Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet4/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

29-rasm. Gidravlik avtomobil kran.



30-rasm. KC-2561 E markali avtomobil kran.
Strela kallagida yuk ko'tarishni va yuk ko'tarish balandligini cheklagichlar joylashgan.
Avtomobil kranlarda yuk ko'tarish va tushirish ishlari yuk ko'taruvchi chig'irdan kallak (14) ning blok (15) lari, polispast (16) da osilgan ilgak osmasi (17) orqali o'tgan po'lat argon (9) bilan bajariladi. 30- rasmda KC-2561 E markali avtomobil kran tasvirlangan. Bu kran yurish moslamasi (24), quvvat olish qutisi (25), chiqarma tayanchlar (4), yurish ramasi (5), posangi (6), ikki oyoqli tirgak (7), strela (9), yuk arqonlari (8) va (18), strela chig'iri (10), reversiv taqsimlash mexanizmi (11), boshqarish kabinasi (12), strela va yuk polispastlari (13) va (21), burish mexanizmi (14), arqonni saqlash moslamasi (15), yuk ko'taruvchanlikni cheklagich (16), strela (17), xavfli kuchlanish signalizatori (19), strela kallagining bloklari (20), ilgak osmasi (22), tayanchli tirgak (23) dan tashkil topgan.
Avtomobil kranlar yuritmasining kuch jihozi sifatida baza (asos) avtomobillarning kuch jihozi (ichki yonuv motori) dan foydalaniladi.
Baza (asos) avtomobillarga porshenli ichki yonuv motorlari o'rnatiladi. Bunday motorlarda to'zitilgan va havo bilan aralashgan yonilg'i silindrlar ichida yonadi, bunda ajralib chiqadigan gazlar (yonish mahsulotlari) silindrdagi porshenlami harakatlantiradi, ya'ni ish bajaradi.
Yonilg'i aralashmasini tayyorlash usuli va joyiga qarab, shuningdek, yonish jarayonining xarakteriga ko'ra baza (asos) avtomobillar motorlari karburatorli hamda dizel motorlariga bo'linadi. Karburatorli motorlar majburiy yondiriladigan suyuq yonilg'i bilan ishlaydi. Yonilg'i aralashmasi maxsus asbob - karburatorda tayyorlanadi. Dizel motorlar siqilish natijasida alangalanadigan suyuq yonilg'i bilan ishlaydi. Yonilg'i yuqori bosim nasosi va forsunka vositasida purkaladi, uning havo bilan aralashishi silindr ichida sodir bo'ladi.
lchki yonuv motori yonilg'ining yonishi natijasida yuzaga keladigan gazsimon mahsulotlarning kengayish ishini mexanik energiyaga aylantiradi. Bu mexanik energiya yuritma transmis­ siyasi yordamida bevosita kranning ish organlariga uzatilishi mumkin. Bu holda yuritma transmissiyasi alohida mexanik uzatmalar, qutilar, reduktorlar va mexanizmlardan, shuningdek, biriktirish muftalaridan tarkib topgan yagona mexanik kuch uzatmasidan iborat bo'ladi. Ular kuch uzatmasining uzel va motorlarini doimo o'zaro birlashtirib turadi. Energiyani yuqorida bayon etilgan sxemada o'zgartiradigan va uzatadigan yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi.
Energiyani o'zgartirish va uzatish sxemasi murakkabroq bo'lishi ham mumkin. Chunonchi, baza avtomobillaming ichki yonuv motorlaridan olinadigan mexanik energiya elektro­ generator (gidravlik nasos)larga uzatiladi, ular mexanik energiyani elektr toki (yoki ish suyuqligi) energiyasiga aylan­ tiradi. Bu energiya elektr (yoki gidravlik) motorlarga beriladi, ular esa bu energiyani mexanik energiyaga aylantirib, ish organlariga uzatadi.
Bu holda yuritma transmissiyasi bir necha kuch uzatmalari yig'indisidan iborat bo'ladi:

  • mexanik energiyani baza avtomobil motoridan elektro­ generator (yoki gidravlik nasos)ga uzatuvchi mexanik trans­ missiya;

  • elektr toki (yoki ish suyuqligi) energiyasini generator (yoki gidravlik nasos)dan elektr (yoki gidravlik) motorga uzatuvchi elektr transmissiya;

  • mexanik energiyani elektr (yoki gidravlik) motordan ish organiga uzatuvchi mexanik transmissiya.

Barcha avtomobil kranlarda harakatlantirish mexanizmining yuritmasi (baza avtomobil yuritmasi) mexanik yuritmalidir. Kran­ ning buriladigan qismida joylashgan boshqa ijrochi mexanizm­ laming yuritmasi mexanik, elektr yoki gidravlik bo'lishi mumkin. Shu sababdan, umuman olganda, avtomobil kranlar yuritmasi yo mexanik, yo aralash (masalan, elektromexanik, gidromexanik) yuritmali bo'lishi mumkin.
Avtomobil kranlar tuzilmalarida harakatlantirish mexanizmini mexanik yuritmasi maxsus tushuntirishni taqozo etmaydigan o' zgarmas belgi deb hisoblanadi va kranlar harakatlantirish mexanizmi yuritmasining buriladigan qismida joylashgan mexa­ nizmlari turiga qarab tuzilmalanadi. Jumladan, harakatlantirish mexanizmlari mexanik, elektr yoki gidravik yuritmalariga ega bo'lgan kranlar mexanik, elektr yoki gidravlik yuritmali kranlar yoxud, qisqacha qilib, mexanik, elektr yoki gidravlik kranlar deb yuritiladi.
Chiqarma strelalarning seksiyalarini chiqarish va chiqarma tayanchli kranni o'rnatish uchun avtomobil kranlarda dastaki yuritma ham ishlatilishi mumkin. Dastaki yuritma elementlari u bilan ishga tushiriladigan uzellarning ajralmas qismi hisoblanadi, shuning uchun dastaki yuritmaning tuzilmasi va tuzilishi tegishli uzellarni tavsiflashda ko'rib chiqilgan.
Barcha yuritmalar ichida mexanik yuritma eng arzoni hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, mexanik yuritmali kranlar transmisisyasida motorni yuklama ostida yurgizib yuborishga, mexanizmlarni reverslashga, harakatlar tezligini rostlashga va hokazolarga imkon beradigan bir qator uzellar (masalan, tishlashish muftasi, reversiv mexanizmlar, uzatmalar qutisi)ni qo'llashga to'g'ri keladi. Bu kranning sxemasini hamda trans­ missiya uzellari va boshqarish sistemalari konstruksiyasini ancha murakkablashtiradi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling