Nazariy savollar


Download 15.06 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi15.06 Kb.
#240769
Bog'liq
biznes


Nazariy savollar

Tadbirkorlik faoliyati subekti huquqlarining ustuvorligi printsipi mohiyatini tushuntiring.

Birinchi navbatda 2012 – yil 20 – dekabrda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib – taomillari toʼgʼrisida”gi Qonunda tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish yuzasidan belgilangan printsiplarga etibor beradigan bo’lsak. 2005 – yil 14 – iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PF-3619-son «Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud – huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53 – moddasi talablariga so‘zsiz rioya etish maqsadida qabul qilingan. Ushbu normativ hujjatda ilk bor tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo‘llanish tartibi joriy etildi. 2005 – yil 14 – iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3619 – son «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlarini ta’kidlash mumkin.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini huquqlarini himoya qilish tizimining qonuniy asoslaridan biri bo‘lib 2012-yil 20-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida tadbirkorlar huquqiy himoya qilishda quyidagi prinsilar belgilab o‘tiladi:

- tadbirkorlik subyektlarini ng huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishining, jamoat xavfsizligining hamda atrof – muhit muhofaza qilinishining ta’minlanishi;

- raqobatni cheklaydigan ruxsat berish tartib-taomillari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi; ruxsat berish tartib-taomillarining oshkoraligi, ochiqligi va tushunarliligi;

- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning «bir darcha» orqali berilishi;

- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablarning yagonaligi; tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi.

Ushbu qounda davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan oʼzaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi prinsipi joriy etildi.

Tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʼzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subʼekti huquqlarining ustuvorligi printsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʼliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʼlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subʼektining foydasiga talqin etiladi.

Tadbirkor mamlakatimizda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat organlari va maʼmuriy tuzilmalarning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qatʼiy tartib oʼrnatish va ana shu idoralarning rahbarlari va mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish boʼyicha katta ahamiyatga ega boʼldi.

Tadbirkorlik subʼektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning faoliyat yuritishini yengillashtirish bilan bogʼliq 40 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi.

Xususan, yangi tartib boʼyicha, agar shaxs soliq yoki boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlashdan bosh tortish bilan bogʼliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan boʼlsa va huquqbuzarlik aniqlanganidan 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toʼliq qoplasa, unga nisbatan jinoiy ish qoʼzgʼatilmaydi va u javobgarlikka tortilmaydi.

Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, ularning faoliyati kafolatlarini kuchaytirish masalasini hal etishda sud organlari rolini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Sudlar tegishli daʼvo arizasi koʼrib chiqilayotgan paytda tadbirkorlik subʼekti nazorat organining qaroridan norozi boʼlsa, uning ijrosini toʼxtatib turish huquqiga ega boʼldi.

Аgar tadbirkorlik subʼekti soliq va bojxona qonunchiligini buzgan boʼlsa, uning mulki faqat sud qaroriga binoan musodara qilinishi mumkinligini belgilaydigan qonun normasi joriy etildi, daʼvo arizasini koʼrib chiqish muddatlari ham sezilarli ravishda qisqartirildi.

Endi mikrofirmalar, kichik korxona va fermer xoʼjaliklari faoliyati toʼrt yilda bir marta, boshqa xoʼjalik subʼektlari faoliyati esa uch yilda bir marta rejali tartibda tekshiriladi va bunday tekshiruvlar faqat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subʼektlariga “Yagona darcha” tamoyili asosida Davlat xizmatlari koʼrsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. Shuningdek, tadbirkorlik subʼektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi boʼyicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Unga koʼra, ushbu tarmoqlar ishini yuritadigan tashkilotlarning hududiy korxonalariga texnik shartlarni olishdan tortib muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha boʼlgan barcha jarayonlarni amalga oshirib, ularni tadbirkorlarga tayyor holda topshirish vakolatlari berildi.

Shuni alohida eʼtirof etish zarurki, respublikamizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2000 yilda boshqa xorijiy davlatlar amaliyotida uchramaydigan tizim joriy etilib, Аdliya vazirligi tarkibida ushbu vazifa bilan bevosita shugʼullanuvchi alohida tuzilma tashkil etildi.

Hozirda Аdliya vazirligi tizimida Tadbirkorlik subʼektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi hamda hududlarda uning boʼlimlari faoliyat koʼrsatib kelmoqda.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʼzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.



Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Download 15.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling