Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet58/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Pedagogik vazifalar
1. Po’lat simli arqonlar haqida tushuntiradi.
2. Po’lat simli arqonlarni turlar tasnifini beradi.

O‘quv faoliyat natijalari:
1. Po’lat simli arqonlar haqida ma’lumotlarni aytib beradilar.
2. Po’lat simli arqonlarni turlarni tasniflaydilar.

O‘qitish metodlari

Kichik axbortlari, ma’ruza, ko‘rsatish, kitob bilan ishlash, suxbat,

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, chizma, grafiklar kompyuter, slaydlar, proyektor, chizma, namunalar

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhli, yakka tartibda

O‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona

Qayta aloqaning usuli va vositalari

Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Bosqich O‘quv
mashg‘ulotiga
kirish
(10-daq)

Tashkiliy qism:
1.Salomlashish va guruh davomatini tekshirish, o‘quvchilarni mashg‘ulotga tayorgarligi (sog‘lig‘i, formasi, o‘quv qurollarini mavjudligini) tekshirish.
2.O‘quv fan nomi va o‘qituvchi ismi sharifi bilan tanishtirish(1-ilova).

Mashg‘ulotga tayyorlanadilar, tinglaydilar

2-bosqich.
Asosiy
(65-daq)

Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
va o‘qitish natijalar bilan tanishtirish.
2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
bilan tanishtiraman va ularga namoyish etish.
3.O‘quv mag‘shulotida o‘quv ishlarni
baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtirish (2-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish;
4. Tezkor-so‘rov orqali bilimlarini
faollashtirish (3-ilova).
5. Faning maqsadi va vazifalari bilan
tanishtirish.
6.Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik
guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (4-
ilova) va xar bir guruhga topshiriq beradi (5-
ilova).
Yangi o‘quv material bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va
tuzilishiga muvofiq, asosiy nazariy holatlarni
bayon qilish (6-ilova).
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
8. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
uchun ommaviy savollar berish (7-ilova),
berilgan javoblarni to‘ldiraman va qisqacha
xulosalar qilish.
9. Savollarga javob bergan o‘quvchilarni
baholashni o‘tkazish.
10. Mavzuning har bir rejasi bo‘yicha
o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklari
to‘g‘risida xulosalar qilish.
11. Eng asosiylariga e’tibor qaratish, va
berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd
etishlarini eslatish.
12.Mavzuni kasbiy faoliyatidagi
ahamiyati va qo‘llanishi bilan bo‘g‘lab
mavzuni yakunlash.

Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.



3-bosqich Yakuniy
(5-daq)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholash.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan tushuncha berish, kerakli adabiyotlar ro‘yxatini va bajarish uchun tavsiyalar berish (8-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

42-MAVZU: Bir tomonlama va ayqash eshilgan olti o’ramli po’lat simli arqonlarni tuzilishini o’rganish.


Reja:
1. Po’lat simli arqonlar.
2. Po’lat simli arqonlarni turlari.
Po'lat arqonlaming uchlari ponali, qistirma, konussimon vtulka ichiga metall quyib, sim va boltli birikmalar bilan qistirib mahkamlanadi.
Ponali qistirmada bir tomonga qarab kichrayib boruvchi arqon quyma po'lat korpusi (1) ning yassi teshigining tor uchidan o'tkaziladi va sirtmoq yasab, uchi yana shu tor teshikdan chiqariladi. So'ngra sirtmoqqa pona (kovsh) (2) qo'yilib, u arqon bilan tortiladi. Argon tortilgani sari teshikning ichki sirti bilan pona orasidagi siqilish kuchi ham ortadi. Po'lat arqonni almashtirish yoki uni chiqarishda pona cho'kich bilan urib chiqarib olinadi. Pona bilan biriktirishda arqon (3) ish tarmog'ining yo'nalishi korpusdagi arqon mahkamlangan teshik markaziga mos kelishi kerak. Aks holda arqon ortiqcha egiladi va korpusning yoy qirrasi bilan tutashadigan joyi tez yediriladi.
Katta diametrli po'lat arqonlar o'ta bikr bo'lganligi tufayli yomon egiladi. Shuning uchun ular konussimon vtulkada mahkamlanadi. Bunda arqonning vtulkadan chiqariladigan joyi sim bilan bog'lanadi, so'ngra u vtulkaning kichik teshigi tomonidan o'tkazihb, uchi chuvatiladi va arqon o'zagi qirqib tashlanadi. Sim uchlari ilmoqsimon qilib qayriladi, hosil bo'lgan popuk vtu1ka ichiga qarab tortiladi. So'ngra simlar vtulkaning ichki sirti xlorid kislota bilan tozalanadi va unga kavshar yoki babbit quyiladi.
Arqon uchlarini sim bilan o'rashda tugun puxta, lekin ish ancha sermehnat bo'ladi. Arqon sirtmog'iga tashqi yon sirtida ariqchasi bo'lgan kovsh (3) kiritiladi va tarang qilib tortiladi. Arqon uchining o'zaklari so'kilib, o'zagi qirqib tashlanadi va maxsus asbob bilan o'ramlar arqonning ikkinchi tarmog'i bilan o'raladi. So'ngra u ustidan yumshoq sim bilan zich qilib o'rab qo'yiladi. Diametri 12 mm gacha bo'lgan po'lat arqonlarda o'ralgan qism uzunligi 0,4 m dan, diametri 12 mm dan ortiq bo'lgan arqonlarda esa 0,7 m dan kam bo'lmasligi kerak.
Boltli birikma bilan tugishda arqonning ikkala tarmog'i qistirma orasiga joylashtiriladi va gayka bilan tortiladi. Diametri 10 mm dan 34 mm gacha bo'lgan arqonlarda qistinnalar soni uchtadan yettitagacha bo'ladi, ular orasidagi masofa esa tegishlicha 80 mm dan - 230 mm gacha bo'lishi kerak. Argon uchini boltli qistirgichlar bilan tugish ponali qistirmalar bilan tugishga nisbatan ancha sermehnat.
Yengillashtirilgan osma egiluvchan organ oxiridagi yumshoq simdan qilingan zich o'ram o'lchami po'lat simli arqonning uzunligiga bog'liq bo'ladi. Masalan, arqon diametri 12, 16, 19, 22, 25, 30 mm bo'lsa, o'ram qismi 550, 750, 900,
1050, 1200, 1600 mm bo'ladi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling