lmasligi kerak. Ishchi silindr chiqarish klapani ( /) ning rezina qopqog‘i olinib, o‘rniga rezina shlang (2) tiqiladi va bir uchi 1/3— 1/2 hajmda tormoz suyuqligi toMdirilgan shisha idishga tushuriladi (3.58-rasm).
Tormoz tepkisi qarshilik sezilguncha, ya’ni tepkining yurish yo‘li o‘zgarmagunga qadar tez-tez bosib, harakatlantiriladi, so‘ngra tepkini bosib turib, klapan 1/2—3/4 aylanaga buraladi va tepki oxirigacha bosilgach, klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo‘yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqt-vaqti bilan sig‘imdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib, shlang yechib olinadi.
Shu havo chiqarish ketma-ket- ligi eng uzoq nuqtadan yaqin nuqta- gacha bosqichma-bosqich bajariladi.
«UzDAEWOO» yengil avtomobil- larida esa, havo chiqarish ketma- ketligi orqa g‘ildirakdan boshlab, diagonal bo‘yicha amalga oshiriladi (orqa chap—oldingi o‘ng, orqa o‘ng— oldingi chap).
5. Qo‘l tormozini tekshirish va sozlash.
Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho‘zilishi, qo‘l tormozi ushlagichi yo‘lini ko‘- payib ketishiga olib keladi. Orqa g‘ildiraklarning to‘liq tormozlanishi ushlagichni 2/3 to‘liq yo‘li bo‘yicha 400 N kuch bilan tortganda amalga oshadi. Uni sozlash uchun ushlagich ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim;

Download 242.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling