Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
Download 300.51 Kb.
|
5 m Orif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bosqich Yakuniy bosqich (10 min) Mashg’ulot yakuni.
- Maxsus fan o’qituvchisi: O.Xandalov 5-Mavzu: Mexanik, gidravlik va pnevmatik yuritmali tormoz mexanizmining ishlashi, tuzilishi Reja.
- Gidravlik tormoz yuritmasi
Maxsus fan o’qituvchisi: O.Xandalov 5-Mavzu: Mexanik, gidravlik va pnevmatik yuritmali tormoz mexanizmining ishlashi, tuzilishi Reja. Mexanik yuritmali tormoz mexanizmning vazifasi, ishlashi va tuzilishi Gidravlik yuritmali tormoz mexanizmning vazifasi, ishlashi va tuzilishi Pnevmatik yuritmali tormoz mexanizmning vazifasi, ishlashi va tuzilishi Havo yuritmali tormoz tizimi bo’yicha bajariladigan ishlar Tormoz yuritmasining vazifasi haydovchi tormoz pedalida yoki tormoz richagida hosil qilgan kuchni tormoz mexanizmiga yetkazish yoki tormoz mexanizmini ishga tushiradigan energiya manbayini boshqarishdan iborat. Tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini oson, tez va bir vaqtda ishga tushirishi kerak, chunki tormoz mexanizmlariga yetkazilayotgan kuchlarni kerakli miqdorda taqsimlab borishi lozim. Shuningdek, tormoz yuritmasi tormoz pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizm- larini ishga tushiruvchi kuchlar orasidagi mutanosiblikni ta’minlab borishi zarur. Tormoz yuritmalari yuqori FIKga ega bo‘lishi, kons- truksiyasi sodda bo‘lishi va foydalanishda ishonchli bo‘lishi kerak. Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida), pnevmatik (havo yordamida), elektrik yoki kombinatsiyalashgan (pnevmogidravlik, pnevmoelektrik va h.k.) turlarga bo‘linadi. Mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish — tormoz tizimi uchun qo‘llaniladi, chunki u uzoq muddatgacha puxta tormozlab turishi mumkin. Yengil avtomobillarda to‘xtatib turish tormoz mexanizmi sifa- tida, asosan, richag-tros yuritmali orqa g‘ildiraklar mexanizmidan foydalaniladi (1.217-rasm). 1.217-rasm. To‘xtatib turish tormoz tizimining richag-trosli yuritmasi: 1—tormoz yuritmasi richagi; 2—tortqi; 3—tinchlantirgich yuritmasi richagi; 4—tinchlantirgich; 5—plastmassa yo‘naltiruvchi kronshteyni. Yuk avtomobillarida yuritmaning tuzilishi to‘xtatib turish tormozining tuzilishi va o‘rnatiladigan joyiga bog‘liq bo‘ladi. U transmissiyaga, shuningdek, to‘xtatib turish tormoz tizimiga o‘rnatilishi mumkin, ishchi tormoz tizimining g‘ildiraklarga o‘rnatiladigan tormoz mexanizmlaridan ham foydalanish mumkin. Yuk avtomobilida baraban-kolodkali tormoz mexanizmi qo‘llaniladi, u uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali uchiga o‘rnatiladi. Boshqarish richagidan tormoz mexanizmigacha bo‘lgan masofa qisqa bo‘lganligidan uni kalta richagli tizim harakatlantiradi Gidravlik tormoz yuritmasi «Tandem» turidagi asosiy tormoz silindri bor (1.218-rasm, b) ikki konturli gidravlik yuritmaning eng oddiy chizmasi «Nexia», «Lacetti» avtomobilida (1.218-rasm, a) qo‘llanilgan. Unda tormoz suyuqligi bilan alohida-alohida ta’minlanadigan ikkita seksiya bor. Oldingi seksiya orqa tormoz konturi bilan, orqa seksiya oldingi tormoz konturi bilan naychalar orqali bog‘langan. Avtomobillarning gidroyuritmasida ishchi silindrlarda por- shenoldi rezina manjetlari bo‘ladi. Tormoz bo‘shatilgan holda havo so‘rilmasligi va tizimning zichligi saqlanishi uchun tizimda biroz ortiqcha bosimni tutib turish lozim. Bunday tizimlarda bosh tormoz silindriga albatta teskari klapan o‘rnatiladi, uning qisuvchi prujinasi zarur ortiqcha bosimni tutib turish uchun hisoblangan. «Tandem» turidagi asosiy tormoz tizimida teskari klapan bo‘l- maydi. Tormoz berilganda o‘tkazish klapanlari berkiladi va porshen oldi bo‘shliqlarini germetiklaydi. Zamonaviy avtomobillarning ko‘pchiligida bo‘lgani kabi bunday tormoz yuritmasida tormozlovchi kuchlarni rostlagich qo‘llaniladi. U tormoz berilganda orqa g‘il- diraklarning sirpanish ehtimolini bartaraf qiladi. 1.218-rasm. Ikki konturli tormoz gidroyuritmasi: a) yuritma chizmasi; b) «Tandem» turidagi asosiy tormoz silindri; 1—tormoz kuchlari rostlagichi; zichlash halqasi; porshen; 4—vtulka; 5—yuqori bosimli zichlash halqasi; 6—zichlash halqasi prujinasi; 7—prujina tarelkasi; 8—prujina; 9—shayba; 10—tirak vint; A—kompensatsiya tirqishlari. Gidroyuritmali ba’zi tormoz tizimlarida oldingi g‘ildiraklarga diskli mexanizmlar, orqa g‘ildiraklarga barabanli mexanizmlar o‘rnatiladi, ana shunday hollarda diskli tormoz mexanizmlariga kechiktirish klapani qo‘yiladi, bu klapan avtomobillarning barcha g‘ildiraklari bir vaqtda tormozlana boshlashini ta’minlaydi. Bunday klapanning qo‘yilishiga sabab shuki, barabanli tormoz mexanizm- larida kolodkalarni qisish uchun oldin tortish prujinalarining kuchini yengishga biroz bosim hosil qilish kerak. Diskli tormoz mexanizmlarida bunday tormozsizlash prujinalari bo‘lmaydi. Avtomobillarda tormoz yuritmasi chizmasiga vakuumli kuchay- tirgich qo‘shilgan, u boshqa modellardagi kabi asosiy tormoz silindri bilan birlashtirilgan. Gidravlik yuritmali yuk avtomobillarida ham vakuumli, ham pnevmatik kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Barabanli tormoz mexanizmining ishchi (g‘ildirak) tormoz silindri cho‘yan korpusdan iborat bo‘lib, uning ichida zichlovchi rezina manjetli ikkita alumin porshen joylashgan. Yeyilishni kamaytirish uchun porshenlarning tashqi toreslariga po‘lat suxarik- lar tiqib qo‘yilgan. Silindr ikki tomonidan chang kiritmaydigan rezina g‘ilof bilan zichlangan. Tormoz suyuqligi silindr bo‘shlig‘iga ulash shtutseri orqali kiradi. Tormoz tizimidan havoni chiqarib yuborish uchun g‘ildirakdagi tormoz silindrida rezina qopqoqli haydash klapani bor. Silindr korpusiga tig‘iz tiqilgan prujinali tirak tormoz mexanizmining kolodkasi va barabani orasidagi tirqishni rostlab turish uchun xizmat qiladi. Tormoz berish paytida tormoz suyuqligi bosimi ta’sirida silindr porsheni suriladi va tormoz kolodkasini itaradi. Friksion ustqo‘yma yeyilgan sari porshenning tormozlash yo‘li kattalashadi va shunday payt keladiki, u o‘z bo‘rtig‘i bilan tirak halqa kuchini yengib, uni suradi. Kolodka orqaga qaytganda (tortish prujinasi ta’sirida) tirak halqa yangi joyda qoladi, chunki uni orqaga qaytarish uchun prujinaning kuchi yetmaydi. Shunday qilib, friksion ustqo‘ymaning yeyilishi natijasida kolodka bilan baraban orasida hosil bo‘lgan tirqish o‘z- o‘zidan rostlanib turadi. Download 300.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling