Nazariy savollar: 16-savol
Download 35.82 Kb.
|
jinoyat yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat obyekti bu
- Jinoyatning obyektiv tomoni
- Jinoyatning subyektiv tomoni
Jinoyat tarkibi — jinoyat huquqida qonunda koʻzda tutilgan, qilmishni jinoyatning muayyan bir turi sifatida harakterlovchi alomatlar yigʻindisi, jinoiy javobgarlikning zaruriy asosi, hamda ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 16-moddasida koʻrsatilganidek, qilmishda JKda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos topiladi. Jinoyat tarkibi to’rtta zaruriy belgilardan iborat:
jinoyat obyekti; jinoyat obyektiv tomoni; jinoyat subyekti; jinoyat subyektiv tomoni. Jinoyat obyekti bu – jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy jihatdan muhim bo’lgan munosabat bo’lib, jinoyat sodir etilishi natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilish xavfi ostida qoladi. Mazkur vaziyatda jinoyat obyekti bo’lib, jamoat tinchligi va tartib qoidalariga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni – ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovuz ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Jinoyatning obyektiv tomoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasi va bandlarida ko‘rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv tomoni ta’riflanadi yoki ko‘rsatiladi. Obyektiv tomondan bezorilik jinoyati Jinoyat Kodeksi 277-modda dispozitsiyasida ifodalanganidek, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik, urish-do’pposlash, badanga yengil shakast yetkazish va o’zganing mulkini nobud qilishdan iborat. Jinoyatning subyektiv tomoni –aybdorning Jinoyat Kodeksida jinoyat deb nazarda tutilgan, aybdor o’zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga bo’lgan munosabati bo’lib, uning aybi, motivi va maqsadini ifodalaydi. Subyektiv tomondan, mazkur qilmish to’g’ri qasddan g’arazli maqsadlarda sodir etiladi. G’arazli maqsad mazkur qilmishning zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Jinoyat subyekti va uning belgilari JK “Umumiy qismi”ning IV bobida belgilab berilgan bo’lib, u “Javobgarlikka tortilishi lozim bo’lgan shaxslar” deb nomlananadi. Jinoyat subyekti – JK da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va ushbu qonunda nazarda tutilgan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxsdir. Ushbu vaziyatga baho beradigan bo’lsak, voyaga yetmagan fuqaro F. va uning sheriklari bezorilik jinoyatining subyektlari hisoblanadi. Lekin bezorilk jinoyati subyektini ko’rsatishda fuqaro F. ning voyaga yetmaganligini ham hisobga olish lozim.
Umumiy qoidaga muvofiq 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxslar jinoyat subyekti yoshiga yetgan hisoblanadilar. Ba’zi jinoyatlar uchun subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik jinoyati uchun subyekt yoshi 13 yosh belgilangan. Ko‘pchilik davlatlarning jinoyat qonunchiligida voyaga yetma-ganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yosh chegarasi belgilangan. Bu yoshga yetmagan, lekin jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, balki, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘ladilar. 1989-yil BMTning Bosh assambleyasi tomonidan «Bolalar huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya qabul qilingan bo‘lib, u jinoiy yo‘lga kirib qolgan bolalar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qator normalarni o‘z ichiga oladi. Konven-siyaga muvofiq bolalar deganda, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs-lar tushuniladi.1 Bu ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi-dagi voyaga yetmaganlar tushunchasiga mos keladi. Konvensiya voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning minimal muddatini belgilaydi. Lekin qator davlatlarda bu yosh chegarasi belgilanganidan ham kam bo‘lishi mumkin Masalan, Irlandiya jinoyat qonunchiligida subyet yoshi 7 yosh, Yaponiyada 13 yosh, Niderlan-diyada 12 yosh qilib belgilangan. Jinoyat qonunchiligida subyekt yoshining bunday belgilanishi shaxsning aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan. Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda JK Umumiy qismining tegishli qoidalariga rioya qilish lozim. Bunda, Jk 17-moddasi 5-qismiga binoan: “o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va JK Umumiy qismining oltinchi bo’limida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda javobgarlikka tortiladilar”.5 JK 81-moddaga muvofiq voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini qo’llash mumkin:
Jarima; Majburiy jamoat ishlari; axloq tuzatish ishlari; ozodlikni cheklash; ozodlikdan mahrum qilish. Voyaga yetmaganlarga nisbatan JK 81-moddaga muvofiq “Maxsus qismi”dagi moddalar asosida jazo chorasi qo’llanmaydi, ularga nisnatan faqat JK 82-85-moddalar asosida jazo chorasi qo’llanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’shimcha jazo chorasini qo’llash mumkin emas. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash masalasi JK 86-moddasida o’z aksini topgan. Ya’ni 86-moddada shunday deyilgan: “Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi”. Mazkur biz tahlil qilayotgan muammoli vaziyatda voyaga yetmagan fuqaro F. ga nisbatanaxloq tuzatish ishlari, hamda uning ota-onasiga jarima ta’sir chorasini qo’llashimiz mumkin. Bunga huquqiy asos qilib “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi Oliy Sud Plenium qarorini keltirib o’tamiz. Voyaga yetmagan fuqaro F. ga nisbatan yuqoridagi Plenium qarorining 18-bandi mos tushadi. Ya’ni: “Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati bo‘lmaganda olti oydan uch yilgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan bir yilgacha) bo‘lgan muddatga tayinlanadi”.6 Endi esa fuqaro F. ni voyaga yetmaganligini hisobga olib, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasini ko’rib chiqamiz.
sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash; o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash; voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling