Nazariy savollar


Download 32.91 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi32.91 Kb.
#223439
1   2   3   4
Bog'liq
KONSTITUT.YAKUNIY

13-kazus

U.Faxriddinov 2017- yilning sentyabr oyidane’tiboran Toshkent oziq-ovqat xavfsizligi universitetida o'qituvchilavozimida ishlab kelar edi. 2019- yilda 29-oktyabrda O'zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinib, uning 17-moddasi ikkinchi qismida oliy ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo'nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shu- g‘ullanishlari shart ekani belgilandi. Shu munosabat bilan, 2019- yil 15- noyabrda universitetning barcha professor-o'qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish majburiyatini nazarda tutuvchi band bilan to‘ldirishga qaratilgan qo‘shimcha kiritildi. Unda har bir professor o‘qituvchi uchun ilmiy ishni yakunlab, uni himoyaga olib chiqish muddat ko‘r- satildi.U.Faxriddinovning shartnomasida ushbu muddat sifatida 2020- yil 1- dekabr sanasi ko'rsatildi. Biroq, U.Faxriddinov shartnomaga imzo qo‘yishda ushbu bandga e’tiroz bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kimga ilmiy ijod erkinligi kafolatlangan. Qabul qilingan qonunning 17-moddasi ikkinchi qismi va u asosida shartnomaga qo‘- shimcha kiritilishi, boz ustiga ilmiy ishni tugallash va himoyaga olib chiqish uchun qisqa muddatning belgilanishi ilmiy ijod erkinligi singari konstitutsiyaviy huquqining buzilishiga olib kelgan. U.Faxriddinovning e’tiroziga javoban universitet rahbariyati mazkur jarayon qonun talabiga asoslanganini aytib, agar u shartnomani imzolashdan bosh tortsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishini ma’lum qildi. U.Faxriddinov shartnomani imzolamadi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Bundan norozi bo'lgan U.Faxriddinov sudga ilmiy ijod erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqini tiklab berilishi so‘rab shikoyat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.


Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling